Masala. 1 mol vodorod, kislorod, karbonat angidrit gazlarning hajmini hisoblang. Ularning zichliklari quyidagicha: ρ (H2) = 0,089 g/ml ; ρ (O2) = 1,43 g/ml
; ρ(SO2) = 1,96 g/ml ;
Javob: Barcha gazlar xajmlari Vm= 22,4 l/mol dan.
Olingan natijalarga ko’ra, o’quvchilar gazlarning molyar hajmlari (n.sh)da 22,4 l/mol ga teng ekan degan xulosaga kelishadi. So’ngra o’qituvchi teng miqdordagi har xil gazlarda molekulalar soni ham teng bo’lishini eslatadi va shu asosida qonunni ta’riflaydi. Bir xil shartda turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni teng bo’ladi.
“Modda miqdori”, “mol” tushunchalarini tushuntirishdan oldin “mol” tushunchasiga aniqlik kiritadi va masalani yechish davom etiladi.
Masala. Mol miqdori tarkibiga qancha zarracha kiradi? 12 g uglerod tarkibidagi atomlar, 32 g kisloroddagi molekulalar sonini ularning absolyut massasini hisobga olgan xolda toping. mo (c) = 0,2∙ 10-24g mo (o2) = 53,2∙ 10-24g
Berilgan:
m(C)=12g m(O2)=32g
mo (c) = 0,2∙ 10-24g mo (o2) = 53,2∙ 10-24g
NA(C) = ? NA(O2) =?
Javob: Uglerod va kislorod molekulalar soni N=6∙ 1023 dan.
Bu hisoblash natijasida o’quvchi 1 mol modda 6 ∙1023 ta zarrani o’zida saqlashini tushunib yetadi. Shunday qilib tanlangan masala dars mavzusiga to’la mos kelishi va yangi mavzuni o’zlashtirish uchun muhim bir turtki vazifasini bajarishi kerak. Bu yangi mavzuni tushuntirish uchun o’qituvchiga ham o’quvchiga ham yengillik keltiradi. O’quvchilar fikri bir joyga jamlanadi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida tuzilgan savollarini mavzuga doir, bilimlar asosida yechish mumkin bo’lgan masalalar bilan almashtirish mumkin.
Ushbu masalalar o’tilgan darsda olingan bilimlar asosida yechishga mo’jallangan bo’lib, bunda o’quvchilar mavzuni o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmaganini aniqlash mumkin. Masalan, o’quvchilarga gazlarning molyar hajmi va Avagadro qonunini mavzulariga doir quyidagi masalalarni taqdim etishi mumkin:
Masala. Kislorod, azot, fosfor va vodoroddan iborat bo’lib, tarkibida kislorodning massa ulushi 48,5%,azot atomlar soni fosfor atomlar sonidan 2 marta ko’p,vodorod atomlar soni kislorod atomlar sonidan 2,25 marta ko’p bo’lgan modda formulasini toping. Ushbu moddaning 1 mol massasi 200g dan kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |