Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar. Kimyodan masalalar yechishning kimyo o’qitishdagi ahamiyati


O’quvchilarda kimyodan masalalar yechishning izchilligini


Download 76.96 Kb.
bet3/15
Sana04.02.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1164779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar. Kimyodan m

1.2 O’quvchilarda kimyodan masalalar yechishning izchilligini


shakllantirish
Kimyo o’qitishda kimyoviy masalalardan foydalanganda ularni faqat hisoblashga emas, balki kimyoviy ma’nosiga ham e’tibor qaratmog’i lozim. Modda va uning o’zgarish miqdoriy va sifat tarkibidan ko’rib chiqiladi. Shuning uchun masalani yechishuning ikki tamoniga, ya’ni kimyoviy va matematik tamoniga ahamiyat beriladi. Kimyoviy o’zgarishning miqdoriy va sifat birligi har qanday hisobli masala yechishning metodologik asosi xisoblanadi. Masala yechishni o’rganish yoki o’rgatish davomida bu ikki qismni birbiridan ajratish mumkin emas. Quyida masala yechishni boshlashda quyidagi ketma - ketlikka e’tibor berish muhim xisoblanadi:
Masala sharti→masala shartini sxema ko’rinishida yozish→nazariy bilimlar asosida fikr yuritish→tegishli reaktsiya tenglamalarini yozish→ maslani analiz qilish→masala yechish usilini tanlash→tegishli xisoblashlar→masala javobi→masala javobini tekshirish→teskari masala tuzish. Bu ketma ketlikda
dastlabki to’rttasi masalaning kimyoviy qismi bo’lib, keyingi esa matematik qismlari xisoblanadi.
Masala yechish davomida uning hisoblash tomoniga ko’proq ahamiyat berilib uning asl kimyoviy tomoni qolib ketadi, bunday qilish mumkin emas, chunki har qanday kimyoviy masalaning kimyoviy tomoni o’rganilmasdan hisoblashga o’tish mumkin emas.Shuning uchun dastlab masalaning kimyoviy tomonini muhokama qilishni o’rgatishimiz, so’ngra hisoblashga kirishishimiz to’g’ri bo’ladi. Modda tarkibi o’zgarmas deb uning kimyoviy formulasini masala yechishning ilmiy asosi deb hisoblaymiz. Shu bilan birga kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarini bilishimiz lozim.
Masalaning kimyoviy tomonini yechish «Kimyo tilini» bilishni talab qilinadi. Bunda reaktsiya tenglamalarini to’g’ri yoza olish va oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining koeffitsentlarni to’g’ri tanlash kerak bo’ladi. Masalalar yechish turlari har xil, bu jarayon ko’plab jarayonlarni o’z ichiga oladi, ular ham o’znavbatida bir biri bilan bog’liq, shuning uchun ma’lum bir ketma-ketlikni izlash lozim, quyida sizga masala yechish algaritmini taklif etamiz:

    • Masala sharti ma’nosini tushungan xolda qunt bilan o’qiladi.

    • Masala yechishning kimyoviy tomoni bajarildi:

    • Masala sharti barcha birliklari bilan yoziladi;

    • Yordamchi mashg’ulotlar yoziladi;

    • Masala analizi keltirilib uni yechish rejasi tuziladi.

    • Qisqa va aniq yechimtanlanadi.

    • Zarur hisoblar bajariladi.

    • Masala javobi yoziladi.

    • Olingan natija tekshiriladi.

Ushbu ketma–ketlikka masala yechish amal qilish, qo’yilgan maqsadga to’g’ri qadam qo’yishga yordam beradi.
Kimyodan masala yechishning algebraik usuli: Bo’lajak kimyo o’qituvchisi o’quvchilarga kimyodan masala yechishni o’rgatishi uchun pedagogika, psixologiya, mantiq va yoshlar fiziologiyasi fanlarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. O’qituvchi doimo o’quvchining ruhiyatini, xissiy qobilyatlarini hisobga olgan xolda, dars davomida kimyodan masala yechishini o’rgatishi kerak. O’quvchilarga masala yechishni o’rgatishning metodik afzalliklaridan biri, masala yechish jarayonini qiskaroq yo’lini tanlashdir. Psixologlar takidlashicha, bir xil turdagi masalalarni yechish natijasida qisqa xolatda yechish ko’nikmalari shakllanadi.
Masalan, oltingugurtdan sulfat kislota olish kerak bo’lsa 3 ta raektsiya tenglamani dastlab yozib masala yechilsa, keyinchalik bu bir bosqichda,ya’ni S H2SO4 usulda yechishni boshlaydi. Bu xolat o’quvchilarning ketma-ket bosqichlarni yaxshi o’rgangandan keyin shakllanadi, bu jarayon o’quvchilarning aqliy mehnatini bir muncha qisqartiradi. Bunday qisqa xolatdan masalalar yechish foydalanish yaxshi, qachonki o’quvchilar uni asl mohiyatini avvalambor tushunmoqlari zarur. O’quvchilar asl kimyoviy mohiyatni unitib qo’ymasliklari uchun ulardan doimiy ravishda yozilgan xolatni asoslab berishlarini talab qilish kerak bo’ladi, bu esa ularda bilim va ko’nikmaning o’zaro bog’liq xolda shakllanishiga yordam beradi.
Bunday xolat masala yechish juda ko’p uchraydi. Bilimdon o’quvchilar masala shartini yozib, tezda uni qisqa xolatda yechishga kirishib ketadi, biroq undagi batafsil mulohaza yuritish, qanday ketma-ketlik asosida kelib chiqishi “tushib” qoladi. Kimyo darslarida mavzuni tushintirib bo’lgandan keyin mavzuga doir masalalar yordamida mavzuni mustaxkamlash juda katta yordam beradi.Masalalar yechish murakkab jarayon bo’lgani uchun o’qituvchi darsda masala yechimini tushuntirganda sinfdagi barcha o’quvchilar ham bir xil tushunmaydi. Gumanitar fanlarga qiziquvchi o’quvchilar uchun bu masala qiyin bo’lib ko’rinish mumkin.Qisqa xolatda tushunib masalani yechishni o’rganish juda muhim bo’lib, bu har bir o’quvchining indivudial xususiyatidir. Kimyodan masala yechishni o’rganish davomida, birdaniga qisqa xolatlardan foydalanishga o’tish o’quvchilarning masala yechishni chuqur o’rganmasligiga sababchi bo’ladi. Hozirgi kunda talabalar masala yechganda to’g’ridan to’g’ri masala javobini chiqarib kimyoviy jarayonlar bosqichlari, fizik kattaliklar umuman yozishmaydi. Agar shunday xolat ularda davom etadigan bo’lsa, bo’lajak kimyo o’qituvchilari o’zlarining kelgusidagi pedagogik faoliyatida o’quvchilarni kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini so’ndirib qo’yadi. Bizning mustaqil O’zbekiston Respublikamiz kimyo fani va kimyo sanoati rivojlangan davlatdir, shunday ekan biz kelajakda bilimli yoshlarni tarbiyalashimiz zarur. Buning uchun bo’lajak kimyo o’qituvchilarini puxta tayyorlashimiz kerak.
Kimyodan masala yechishni o’quvchilarga o’rgatishda dastlabki bilim va ko’nikmalardan foydalanish muhim natijalarni qo’lga kiritishga yordam beradi. Psixologlar ham bunday usulni ijobiy baholashadi, ya’ni bilimi va ko’nikmalarni egallashda ijobiy natijalar beradi. Bunday usulda o’quvchilar tushunishi oson kechadi, o’qituvchining tushuntirishi ham yengil bo’ladi.Kimyodan masala yechishni o’rgatish davomida fizikadan olgan bilimlardan foydalanish, masala shartini qisqa bayon qilish, halqaro qabul qilingan fizik kattaliklarni kimyoviy formulalar bilan birga qo’shib ifodalash yaxshi natijalar beradi. Matematikadan o’rgangan mantiqiy mulohaza yuritishlar masalalar yechish juda muhim bo’lib, moddalar foiz miqdorlarini hisoblash, tenglamalar, proportsiyalar, algebraik tenglamalarni yechish o’quvchilarning kimyodan masala yechishini yengillashtiradi. Bu matematik bilim va ko’nikmalarni kimyo o’qituvchisining o’zi ham egallagan bo’lishi lozim. Shu bilan birga olingan bilimlar teskari ta’sir bo’lishi ham mumkin, bunday xolatga bilimlar interfrentsiyasi deyiladi. Masalan, o’qituvchi kimyodan masala yechish masalaning kimyoviy tomoni chetta qolmasligi uchun matematik hisoblashlardan foydalanmasdan, proportsiyadan foydalanadi, vaholanki bunda ham matematik amallar bajariladi, masalaning kimyoviy, fizik va matematik tomonlariga e’tibor berilmay qoladi. Eritmada erigan modda massasini aniqlash uchun proportsiya usulidan emas, balki matematik formuladan foydalanishi yaxshi natija beradi, chunki bu formula yordamida matematik amallar bajarish bilan murakkab masalalarni ham xal qilish mumkin. Tegishli hisoblashlar uchun o’quvchilar matematika darslarida proportsiyadan foydalanishmaydi. Kimyodan masala yechish adabiyotlarda proportsiya va algbraik usullarda masalalar yechimi olib boriladi. O’quvchilar o’zining matematika fizika darslarida olgan bilimlariga mos xolatda kimyodan masalalar yechish uyg’unlashsa juda foydali bo’ladi. Kimyo o’qituvchisining tushuntirishi bilan o’quvchilar tushunishi orasida qarama- qarshi ziddiyat vujudga kelsa, o’quvchilar bilimi pasayishiga olib keladi. Ijodiy fikrlash kamayadi. Yangi bilimlar xosil bo’lishi me’yoriga yetmaydi. Bo’lajak kimyo o’qituvchilari kimyodan masalalar yechish metodikasi kursida bu muammolarni oldindan o’rganmog’i kerak, birinchi kursda matematikadan olgan bilimlari kimyodan masala yechish kerak bo’ladigan barcha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmog’i lozim, ularning o’quv fan dasturlari shunga mos bo’lishi kerak. O’zini oqlamagan usullarda masalalar yechish hisoblash madaniyatini pasaytiradi, shu bilan birga fizika va matematika o’qituvchilari mehnatining samarasi ko’rinmay qoladi. O’quvchilar natijada kimyodan masala yechish davomida qo’pol matematik va fizik xatoliklarga yo’l qo’yadi. Kimyodan masala yechishni o’qitishda interfrentsiyaning yuzaga kelishi kimyo, fizika va matematika o’qituvchilarining o’zaro fikr almashmasligi va metodistlarning yetarli darajada ishlamasligi sabab bo’ladi.Kimyo darslarida egallangan bilimlarni amalda qo’llash dastlab masalalar yechish davomida amalga oshiriladi. Lobaratoriya va amaliy darslarida ham masalalar yechishga vaqt ajratilsa o’quvchilarga olgan bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlanishiga yordam beradi. Kimyoning nazariy bilimlarini mutahkamlashda masalalarni to’g’ri va teskari usullarda yechishni o’rgatish ularning olgan bilimlarini va ko’nikmalarini yanada mustaxkamlashida yaxshi natijalar beradi. Shuning uchun kimyoviy masalalarni yechishni o’rgatishda buni hisobga olish zarur. To’g’ri va teskari topshiriqlarni ajratish masalani yechish davomida o’quvchining fikrini to’g’ri yo’naltirish va uni jamlashga olib keladi. Kimyo o’qitish jarayonida to’g’ri va teskari masalalarni, masala yechishni mustahkamlashni, tushunishni va uning mohiyatini chuqur taxlil qilishni, berilgan shart asosida qo’yilgan muammo orasini chuqur mushohada qilishni rivojlantiradi. Berilgan masalani teskari yechish o’quvchida masalani to’g’ri yechganligiga to’la ishonch xosil qiladi va o’zida qoniqish xosil qiladi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling