Kimyoviy bog’lanish.Struktura formulalar
Kimyoviy birikma (ya’ni modda) larning turli-tumanlik sabablari, tuzilishi, hosil bo’lishi, reaksiyaga kirishish xususiyatlarini bilishda bizga ular orasidagikimyoviy bog’lanish yordam beradi. Kimyoviy bog’lanish valent elektronlar hisobiga amalga oshadi. Ikki yoki undan ortiq element atomlari orasida hosil bo’ladigan umumiy elektron juftlikka kimyoviy bog’lanish deb ataladi. Har qanday molekuladagi kimyoviy bog’ ta’rifi elektron zichlikning ta’rifiga asoslanadi. Elektronlarning ikkita element atom yadrolari orasida taqsimlanishiga qarab, kimyoviy bog’lanish uch xil: kovalent, ionli va metall bog’lanish bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |