Kimyoda aхborot kommunikasion teхnologiyalari
Download 0.99 Mb.
|
Ma\'ruza 1
Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yig’ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash - tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil qiladi. Sanoq sistemasi — bu, sonlarni belgilangan miqdoriy qiymatga еga bo`lgan belgilar asosida nomlash va tasvirlash usulidir. Sonlarni tasvirlash usuliga bog`liq ravishda sanoq sistema pozitsion va nopozitsion bo`ladi. Pozitsion sanoq sistemasida har bir raqamning miqdoriy qiymati uning sondagi joyiga (pozitsiyasiga) bog`liq bo`ladi. Quyidagi jadvalda pozitsion sanoq sistemaga misollar keltirilgan( 1-rasm):
1-rasm Sonning pozitsion sanoq sistemasida tasvirlash uchun ishlatiladigan turli raqamlar miqdori (N) sanoq sistemasini asosi deyiladi. Raqamlar qiymati 0 dan N-1 gacha oraliqda yotadi. Umumiy holda ixtiyoriy sonni N asosli sanoq sistemasida yozish quyidagi yig`indi ko`rinishiga еga: AnAn-1An-2 … A1A0,A-1A-2 = АnВn + An-1Bn-1 + ... + A1B1 + А0В0 + A-1B-1 + А-2В-2 + ... (1) bu erda, pastki indekslar raqamning sondagi joylashgan joyini (razryadini) aniqlaydi: B — sanoq sistemasi asosi; n — raqamlarni pozitsiyasi(o`rni); An , An-1, An-2 … A1, A0, A-1, A-2 — berilgan sonni raqamlari; indekslarning musbat qiymatlari — sonning butun qismi uchun; manfiy qiymatlar — kasr qism uchun; Misol: 23,4310=2*101+3*100+4*10-1+3*10-2 Nopozitsion sanoq sistemasida raqamlar o`zining miqdoriy qiymatini, ularning sondagi joylashishi o`zgarganda, o`zgartirmaydi. Bu turda sanoq sistemasiga Rim raqamlarini misol qilish mumkin. Bu sanoq sistemasida 7 ta belgidan foydalaniladi: I, V, X, L, C, D, M. Ularni o`nli sanoq sistemasida mos keluvchi qiymatlari: I(1) V(5) X(10) L(50) С (100) D(500) M(1000) Misol: III – 3 LIX – 59 DLV – 555 Rim raqamlarini ifodalash murakkabligi va ular ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari yo`qligi ularni kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun, undan ayrim joylarda foydalaniladi. Biz, asosan, pozitsion sanoq sistemasidagi sonlar ustida ish olib boramiz. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling