Kimyo xalqaro universiteti samarqand filiali


Download 186.78 Kb.
bet3/10
Sana15.02.2023
Hajmi186.78 Kb.
#1201677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiya

Ma'ruza metodida ko'zlangan asosiy maqsad – o'quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir. Ma'ruza yangi bilimni o'tishda uning qismlarini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o'quv fanlari o'rtasidagi o'zaro aloqani o'rganishda qo'llaniladi.

Ma'ruzaning mazmunli, samarali bo'lishi uchun:

- aniq, o'ylab tuzilgan rejani o'quvchilarga tanishtirish; - rejaning har bir qismi bo'yicha berilgan ma'lumotni yakunlash; - bayon o'quvchilarga tushunarli va ko'rgazmali, yorqin bo'lishi; - bayon o'quvchilarda muhim o'rinlarni bilib olishga qiziqish uyg'otadigan bo'lishi kerak.

Ma'ruzani shunday o'qish lozimki, buning ta'sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o'qituvchi ma'ruza o'qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e'tibor berishi va talabalarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.

Ma'ruzani shunday o'qish lozimki, buning ta'sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o'qituvchi ma'ruza o'qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e'tibor berishi va talabalarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.

O'qilayotgan ma'ruzalarning tarbiyaviy ta'sirining ya'nada yuksak bo'lishi o'qituvchining yoshlar oldidagi obro'siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste'dodiga, ta'lim sohasidagi tajribasi, mahoratiga va talabalar bilan o'rnatilgan do'stona munosabatlariga bog'liqdir. Bundan tashqari dars va ma'ruzaning samarali natijasi o'quvchi va talabalarning o'quv jarayondagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog'liq. Shunday ekan, ta'limni samarali tashkil etish, uning dars, ma'ruza va boshqashakllaridan o'qitish jarayonida o'rinli foydalanishlari uchun shubhasiz, o'qituvchining pedagogik mahorati, pedagoglik madaniyati, o'z predmetini puxta bilishligi va o'quvchi talabalar bilan umumiy til topa olishligi g'oyat katta ahamiyatga egadir.


Download 186.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling