Kimyodan javoblar


Download 388.29 Kb.
bet18/26
Sana29.01.2023
Hajmi388.29 Kb.
#1139001
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
KIMYODAN JAVOBLAR

Donor-akseptor bogʻ, koordi natsion bogʻ — kimyoviy (kovalent) bogʻning bir turi. D.-a. b. bir atom (donor)ning bir juft elektroniga boshqa atom (akseptor)ning boʻsh (toʻlmagan) elektron qavati toʻgʻri kelganda sodir boʻladi. Bu bogʻlanishda ham elektronlar ikki atom uchun umumiy boʻladi. Ammiak bilan vodorod ioni (proton) ning oʻzaro taʼsiri natijasida ammoniy ioni hosil boʻlishi bunga yaqqol misoldir. Ushbu reaksiya pirovardida toʻrtinchi kovalent bogʻ N—N hosil boʻladi. Ammoniy ionidagi barcha N—N bogʻlar oʻzaro teng kuchlidir. Bu holda ammiak molekulasi — donor, proton — akseptor (yana q. Kimyoviy bogʻ). Donor akseptor boģlanishga protonlangan suv (gidroksoniy kationi), amoniy kationi, is gazi, nitrat, qizil qon tuzi, sariq qon tuzi, berlin lazuri, trunbul kõki kiradi.
21.Elektroliz. Faradey qonunlari.
Faradey qonuni - elektrolizning miqdoriy qonunlari. M. Faradey ochgan (1833—34). Faradey qonuni elektrodlarda ajralgan modda massasining modda tabiatiga va elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdoriga bogʻlanishini ifodalaydi. Faradeyning lqonuni elektrodda ajralgan moddaning massasi t elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdori q ga toʻgʻri proporsional ekanligini, 2qonuni elektrolitdan bir xil zaryad oʻtganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proporsional ekanligini bildiradi. Faradeyning 2qonunidan turli moddalarning 1 ga ekvivalentini ajratish uchun bir xil zaryad kerakligi kelib chiqadi. Faradey qonunini m=qA/F=kq shaklda yozish mumkin, bunda F— Faradey soni, k=A/F — moddaning elektrokimyoviy ekvivalenta.
22.Erish issiqligi. Moddalarning hosil bo’lish issiqligi
Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo'ladi: moddaning
tabiatiga qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Suvda masalan, kaliy
gidroksid, sulfat kislota eriganida eritma qattiq qizib ketadi, ya’ni
issiqlik chiqadi, ammoniy nitrat eritilganda esa eritma qattiq soviydi,
ya ’ni issiqlik yutiladi. Birinchi holda ekzotermik jarayon (H<0),
ikkinchi holda esa endotermik (H>0) jarayon amalga oshadi. Erish
issiqligi H= bu 1 mol modda eriganda ajralib chiqadigan yoki
yutiladigan issiqlik miqdoridir. Masalan, kaliy gidroksid uchun
 H°= —55,65 kJ/mol, ammoniy nitrat uchun esa H=+26,48 kJ/mol.
Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy o'zaro ta’siri
natijasida solvatlar deyiladigan (erituvchi suv bo'lganida gidratlar
 deyiladi) birikmalar hosil bo'ladi. Bunday birikmalarning hosil
bo'lishi jihatdan eritmalar kimyoviy birikmalarga o'xshaydi.
Rus kimyogari D. I. Mendeleyev eritmalarning
kimyoviy nazariyasini yaratdi va uni juda ko'p tajriba
ma’lumotlari bilan asoslab berdi; bu ma’lumotlar uning 1887-
yilda rus tilida bosilib chiqqan «Suvdagi eritmalarni solishtirma
og'irligiga ko'ra tekshirish» nomli kitobida bayon qilingan. Mendeleyev
bu kitobida «Eritmalar kimyoviy birikmalar bo'lib, erituvchi va
modda orasida ta’sir etadigan kuchlar bilan aniqlanadi», deb yoz
gan edi. Endilikda bu kuchlarning tabiatini biz bilamiz.
Gidratlanishga (suv bilan birikishga) ayniqsa ionlar ko'proq
moyil bo'ladi. Ionlar suvning qutbli molekulalarini biriktirib oladi,
natijada gitratlangan ionlar hosil bo'ladi. Shu sababli,
masalan, eritmada mis (II) ioni havorang, suvsiz mis sulfatda u
rangsiz bo'ladi. Bunday birikmalarning ko'pchiligi beqaror bo'lib,
ularni erkin holda ajratib olish vaqtida oson parchalanib ketadi;
lekin ko'pchilik hollarda puxta birikmalar hosil bo'ladi; ularni
eritmadan kristallga tushirish yo'li bilan oson ajratib olish mumkin.
Bunda tarkibida suv molekulalari bor kristallar cho'kmaga tushadi.
Tarkibida suv molekulalari bor kristall moddalar kristall
gidratlar, ularning tarkibiga kiradigan suv esa kristallanish suvi
deb ataldi. Ko'pchilik tabiiy minerallar kristallgidratlar hisoblanadi.
Qator moddalar (shu jumladan, organik moddalar ham) sof
holda faqat kristallgidratlar shaklida olinadi. D. I. Mendeleyev sulfat
kislota gidratlarining, shuningdek, boshqa moddalar gidratlari-
ning mavjudligini isbotladi.
Suyuq eritmalar o'zgarmas tarkibli kimyoviy birikmalar bilan
mexanik aralashmalar orasidagi holatni egallaydi. Ular kimyoviy
birikmalar kabi bir jinsli bo'lib, issiqlik hodisalari bilan xarak-
terlanadi, shuningdek, ularda ko'pincha kontraksiya ham kuzatiladi 
suyuqliklar arralashtirilganda hajmi qisqaradi. Ikkinchi tomondan,
eritmalar kimyoviy birikmalardan farq qilib, tarkibning doimiylik
qonuniga bo'ysunmaydi. Ularni aralashmalar kabi tarkibiy qismlarga
oson ajratish mumkin. Erish jarayoni fizik-kimyoviy jarayon,
eritmalar esa fizik-kimyoviy sistemalardir.
D. I. Mendeleyev 40 yilga yaqin ilmiy ishini eritmalarni o'rganish) 
bag'ishladi. U yaratgan eritmalarning kimyoviy nazariyasi nihoyatda unumli
bo'ldi. Shu nazariya asosida yangi ilmiy fanlar — fizik-kimyoviy nali.
kompleks birikmalar kimyosi, suvsiz eritmalar elektrokimyosi kabi fani;
vujudga keldi. Hozirgi vaqtda bu nazariya umum tomonidan e’tirof etilgan.

Download 388.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling