Kimyoviy bog’lanish. Struktura formulalar Tuzuvchi: Tojiyev Dilshod
Download 98.39 Kb.
|
Kimyoviy bog'lanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ionning qutblanganligi
- Ionlarning qutblanishi
Bog’lanishning yo’nalganligi − molekulalarning fazoviy tuzilishiga, ya’ni ularning geometriyasiga (shakliga) sabab bo’ladi.
Ion bog’lanish. Eski talqin− har xil zaryadlangan ionlarning elektrik tortishuvi natijasida hosil bo’lgan kimyoviy bog’. Asosan metall bilan metallmas elementlar orasida hosil bo’ladi. M-n: NaCl, CuF, KF. Yangi talqin− elektrmanfiylik qiymatlari ayirmasi 1,9 va undan katta bo’lgan har qanday birikma tarkibida ion bog’lanish mavjud. M-n: ENa-Cl=3,0-0,93=2,07. Ionlardan tuzilgan qattiq moddalar ion kristallari deyiladi. Ion kristallarining fazoviy joylashishi ion panjara deyiladi. Barcha ion bog’lanishli birikmalar qattiq holatda ion kristall panjara hosil qiladi. Bunda har bir ion bir necha qarama-qarshi zaryadlangan ionlar bilan o’ralgan bo’ladi va har bir bog’ o’zaro tengdir. Birikmalarning xossalari kimyoviy bog’lanish va u hosil qilgan kristall panjaralar turiga bog’liq bo’ladi. Ionli birikmalarning ko’pchiligi suvda eriydi. Ularning eritmalarida erkin ionlar bo’ladi va ular elektrolizga uchraydi. Kovalent bog’lanishdan farq qilib, ionli bog’lanish fazoda yo’nalmaganligi va to’yinmasligi bilan xarakterlanadi. Ion birikmalarning xususiyatlari uning tarkibidagi ionlarning o’zaro qutblanishiga bog’liq. Ionning qutblanganligi yadroning va uni qurshab turgan tashqi elektron qavatdagi elektronlarni qo’shni ionning elektr maydoni ta’sirida nisbatan siljishi bilan ifodalanadi. Bunda valent elektronlar kation tomonga siljiydi. Elektron qobiqning bunday deformatsiyasi bog’ning ionlilik darajasini kamaytiradi va uni qutbli kovalent bog’ga aylantiradi. Ionlarning qutblanishi ( ya’ni tashqi elektr maydon ta’sirida deformatsiyalanish xususiyati) quyidagilar bilan xarakterlanadi: Zaryadning absolut bir xil qiymati va radiusi teng bo’lgan sharoitda anionlarning qutbliligi kationnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Elektron tuzilishi o’xshash bo’lgan ionlarning qutbliligi ion radiusining ortishi (ya’ni elektron qavatlarning oshishi bilan) bilan ko’payib boradi: Fˉ Bir xil zaryadli va radiusli ionlarda ionlarning qutbliligi 18-elektron qobiqdan boshlab (m-n, Cu+, Cd2+) nodir gazlar elektron strukturali (Na+, Ca2+ va h.k.) ionlarga nisbatan yuqori bo’ladi. Download 98.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling