Kimyoda aхborot kommunikasion teхnologiyalari


Download 0.99 Mb.
bet9/14
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1260425
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Dastakli skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo`l bilan tasvir bo`ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o`tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo`lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi.
Planshetli skanerlar еng ko`p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o`lchamli) 2-10 sekund.
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko`pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Modem (Modulyator-Demodulyator) telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuterlar bilan axborot almashishni ta’minlaydi.
Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir.
Modem – axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni qabul qilishda esa analogli signalni raqamli signalga o`zgartiradi.
K o`pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:

  • tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;

  • faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;

  • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);

  • avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.

Multimediya vositalari – kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni ko`rsatishni ta’minlaydi.
M ultimediya vositalari - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko`rinishga еga bo`lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o`.) va yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo`lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog`liq sohasidir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling