Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar. Kimyodan masalalar yechishning kimyo o’qitishdagi ahamiyati


Download 76.96 Kb.
bet11/15
Sana04.02.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1164779
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar. Kimyodan m

Masala. 200g 5% li mis (II) sulfat eritmasi massasi 4 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Qolgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini va elektrodlarda ajralgan moddalarning modda miqdorlarini hisoblang.
Berilgan:
m=200g
𝓌(CuSO4)=5%
m=4g


𝓌-? n-?
Yechish: 2 CuSO4 + 2H2O ——› 2Cu ↓ + O2↑ + 2H2SO4
Katod: Cu2+ + 2ē → Cu0 • 2
Anod: 2H2O - 4ē → O2 +4H+ • 1 m(CuSO4) = 200 • 0.05 = 10g
m(CuSO4) = 10 : 160 = 0.0625 mol
Agar elektroliz oxirigacha borsa, unda elektrodlarda 0.0625 mol Cu va 0.0625 : 2 = 0.03125 mol O2 ajralishi kerak.
Bunda eritma massasi quyidagicha bo’ladi.
∆m = m(Cu) + m (O2) = 0.0625 • 64 + 0.03125 • 32 = 4+1 =5 g
Reaksiya oxirigacha bormagan, chunki massa kam. Bunda x mol Cu va 0.5x mol O2 xosil bo’lgan bo’lsa, unda :
∆m = 64 • x + 0.5x • 32 = 80x 80x = 4
x= 0.05 mol
v(Cu) = 0.05 mol, m(Cu) = 0.05 • 64 = 3.2 g
v(O2) = 0.025 mol, m(O2) = 0.025 • 32 = 0.8 g
v(O2) = 0.025 • 22.4 = 0.56 l
Eritmada 0.0625 – 0.05 = 0.0125 mol CuSO4 va 0.05 mol H2SO4 qoldi m(CuSO4) = 0.0125 • 160 = 2g
m(H2SO4 ) = 0.05 • 98 = 4.9
ω(CuSO4) = 2 : 196 = 0.0102 ( 1.02 %)
ω(H2SO4 ) = 4.9 : 196 = 0.025(2.5 %)
Jvaob: : Katodda 3.2 g Cu, anodda 0.8 g, yoki 0.56 l O2, qolgan eritmada ω(CuSO4) = 1.02 %, ω(H2SO4 ) =2.5 % ushbu turdagi masalalar yechish davomida o’tilgan mavzular takrorlanadi.
Kimyodan masalalar va ularning tiplari: Kimyodan masalalar yecha bilish – o’rta maktab o’quvchilarning amaliy hayotda zarur bo’ladigan eng muhim malakalardan biridir. Ba’zan, kimyoviy masalalar degan so’zdan, asosan, miqdoriy masalalarni tushunadilar. To’gri, miqdoriy masalalarni kimyo o’qitish jarayonida muhim ahamiyatga ega – amaliy hayotda, ko’pincha, shunday masalalar yechishga to’g’ri keladi. Ammo kimyo uquv kursida sifatga oid masalalar – kimyoviy tushunchalar, nazariyalar, qonunlarga oid masalalar ancha katta ahamiyatga ega. Bu masalalar o’qituvchining nazariy tayyorgarlik darajasini ancha oson bilib olishi, moddalar va ularning o’zgarishi to’g’risidagi bilimlarni puxtalashni hamda chuqurlashtirishni, nazariy bilimlarni amalda tadbiq etishi, o’quvchilarning fikrlashini o’stirish, o’quvchilarda kimyoviy taffakurni hosil qilish uchun imkon beradi.
O’quvchilar kimyoviy masalalarni kamdan-kam xollarda emas, balki doimo, butun kursni o’rganish davomida aniq ma’lum tartibda (sekin asta murakkablashib boradigan sistemada) yechib borganlari taqdirdagina o’quvchilarda kimyoviy masalalar yechach malakalarini muvaffaqiyat bilan hosil qilish mumkin.
Kimyoviy masalalar klassifikatsiyasini taxminiy variantlardan birini ko’rsatib o’tamiz.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling