Kimyoviy injeneringda modellashtrish va avtomatlashtrish
Ishlab chiqarish usullari
Download 1.37 Mb.
|
Don maxsulotlarini qurutish jarayonini avtomatlashtrish va modellashtrish
Ishlab chiqarish usullari
Yangi un zavodlari qurilganda eskilarini rekonstruksiyalashga nisbatan texnologik jarayonni takomillashtirish masalasini echish oson. Ammo rekonstruksiyaga sarf-xarajat kam va yaxshi loyiha asosida amalga oshirilganda teng natijaga erishish mumkin. Danilin A.S. texnlogik qayta jihozlash va rekonstruksiya barcha un zavodlarini zamonaviy texnik bosqichga chiqarishi mumkin. 1/3 dan ko’proq oliy navli un texnik qayta jihozlangan korxonalarda ishlab chiqarilishi kerak. Amaldagi un zavodini rekonstruksiyalash davomida echiladigan asosiy vazifa quyidagilardan iborat: - ishlab chiqarish quvvatini oshirish; - dondan foydlanish samaradorligini oshirish, unning sifatini yaxshilash, yuqori nav un chiqish miqdorini oshirish; - yuqori unumdorli uskunalarni o’rnatib ish unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; - donni yanchishga tayyorlashning progressiv texnologik usullarini qo’llash. Rekonstruksiya davomida donni yanchishga tayyorlash texnologik jarayon sxemalari qayta sozlanadi: - donni turlari, shishasimonligi, va yirikligi bo’yicha yanchishga tayyorlash va turli usulda namlash, uzluksiz aralashtirish, qish faslida isitishning ikki va uch oqimli liniyalari qo’llaniladi; - don aralashmasi separasiyalanadi (havo-elakli separatorlar, havo separatori va h.k.); - don yuzasiga ishlov beriladi (RZ-BMO yoki RZ-BGO rusumli qobiqsizlantirish mashinalarida, J9-BMA yuvish mashinalarida va h.k.); - dimlashdan ilgari namlash (A1-BSHU-2 jadal namlash shneki birinchi dimlashdan ilgari, A1-BSHU-1 ikkinchi dimlashdan ilgari); - donni jadal tozalash va natijada uning tarkibidagi unsurlarning 0,1-0,2%-ga kamayishi, kuldorligi esa 0,06-0,10%-ga kamayadi. Donni aspirasilash mashinalarida o’lchamlar va aerodinamik xossalari bo’yicha tozalash jarayonining texnologik samaradorligi engil komponentlar (chang, yot aralashmalar, kurmak, oqshoq, qipiq, muchka, emirilgan va ozg’in donlar va h.k.)ni dondan ajratish ajratilishi bilan baholanadi va %-larda quyidgi formula asosida aniqlanadi: Bunda a –engil komponentlarning mashinaga kelguncha bo’lgan miqdori; b – engil komponetlarning ishlov berilishidan keyingi miqdori. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling