Kimyoviy cho`ktirilgan bo`r ahamiyati


Download 0.8 Mb.
Sana09.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#262459
Bog'liq
KIMYOVIY cho`ktirilgan ohak

KIMYOVIY CHO`KTIRILGAN BO`R

AHAMIYATI:

  • Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r ( Kalsiy karbonat) – murakkab ishlab chiqarish jarayoni natijasida olinadigan sintetik mahsulot xisoblanadi. Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r oxak suviga dioksid uglerodini cho’ktirish yo’li bilan xosil qilinadi.
  • Ca(OH)2+CO2 CaCO3 +H2O

Ishlab chiqarishning bu usuli boshqa yot aralashmalarsiz, toza karbonat kalsiy xosil qilinishi xamda bir xil o’lchamdagi va turdagi mayda zarralardan iboratliligi bilan o’ta noyob xisoblanib, tabiiy meldan keskin farq qiladi.

  • Ishlab chiqarishning bu usuli boshqa yot aralashmalarsiz, toza karbonat kalsiy xosil qilinishi xamda bir xil o’lchamdagi va turdagi mayda zarralardan iboratliligi bilan o’ta noyob xisoblanib, tabiiy meldan keskin farq qiladi.
  • Ushbu mahsulot chidamliligi, uzoq muddatga ishlashi, pishiqligi, sifati, turli xarorat sharoitlarida jipslikni va elastiklikni oshirishi, qimmat turuvchi kauchukni va boshqa tarkib etuvchilarni o’rnini to’ldirishi, o’ta oqligi, mayda metall va yot zarralardan istisnoligi, elastikligi, engil yoyiluvchanligi, bir xil mikron o’lchamdan iboratligi bilan noyob xisoblanib, tejamkorligi bilan tabiiy meldan olti marotaba kam ishlatilishi orqali keskin farq qiladi.


Tabiiy bo’r bilan solishtirganda, kimyoviy cho’ktirilgan bo’r quyidagi afzalliklarga ega:

Mayinligi va bir xil o’lchamdagi birikmalarning yuqoriligi;

Granulametrik bo’lakchalarni bir meyorda tarqalganligi yuqoriligi;

Xususiyatining yo’qotishini pastligi;

Yuzaki taqqoslashdagi farqi;

Kimyoviy tozaligini o’ta yuqoriligi.


Ishlatilishi:

Ishlatilishi:

KChB ni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Ishlatilish sohalari:

Plastmassa

Qog`oz

Lak bo`yoq

Rezinatexnika

Shisha

Qurulish

plastmassa

  • KChB plastmassalar tarkibida oqartiruv ishlarining sayqallashida; zarbada buzilishga qarshilikni oshirishda; issiqlik yutuvchi sifatidagi harakati va qayta ishlanishida; polimerizastiya qurilmalarida ekzotermik reakstiyalarni muvofiqlashtirilishida; tannarxning pasayishida asosiy rolni o’ynaydi.

Qog`oz

  • Qog’oz sanoatida asosiy xom ashyo sifatida kaolin ishlatilar edi. Kaolin loyining narxi oshganligi sababli, qog’oz sanoatida uning o’rnini bosuvchi yangi xom ashyo topish muhim rol o’ynardi, keyinchalik uning o’rnini karbonat kalstiysi, ya’ni kimyoviy cho’ktirilgan bo’r egalladi. 

Lak bo`yoq

  • KChB Lok-bo’yoq materiallari tarkibida uning himoya qavatini va atmosferaga chidamlilik qobig’ini saqlashda, jilosini qamda yaltiramaydigan bo’yoqlardagi rangdagi nozik jilvasini to’g’irlashda, tannarxini tushirishda muhim ahamiyatga ega.

rezinatexnika

  • Rezina sanoatida to’ldiruvchi vazifasida KChB miqdor jihatdan birinchi o’rinni egallaydi. Bu shunday tushintiriladi: Bir tomondan, boshqa xom ashyolarga nisbatan bo’rning narxi arzonligi hamda rezina qorishmasini ko’p miqdorda egallashi uning xavflilik darajasini kamaytirishga erishiladi; Boshqa tomondan, texnikaviy maqsadga muvofiqlikka erishiladikauchukni rezinkaga aylantirish jarayonini tezlashtiradi va uning tashqi ko’rinishiniga silliqlik beradi.

shisha

  • Bo’r boshqa karbonat jinslari kabi shisha ishlab chiqarishda shisha eritishda foydalanadigan shixta komponenti kabi ishlatiladi, ya’ni shixta komponentining 30 % miqdorini tashkil etadi. KChB oynaga termik barqarorlik, mexanik mustahkamlik, kimyoviy reagentlar va nurashiga qarshi chidamliligini oshiradi.  

qurulish

  • KChB ning yirik iste’molchilaridan biri qurilish sanoati hisoblanadi, bu sanoatda bo’r asosan sement, ohak, turli xil shpaklyovka va bo’yoqchilik materiallarini ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari, bo’r qorishiladigan bo’r pastalari va tuyulgan kukun shaklida barcha oqartiradigan ishlarda qo’llaniladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling