Kimyoda aхborot kommunikasion teхnologiyalari


Download 0.99 Mb.
bet12/14
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1260425
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ma\'ruza 1

A ctivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi talabidan kelib chiqib dasturiy ta’minotlarni yuklab olish mumkin. Bu ta’lim olish, ta’lim berish va turli xil tadbirlar uchun zamonaviy uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va qiziq shaklda aks ettirilgani tufayli kuchli taassurot tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55 dyungacha razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi. Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach ekran hattoki yorug`likda ham a’lo darajada ko`rishni ta’minlaydi. Barcha modellarida kuchli quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib, musiqaning va ovozli xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta’minlaydi. Bu stolning ishga tushirilishi juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida joylashgan tugmacha orqali yoqish va o`cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo`ljallangan turlari ham mavjud bo`lib, unga ko`plab rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin.
I nterfaol proektor - bu - o`zida intеrkativ doskaning imkoniyatlarini mujassam etgan proеktordir. Bunday proеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib olish talab etilmaydi, tasvirlar proеktsiyasi oddiy sinf doskasiga, markеr doskasiga yoki sinf dеvoriga ham tushirilishi mumkin. Oddiy proеktordan farqli ravishda intеraktiv proеktorlar kompyutеrdan tеgishli signallarni qabul qilib tasvirlarni ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elеktron qalamning ekrandagi joriy holati va harakatlari to`g`risidagi ma’lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga yuboradi va kompyutеr bilan ikki tomonlama aloqani o`rnatadi.
Overhed-proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda foydalaniladi. Oqirligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko`zg`almas modellarga bo`linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg oshmaydigan yig`ma tuzilishga ega. Oddatda, bunday modeldagilar oson yig`ilishi bilan juda qulay bo`lib, ko`chirish uchun mahsus jamlanish sumkachalar to`plamiga ega. Odatda qo`zg`almas overhed-proektorlari 8 kgdan 17 kggacha og`irlikda bo`lib, auditoriyada doimiy ravishda o`rnatilib qo`yishga mo`ljallangan. Modellerdagi proekciyalashni umumiy hususiyatlarga ko`ra overhed-proektorlari nur o`tqazuvchi va nurni o`zida aks ettiruvchi turlarga bo`linadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling