Kimyoviy injeneringda modellashtrish va avtomatlashtrish
Download 1.37 Mb.
|
Don maxsulotlarini qurutish jarayonini avtomatlashtrish va modellashtrish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xom-ashyo maxsulotlar tavsifi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “KIMYO TEXNOLOGIYA” FAKULTETI KIMYOVIY INJENERINGDA MODELLASHTRISH VA AVTOMATLASHTRISH FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “Don maxsulotlarini qurutish jarayonini avtomatlashtrish va modellashtrish
FARG’ONA-2023 Mundarija 1. Kirish…………………………………………………………………3 2. Xom-ashyo maxsulotlar tavsifi………………………………………6 3. Tayyor maxsulot tavsifi……………………………………………...7 4. Ishlab chiqarish usullari……………………………………...............8 5. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari………………………………..10 6. Texnologik sxema bayoni…………………………………………...14 7. Texnika xavfsizligi………………………………………………….16 8. Mehnatni muhofaza qilish……………………………………..……20 9. Xulosa………………………………………………………………22 10. Adabiyotlar………………………………………………..………23 Kirish Mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan yangi agrar siyosat natijasida bir tomonlama faqat paxtachilik bilan shug’ullanish to’xtatildi. Qishloq xo’jaligidagi islohatlar donchilikni rivojlantirish va ekin maydonlarini kengaytirish, hosildorlikni ko’tarish, har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi bug’doy navlarini yaratish, ularni saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, qisqa muddatda ularning agrotexnikasini ishlab chiqish, aholini don va don mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini o’zimizda etishtirilgan hosil hisobiga qondirish tadbirlari izchil amalga oshirildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2010 yil 7 iyundagi O‘RQ-251-sonli qonunini ijro etish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 noyabrdagi 260-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zdonmahsulot" AK tizim korxonalaridagi tegirmonlarda 2011 yildan boshlab 1- navli un to‘liq hajmda vitamin-mineral aralashmalari bilan boyitilgan fortifikatsiyalangan holda ishlab chiqarilmoqda. Unni boyitish uchun sarflanadigan peremikslar loyihani amalga oshirish Hamkorlik byurosi tomonidan keltiriladi. Vitamin-mineral aralashmalarining tarkibi: vitaminlar – Tiaman-V1, Riboflavin – V2, Nikotin kislotasi – RR, Foliy kislotasi – Vs, mikroelementlar – temir elementi va ruxdan iborat. Bir tonna unga vitamin-mineral aralashmalarini qo‘shish me’yori 120 gramm. Bug’doy donini saqlash va un ishlab chiqarish sanoati katta yutuqlarga erishdi, uni yanada takomillashtirish fan va amalda erishilgan yutuqlar bilan chambarchas bog’liq. Texnologik jarayondagi individual operasiyalar faqat shu operasiyani bajarish uchun yo’naltirilgan alohida mashina yoki turli mashinalar kompleksidan iborat texnologik tizimlar tomonidan amalga oshiriladi. Texnologik jarayonning samaradorligi uning maqsadli vazifasini amalga oshirilishi darajasi bilan belgilanadi. Samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlari mahsulot chiqish miqdori va uning sifati hamda ishlatishdagi solishtirma sarflar o’lchamidan iborat. Progressiv texnlogik jarayonlar, eng yangi texnika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobga olingan yangi kombinatlarni loyihalash va eskilarini modernizasiyalash kerak va dolzarb masala. Hozirgi kunda agrosanoat tarmog’i yalpi ichki mahsulotni to’rtdan bir qismini ishlab chiqarmoqda. Qishloq xo’jaligi valyuta tushumlarini ta’minlaydigan muhim eksport manbalaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan agrar siyosat, Respublika Oliy majlisining 11-12 sessiyalarida qabul qilingan “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jalik kooperativi (Fermer xo’jaligi to’g’risida)”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar va hukumat qarorlari mamlakatimizda, qishloq xo’jaligida tub islohatlarni amalga oshirish, bu jarayonda jamoat hamda mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xom ashyoga bo’lgan talablarini ta’minlashga qaratilgan. 2.Xom-ashyo maxsulotlar tavsifi Don o’simliklarining shakl, o’lcham va kimyoviy tarkibining o’ta turliligiga qaramay urug’ning tuzilishi va funsiyasiga qarab har xil tur va avlodiga xos bo’lgan qator umumiy xossalarni belgilash va ularning eng muhim jihatlarini ajratish mumkin. Don hosilining odatdagi misoli bug’doy donasi bo’la oladi. Don bir necha anatomik bo’limlardan iborat: qobiq, endosperma va murtak. Ular turli fiziologik funksiyalar bilan tavsiflanadi va buning natijasida turli shakl va kimyoviy tarkibga ega. Qobiq donni zararli tashqi ta’sirdan – mexanik zaralanish va murtakka o’ta zararli bo’lgan zaharli moddalar tushishidan himoyalaydi. Qobiqning turli organik va noorganik moddalarni o’tkazmaslik xususiyati tufayli don kasalliklarini keltiruvchi zamburug’larni zarasizlantirish uchun donga zaharli ximikatlar bilan ishlov berish mumkin. Qobiq donning ichiga namlikni o’tkazadi. 1-rasm. Bug’doy doning uzunasi kesimi (kattalashtirilgan): 1, 2, 3 - qobiq (meva va urug’niki); 4 - aleyron qatlam; 5 - endosperm; 6- murtak; 7 - o’sish ildizchasi; 8 - buyrakcha; 9 -qalqoncha; 10 - soqolcha. Qobiq tashqi ta’sir natijasida zararlanganda mikroorganizmlar uchun don ichiga yo’l ochiladi. Bu uning saqlashdagi turish vaqtini qiskartiradi. Eng tashqi qobiq uch qatlam hujayralardan: uzuna, ko’ndalang va quvursimon hujayralardan iborat bo’lib, meva (plodovыy) qatlami deyiladi. O’zuna qatlam bir necha qator hujayralardan iborat bo’lib, bu hujayralar donning uzunasi o’qi bo’ylab joylashgan. Bu qatlam och somon-sariq rangga bo’yalgan. Donning ustida uzuna qatlam hujayralari bo’sh o’simtalar - soqolcha hosil qilgan. Qattiq bug’doyda soqolcha juda kam ko’rinadi. Ko’ndalang qatlam hujayralari donning asosiy o’qi perpendikulyar joylashgan. Bu qatlam to’qroqda sariq rangga bo’yalgan. Qobiqning uzuna va ko’ndalang qatlamlari zaif ulangan, ularning orasida tez-tez uzilish ko’rinadi, yoki ular bir-biridan to’liq qolishadi. Quvursimon qatlam alohida yoki o’zaro ulangan quvurlardan iborat. Murtak oldida bu qatlam yaxlit, donning boshqa qismlarida esa uning alohida hujayralari uchraydi. Keyingi qatlam urug’ qatlami deb ataladi, u ham uch qatlamdan iborat: shaffof va suv o’tkazmaydigan qatlam, ikkinchi, tiniq ranglangan pigment qatlam bilan barikgan, o’ta shaffof shishuvchan gialin qatlamdan iborat. Donning asosiy massasi endosperm yoki murtak xaltachasi ikkilamchi yadrodan changlangan va rivojlangan unsimon yadro bilan to’lgan. Endosperm qalin devorli yirik hujayralardan hosil bo’lgan tashqi aleyron qatlamdan iborat bo’lib, ichi krazmal donalaridan to’ldirilgan. Bu qatlam murtak rivojlanishi uchun kerak bo’lgan oziqa moddalar ombori hisoblanadi. Murtak o’sib o’simlikka aylanuvchi embrion, kislorod mavjud bo’lganda, erning ma’lum temperatura va namligida o’sa boshlaydi. Buning uchun endospermdagi zaxiradan foydalanadi. Murtak endospermga donning orqa tomonidan tayangan bo’ladi va o’simta, urchish ildizchasi va qalqonchasidan iborat. Bu don mahsulotlari murtagiga xos holat hisoblanadi va bir tomoni endospermga yuzlangan yassi tana ko’rinishida bo’ladi, ikkinchi tomoni cho’kgan bo’lib, murtakni qamragan bo’ladi. Oziqa moddalarning qalqoncha orqali endospermdan murtakka o’tishi uning biologik vazifasi hisoblanadi. Bug’doy donining anatomik bo’limlari nisbati. %
Donli ekinlar turli qismlarining o’zaro nisbati (% mas. da) quyidagi jadvalda keltirilgan: 1-jadval
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling