3. Gaz 27oC da 75 ml kelsa, 127oC da qanday hajmni
egallaydi?
4. 273oC da CO2 ning hajmi 120 ml keladi. Normal sharoitda uning hajmi qanday bo’ladi?
5. 27oC da 12,3 litr keladigan gazning normal sharoitdagi va -73oC dagi hajmlarini aniqlang.
6. Ma’lum miqdorda geliy 127oC da 5 litr keladi. Agar bosim o’zgarmas bo’lsa, gaz hajmini 500 ml bo’lishi uchun temperatura qancha bo’lishi kerak?
SHARL QONUNI BO’YICHA MASALALAR.
Sharl qonuni: o’zgarmas hajmda (izoxorik) gazlarning bosimi temperaturaga to’g’ri proporsional.
1. Berk idishda 101,3 kPa bosim ostida 4 g kislorod
joylashtirilgan. Agar temperatura 0 oC dan 273 oC gacha oshirilsa, bosim qanday bo’ladi?
2. 20 litr konteynerda 27 oC da 100 kPa bosim ostida turgan gazning bosimini ikki marta kamaytirish uchun temperatura qanchaga tushirilishi kerak?
GRAHAM QONUNI BO’YICHA MASALALAR.
Graham(Grem) qonuni: o’zgarmas bosim va temperaturada gazlarning diffuziya (tarqalish) tezligi ularning molekulyar massalari ildiz osti qiymatiga teskari proporsional bo’ladi.
1. Quyidagi juftliklardan qaysi birining diffuziya
(tarqalish) tezligi katta?
a) He va CH4 b) O2 va SO2 c) H2 va O2
2. Yopiq idishda teng miqdorda H2, He, CH4, SO2va HI gazlari mavjud. Idishning qopqog’i qisqa vaqtga ochilib, qayta yopildi. Shundan so’ng, idishda qolgan gazlarning taxminiy nisbatini ayting.
3. Aerostatlarni (havo shari) qaysi gaz bilan to’ldirgan yaxshi? Nima uchun?
KLAYPERON - MENDELEV TENGLAMASI
BO’YICHA MASHQ
Molli formula ; P∙V = n∙R∙T
Massali formula; P∙V∙Mr = m∙R∙T
Zichlikli formula;P∙Mr = ρ∙R∙T
Quyida keltirilgan gazlarning MOLEKULYAR
MASSASINI toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |