Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar. Kimyodan masalalar yechishning kimyo o’qitishdagi ahamiyati


I BOB. KIMYODAN MASALALAR YECHISHGA UMUMIY METODIK TALABLAR


Download 76.96 Kb.
bet2/15
Sana04.02.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1164779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar. Kimyodan m

I BOB. KIMYODAN MASALALAR YECHISHGA UMUMIY METODIK TALABLAR.

1.1 Kimyodan masalalar yechishning kimyo o’qitishdagi ahamiyati.


Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar quyidagilardan iborat:

    • Kimyoviy masalalar sistemasi.

    • Kimyo o’qitishda masalalar yechishning o’rni.

    • Kimyodan masalalar klassifikatsiyasi.

Kimyodan masalar yechishni bilish, o’rganish kimyo fanlari asosini chuqur egallashning muhim asosidir. O’quv jarayoniga masalalar kiritilishi o’qitishning quyidagi didaktik printsiplaridan foydalanishga yordam beradi:

    • Talabalarning mustaqil bilim olishini, hamda aktivligini ta’minlaydi.

    • Mustahkam bilim va ko’nikma xosil qiladi.

    • Ta’limni turmush, hayot bilan bog’laydi.

    • Talabalarning kelajakda ilmiy yo’nalishini aniqlashga yordam beradi.

Masala yechish kimyo o’qitishning asosiy bo’g’inlaridan biridir. Kimyo o’qitishni muvoffaqiyatli amalga oshirish uchun didaktikaning ta’lim, tarbiya va rivojlantirish printsiplaridan foydalanish juda muhim. Masalalar yechish davomida talabalarda kimyoviy moddalar, reaksiyalar haqida mustahkam tushunchalar hosil bo’ladi. O’tilgan mavzularni takrorlashga ma’nosini chuqur anglashga yordam beradi, talabada bilimlar sistemalashadi, natijada keyingi mavzuni o’rganish oson kechadi. Kimyoviy jarayonlar bilan bog’liq masalalarni talabalarning yechishi, ularning o’quv materialni mustaqil o’rganishiga omil bo’ladi. Masala yechishda o’zlashtirilgan mavzu faqat gapirib izoxlab berilmasdan, balki undan olingan bilimlardan foydalanishni o’rgatadi. Kimyodan masalalar yechish o’quv materialni chuqur egallashga sabab bo’lishining yana biri shundaki, o’tilgan qonunlar, nazariyalar, qoidalar, formulalar, kimyoviy tenglamalar amalda talaba tomonidan foydalaniladi. O’quvchilarda masala yechish davomida mehnatsevarlik, maqsadga intilish, ma’sulyat hissi, qo’yilgan maqsadga intilish kabi ijobiy xususiyatlar tarbiyalanadi. Masalalar yechish davomida tabiat birligini ko’rsatuvchi fanlararo bog’liqlikni va chuqur dunyoqarashni rivojlantirishga yordam beradi.
Masala yechish davomida o’quvchilarning murakkab, chuqur fikrlashi va amalda qo’llash imkoniyati shakllanadi. Bunda bilim va uni amalda qo’llash natijasida muhokama qilish, aqliy xulosa chiqarish, isbotlash kabi malakalar xosil bo’ladi. Masala yechish davomida shakllanadigan bilimlar ikki qismga ajratish mumkin:

    • Masala shartini muhokama qilish bilimi

    • masalani yechish bilimi

Bu bilimlarsiz masalani yechish mumkin emas. Bunga yana asosiy nazariya va qonunlarni har xil kimyoviy tushunchalarni, moddalarning fizik kimyoviy xossalarini, kimyoviy reaktsiya tenglamalarni, moddalar molyar massalarini bilish kiradi. Pedagog vapsixolog olimlarimiz masalalar yechishni aqliy bilimlar kompleks xarakati modeli deb qarashadi. Masala yechish olingan bilimlar bitta umumlashgan ko’rinishdagi xarakatga keladi.
Kimyodan masalalar yechish kimyoni muammoli o’qitishda, bilimlarni nazorat qilishda va darsda olingan bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Xozirgi kunda kimyoviy masalalarning to’liq oxiriga yetgan klassifikatsiyasi mavjud emas. Kimyo o’qitish metodikasidan adabiyotlarda va ilmiy metodik maqolalarda turli xil klassifikatsiyalar keltirilgan. Ko’pchilik tomonidan qabul qilingan klassifikatsiya ikki guruhga bo’linadi:

  • hisoblashga (miqdoriy) masalalar.

  • Sifat tarkibiga oid masalalar.

Har bir guruh o’z navbatida guruhchalarga bo’linadi. Biroq bu borada yagona bir qarash yo’q.
Shunday bo’lsa ham xozirgi kunda ularni uchta ko’rinishda klassifikatsiyalash mumkin:

  1. Kimyoviy o’lchov birliklar bilan tanishish.

    • Kimyoviy formula asosida elementlar massa nisbatlarini hisoblash.

    • Formula asosida modda massasini va elementlar massalarini hisoblash.

    • Nisbiy molekulyar massani nisbiy zichlik bo’yicha va gazlar hajmini modda massasi bo’yicha hisoblash.

    • Kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash.

    • Eritmalarga doir hisoblash.

    • Oddiy va molekulyar formulalar tuzish.

  2. Formula bo’yicha hisoblash.

    • «Mol» va Avagadro qonuni asosida kimyoviy formula bo’yicha hisoblash.

    • Kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash.

    • Modda formulasini hisoblash.

    • Davriy qonun. Atom tuzilishi.

    • Eritmalar

    • Amaliyotga doir aralash masalalar

  3. Formulalar bo’yicha hisoblash.

    • Berilgan kontsentratsiyadagi eritmani tayyorlash uchun erituvchi va erigan moddani hisoblashga oid.

    • Gazlar va gazsimon moddalar, reaktsiya mahsulotlarining hajmiy nisbatlariga nisbatan hisoblash.

  • Gazlarning nisbiy zichligini hisoblashga oid.

    • Berilgan hajmdagi gaz massasi bo’yicha uning nisbiy molekulyar massasini, hamda moddaning molekulyar formulasini aniqlashga doir.

    • Maxsulot chiqish unumini hisoblash.

  • Reaktsiyaga kirishayotgan moddalardan biri ko’p miqdorda bo’lganda, reaktsiya maxsuloti massasi va ortiqcha modda massasini hisoblash.

  • Tarkibida qo’shimcha moddalari bo’lgan dastlabki moddadan olingan mahsulot massasini hisoblash.

  • Reaktsiya natijasida xosil bo’lgan gazmoddalar hajmini hisoblash. Kimyodan xisobli masalalar shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin:

    • Moddalarning kimyoviy formulasi asosida yoki ularning formulasini chiqarishga oid masalalar.

    • Kimyoviy tenglamalar ishlatiladigan masalalar.

    • Eritmalarga oid masalalar.

Buharbirguruhharxilko’rinishdagimasalalarnio’zichigaoladi.
Masalan,birinchi guruhni 15 xil ko’rinishdagi masalalarga ajratish mumkin:

    • Birikmaning nisbiy molekulyar massasini hisoblash;

    • Moddadagi elementlarning massa nisbatlarini aniqlash;

    • Birikmadagi elementlarning massa ulushlarini aniqlash;

    • Modda massasi tarkibidagi element massasini hisoblash;

    • Tarkibidagi element massasi asosida modda massasini hisoblash;

    • Gazlarning nisbiy zichligini hisoblash:

    • Gazlarning nisbiy molekulyar massasini nisbiy zichligi asosida hisoblash.

    • Modda massasi bo’yicha modda miqdorini hisoblash;

    • Modda miqdori asosida modda massasini hisoblash;

    • Moddaning oddiy formulasini elementlar massa ulushlari asosida topish;

    • Moddaning molekulyar formulasini elementlar massa ulushlari va gazlarning nisbiy zichligi bo’yicha hisoblash;

    • Modda formulasini yonish mahsulotlariga qarab hisoblash;

    • Gazlar uchun zarrachalar sonini massa, modda miqdori va hajmi bo’yicha hisoblash.

    • Gazsimon modda massasini hajm bo’yicha hisoblash

    • Gazsimon modda hajmini uning massasi va miqdori bo’yicha hisoblash (buketma –ketlikni davom etirish mumkin).

Har xil turdagi masalalar ichida yechimi bir xil bo’lganlari ham bor. Ular o’zaro qaytar ahamiyatli masalalar, ularni yechish birbirini to’ldirish va tekshirish imkoniyatini beradi. Yana masalalar o’zaro bir – biri bilan bog’liq bo’lgan birnechta kimyoviy reaksiya tenglamalar bilan bog’liq bo’lgan turli turlarga bo’linadi. Bunday masalalarning ham turli teskari turlari bor. Bunday masalalar turlaridan eritmalarga doir masalalar bir muncha farq qiladi, biroq bunda ham o’xshash tomonlaribor. Masalan, molyar yoki ekvivalent kontsentratsiyali eritmalarda erigan modda massasi ham modda formulasidan foydalanib xisoblanadi. Bunday masalalarni quyidagi ko’rinishga ajratish mumkin.

    • Eruvchanlikka doir masalalar.

    • Eritmadagi erigan modda massa ulushiga doir.

    • Molyar kontsentratsiyaga doir.

    • Ekvivalent molyar kontsentratsiyaga doir.

    • Bir kontsentratsiyali eritmadan ikkinchibir kontsentratsiyali eritmalarga o’tish;

Kimyoviy masalalarni og’zaki va eksperimental yechish mumkin, biroq buni masala yechish turiga kiritilmaydi. Maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari kimyo o’quv dasturida turli xil masalalar mavjud. Har bir tur masalalar o’zining murakkab va oson tomonlari mavjud. Amaliyotda bu masalalarning o’z vaqtida, ma’lum vaqtdagilarni qisqa vaqtda og’zaki, eksperimental yoki yozma usulda yechish yaxshi natijalar beradi. Kimyodan masalalarni tartibsiz, har paytda, har xil turlarda, ishlansa kutilgan natijalarni bermaydi. Uni yaxshi o’rganish uchun ma’lum tartibda kimyo kursining boshidan oxirigacha o’qituvchi yordamida
o’qitish yaxshi natijalar beradi. Bu xozirgi kunda Oliy o’quv yurtlariga kiruvchi abiturientlar uchun juda muhim bo’lib ilg’or kimyo o’qituvchilarda bu ishjuda yaxshi yo’lga qo’yilgan, chunki test savollari ko’p qismi masalalardan iborat. Masalalar og’zaki, yozma va ekspremental bo’lmog’I kerak. O’quvchilar tomonidan yechiladigan masalalar o’qituvchi tomonidan kuchli nazorat ostida bo’lishi lozim, yo’l qo’yilgan kamchiliklar o’z vaqtida to’g’irlab boriladi.
O’quvchilarga beriladigan masalalar soni va qiyinligi darajasi ularning imkoniyati yoshhususiyati va bilimiga mos bo’lmog’i maqsadga muofiq, aks holda o’quvchi qiziqishini so’ndirib qo’yish mumkin. Zarur vaqtda albatta individual yondashish kerak bo’ladi. Bir xil turdagi masalalardan ko’p ishlash yaxshi natija bermaydi, bu ularni tushunmasdan o’rniga qo’yib yechishiga olib keladi, o’quvchi fikrlamay qo’yadi. O’qituvchi masalalar tanlashda shunga ahamiyat bermog’I kerakki, bitta masalada o’tilgan mavzuga oid tushuncha bilan birga yangi ma’lumot ham bo’lsa o’quvchi masala yechish davomida yangi bilimlar ham oladi. Natijada o’quvchida mustahkam bilimlar hosil bo’ladi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling