Kimyoviy bog’lanish. Struktura formulalar Tuzuvchi: Tojiyev Dilshod


Download 98.39 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi98.39 Kb.
#224052
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyoviy bog'lanish

Kovalent (atom) bog’lanish −elektron juftlar tufayli vujudga keladigan bog’lanish. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog’lanishdir. Atomlar elektron bulutlarining bir-birini qoplashi natijasida hosil bo’ladi. Ikkita bir xil yoki har xil atom elektron juftliklari orasida hosil bo’lishi mumkin, bunda energiya ajralib chiqadi. Asosan metallmaslarga hos. Kovalent bog’lanishli birikmalar gomeopolyar yoki atom birikmalar deyiladi. Atom bog’ga ega bo’lgan birikmalar ko’pincha molekulalardan tuzilgan. Molekuladan tuzilgan atom bog’li qattiq moddalar molekulyar panjaraga ega bo’ladi. Atomlardan tuzilgan atom bog’li qattiq moddalar atom panjaraga ega bo’ladi. “Kovalent” so’zi “birlashgan” degan ma’noni bildiradi. Bu so’zdagi “ko-” old qo’shimcha “birgalikda ishtirok etish” ma’nosini bildiradi. Kovalent bog’lanish hosil bo’lish mexanizmiga ko’ra 2 ga bo’linadi:

1) Agar kimyoviy bog’lanish bir tekislikda hosil bo’lsa, bunday bog’ σ- bog’ deyiladi:

H2 (s−s), H2O (s−p−s), O2 (p−p).

2) Agar kimyoviy bog’lanish tekislikka perpendikulyar ravishda hosil bo’lsa,  πbog’lanish deyiladi:

C2H6 (CH3−CH3)  7 ta σ−bog’, C2H(CH2=CH2) 5 ta σ- va 1 ta π-bog’,  C2H2 (CH≡CH) 3σ-, 2π-bog’.

Kovalent bog’lanish elementlarning nisbiy elektrmanfiyligiga qarab 3 ga: qutbsiz, qutbli va donor-akseptor bog’larga  bo’linadi:

a) Qutbsiz kovalent bog’lanish. Eski talqin − bir xil metallmas element atomlari orasida hosil bo’lgan bog’lanishga qutbsiz kovalent bog’lanish M-n: H2, N2, O2, Cl2, Br2, F2, At2, C−C.

Yangi talqin−elektrmanfiylik qiymatlari ayirmasi 0−0,4 oraliqda bo’lgan har qanday moddada qutbsiz kovalent bog’ mavjud. M-n: PH3  EP-H=2,2-2,1=0,1;  NCl3  EN-Cl=3,0-3,0=0; SBr ES-Br =2,5-2,3=0,2. Bunda, umumiy elektronlar jufti hosil qilgan elektron buluti ikkala atomning yadrolariga nisbatan simmetrik taqsimlanadi.

b) Qutbli kovalent bog’lanish. Eski talqin− turli xil metallmas element atomlari orasida hosil bo’ladigan bog’lanishga qutbli kovalent bog’lanish M-n: H2O, HCl, HF, H2S, NH3.

Yangi talqin− elektrmanfiylik qiymatlari ayirmasi 0,4−1,9 oraliqda bo’lgan har qanday moddada qutbli kovalent bog’ mavjud. M-n: H2SO4 EH-O=3,5-2,1=1,4;  ES-O=3,5-2,6=0,9;  SBr ES-Br =2,5-2,3=0,2. Binda, bog’lanishning elektron buluti nisbiy elektrmanfiyligi katta atomga tomon siljigan bo’ladi.  Bunga uchuvchan anorganik birikmalar: HCl, H2O, H2S, NH3  va b. misol bo’la oladi.

c) Donor-akseptor bog’lanish. Bu holda kimyoviy bog’lanish bitta atomning ikki elektronli buluti bilan boshqa atomning erkin orbitali hisobiga vujudga keladi. Bunda, erkin ikki elektronli bulutga ega atom donorbo’sh orbitalli va elektron juftini biriktirib olish xususiyatiga ega zarracha akseptor Bu holda kovalent bog’lanish donorning ikki elektronli buluti va akseptorning bo’sh orbitali hisobiga vujudga keladi. Donor-akseptor bog’lanish elementlarga qo’shimcha valentlikni beradi. Bu holat ammoniy ioni NH4+ ga xosdir: ammiak molekulasida erkin elektronlar jufti bor azot atomi donor, bo’sh s-orbitali bor vodorod ioni esa akseptor sifatida ishtirok etadi. Bunday bog’lanish barcha kompleks birikmalarda uchraydi.

Kovalent bog’lanishning o’ziga xos xususiyatlari − uning uzunligi, energiysi, to’yinuvchanligi va yo’nalganligidir.




Download 98.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling