Kimyoviy bog’lanish. Struktura formulalar Tuzuvchi: Tojiyev Dilshod
Download 98.39 Kb.
|
Kimyoviy bog'lanish
Vodorod bog’lanish. Kuchli elektrmanfiylikka ega bo’lgan atom bilan birikkanda vodorod yana bitta kimyoviy bog’ hosil qilish hususiyatiga ega. Bu bog’ vodorod bog’lanish deyiladi. Bunday bog’ suv, ftorvodorod, chumoli kislotasi va ko’pchilik organik birikmalarning polimerizatsiyalanishiga olib keladi. Bog’ hosil qilishda ishtirok etmagan ayrim elementlarning (O, S, Br, F, Cl, N va h.k.) elektronlari bilan H atomlari orasida hosil bo’ladigan bog’lanishga vodorod bog’lanish deyiladi. Bu elementlarning elektrmanfiyligi qancha yuqori bo’lsa vodorod bog’lanish shuncha yuqori bo’ladi.
H bog’lanish tashqi ko’rinishidan donor-akseptorga o’xshaydi. Ularning farqi quyidagicha: 1) H bog’lanishda vodorod qatnashishi shart; 2) H bog’lanish donor-akseptordan farqli ravishda elementga ortiqcha valentlik bermaydi; 3) Molekulalar tarkibida H bog’lanishning mavjud bo’lishi moddaning qaynash va suyuqlanish temperaturasining ortishiga olib keladi. M-n: kapronda polietilenga nisbatan H bog’lanish ko’p bo’lganligi sababli qaynash va suyuqlanish harorati yuqori. H bog’lanish tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: 1) Ichki molekulyar H bog’lanish− faqat 1 ta molekula ichida yuzaga keladigan bog’lanish. Buning uchun molekula tarkibida 2 va undan ortiq funksional gruppa (OH, COOH, NH2, NO2, Cl, Br, I va b.lar) bo’lishi shart. Bunda funksional gruppalar bir-biriga yaqin joylashadi. 2) Molekulalararo yoki tashqi H bog’lanish − 2 yoki undan ortiq molekula orasida yuzaga keladi va bunda molekula tarkibida faqat 1 ta funksional gruppa bo’lishi yoki funksional gruppalar bir-biridan uzoqroqda joylashishi kerak. Bunday bog’lanish quyidagi birikmalarda uchraydi: spirtlar, fenollar, ko’p atomli spirtlar, karbon kislotalar, uglevodlar, oqsillar, nuklein kislotalar, aminlar, aminokislotalar, polikondensatsiya reaksiyasi bilan olingan tolalar (neylon, kapron). Ichki molekulyar H bog’lanishning qaynash va suyuqlanish harorati tashqi (molekulalararo) H bog’lanishga qaraganda kichikroq bo’ladi. Kimyoviy bog’lanish tabiatini elementlarning metall va metallmasligiga qarab ham bilib olish mumkin. Metallarga metall bog’lanish, metallmaslarga esakovalent bog’lanish, metall bilan metallmas elementlarda esa ionli bog’lanish vujudga keladi. Ba’zi elementlarda bir vaqtning o’zida ham metallik, ham metallmaslik xossalari borligi aniqlangan. Bosh gruppachadagi ikki element orasida qanday kimyoviy bog’lanish yetakchi o’rinda turishini bilish maqsadidaelementlarning nisbiy elektrmanfiyligi degan kattalikdan foydalaniladi. Download 98.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling