Kimyoviy injeneringda modellashtrish va avtomatlashtrish


Download 1.37 Mb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1154002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Don maxsulotlarini qurutish jarayonini avtomatlashtrish va modellashtrish

Tayyor maxsulot tavsifi

Don tarkibidagi uglevodlar chekiga boshqa moddalarga qaraganda ko’proq qismi to’g’ri keladi (asosiy o’simlik donida 60%). Uglevodlarning ahamiyati nafas olish va bijg’ish jarayonlarida namoyon bo’ladi, hayvon organizmi muskul ishining asosiy energiya manbai hisoblanadi. Donda turli uglevodlar mavjud: oddiy qandlar yoki monosaxaridlar (pentoza va geksozalar) disaxaridlar (saxaroza yoki shakarqamish qandi: maltoza yoki solod qandi); kraxmal; sellyuloza; gemisellyulozlar; shilimshiq moddalar yoki gummlar. Oddiy qandlarning ichida geksozalar (glyukoza va fruktoza) eng katta ahamiyatga ega. Etilgan donda ular kam – 0,1-0,2%. Ular non tayyorlash jarayonida drojjalar yordamida bijg’iydi. Maltoza ham spirtli bijg’ish jarayonida faol o’rin tutadi. Kraxmal, sellyuloza, gemisellyulozlar, shilimshiq moddalar ikkinchi tartibli polisaxaridlar guruhini tashkil etadi. Kraxmal endosperm hujayrasida kraxmal donachalari yoki turli o’simliklarga xos bo’lgan shakillardagi granulalar ko’rinishida yig’iladi. Kraxmal kleysterlangan holda kolloid xususiyatga ega bo’lib, oqsil (kleykovina) bilan birgalikda xamir konsistensiyasi va non strukturasini belgilaydi. Kraxmalning gidrolizi xamir tayyorlash jarayonida muhim rol o’ynaydi, non sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Kraxmal ulushiga uglevodlarning eng ko’p qismi to’g’ri keladi. Sellyuloza va gemisellyuloz hujayra devorining asosini tashkil etadi, o’simlik hujayrasining mexanik mustahkamligi va elastikligini belgilaydi. Sellyuloza, gemisellyulozlar va legnin oziqaviy tolalar hisoblanishadi, noning sifati va oziqaviy qimmatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu moddalar asosan donning kepak va qobiq qismida mavjud. Ular inson organizmi tomonidan hazm qilinmaydi, ammo muhim fiziologik funksiyani bajaradi, organizmdan og’ir mutallarni chiqaradi va nonning energetik qimmatini pasaytiradi. SHilimshiq moddalar yoki gummlar – kolloid polisaxaridlar, suvda eritmasi qovushqoq va elimlovchi. Ular javdar unida juda ko’p (2,8% gacha). Lipidlar – yog’lar va yog’simon moddalar, fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Ular muhim energiya manbai. Yog’larda A, D, E, K kabi yog’da eruvchan vitaminlar mavjud. Don mahsulotlari yog’lariga asosan to’yinmagan yuqori molekulali yog’ kislotalari kiradi.


  1. Download 1.37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling