Kimyo darslarida masala yechishdan foydalanish.Kimyo darslarining har xil qismlarida masala yechishn foydalanib kimyo o’qitish jarayonini sifatini oshirish mumkin. Masalan, yangi mavzuni o’zlashtirishda, o’tilgan mavzuni mustahkamlashda, uyda va darsda mustaqil ishlashda, o’quvchilarni joriy baholashda va nazorat ishi olishda, mavzuni umumlashtirishda.Yangi mavzuni masala yechishn foydalangan xolatda boshlash ham mumkin, bu muammoli metodga o’xshab o’quvchilar fikrini jamlashga va yangi mavzuga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’otadi. Buning uchun ma’lum shartlarga amal qilish lozim. Masala sharti aniq, hajmi kichik, barcha o’quvchilarga tushunarli va hisoblash qiyin bo’lmasligi kerak. Masalan, aldegidlar mavzusini o’rganishga kirishishdan oldin o’qituvchi kirish qismida oldingi darsda spirtlar mavzusini o’rganishganini, bugun esa yangi sinf birikmalarini o’rganishlarini aytadi va quyidagi masalani proektor orqali doskaga tushiradi (yoki oldindan doskaning yopiladigan qismiga yozib qo’yiladi) .
Masala: Ushbu sinfga tegishli bo’lgan birikmaning eng oddiy formulasini toping, uning vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng bo’lib, tarkibi 53,3 % kislorod, 40 % uglerod va 6,7 % vodoroddan iborat.
Berilgan:
dH2 = 15
ω(O)= 0,533 ω(C)=0,400 ω(H)=0,067
Formula -?
Yechish: Tegishli formulalar asosida hisoblashlar olib boramiz:
Javob: CH2O
Buni tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaramiz: Mr(CH2O) = 12+2+16 =30; Mr= 2 dH2 ; Mr= 2∙ 15 =30
So’ngra o’qituvchi yangi o’rganishimiz kerak bo’lgan moddalar sinfining eng oddiy formulasi CH2O ekanligini, spirtlarda esa CH4O ko’rinishda ekanligini aytadi. O’quvchilarga ularning o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini aniqlash so’raladi. O’quvchilar bunda , yangi sinf moddasi bu degidralangan spirt ekanligini ta’kidlashadi:
Demak, masala yechish davomida o’qituvchi o’quvchilarga mavzuni tushuntirishni boshlaydi. Shu bilan birga aldegid so’zining ma’nosini ham izoxlab beradi. O’qituvchi oddiy masala yechish orqali Avagadro qonuni mohiyatini ochib berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |