Kimyoviy injeneringda modellashtrish va avtomatlashtrish
Download 1.37 Mb.
|
Don maxsulotlarini qurutish jarayonini avtomatlashtrish va modellashtrish
Texnologik sxema bayoni
Ishlov berishning birqancha turi mavjud: sovuq, issiq va tezkor kondisionerlash. Eng keng tarqalgan ishlov berish usuli bu sovuq kondisionerlash. CHunki u osonlik bilan amalga oshiriladi va yuqori samaraga ega. Sovuq kondisionarlash jami 2 operasiyani o’z ichiga oladi: donni namlash va bunkerlarda dimlash. Namlangandan so’ng namlik asta sekin don ichiga o’tadi. Avval u qobiqda o’rnashadi. Namlik endospermga o’tib, uning mustahkamligini kamaytiradi, chunki namlik gradienti va biopolimertarning notekis shishishi tufayli kritik kuchlanish hosil bo’ladi. Endospermning ichki va tashqi qatlamlaridagi namlik turli bo’lgani uchun ular turli miqdorda shishadi, bu esa materialning zo’riqqan holatini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari endosperm hujayrasidagi kraxmal va oqsillar ham notekis shishadi. Natijada endospermda zo’riqishning kritik qiymatiga etganda mikroyoriqlar paydo bo’la boshlaydi. YOriqlar kapillyar ko’rinishga ega, ular orqali namlik don ichiga o’tadi va yorish qobiliyatini namoyon etadi. SHu tariqa endospermning endospermning zaiflashishi va maydalanish oldi holati yuzaga keladi. Bu jarayonni tugatish uchun bir nesa soatdan sutka va undan ko’proq vaqt kerak. Namlikning ortishi bilan ularning mo’rtligi kamayadi. SHu tariqa sovuq donni kondisionerlash navli yanchish jarayonini amalga oshirishni osonlashtiradi va qobiqlarni maydalanish qobiliyatini kamaytiradi. Ayzikovich L.E. donning kapillrya-g’ovak, kolloid tana ekanligini, hujayra strukturasi hamda makro- va mikrog’ovaklar to’ri mavjudligi, sorbsion jarayonlari amalga oshishini aniqlagan. U suvni yutadi va chiqaradi – bu uning gigroskopik xususiyati. Sorbsiya adsorbsiya (don sathida suv molekulalarining zichlashishi), absorbsiya (diffuziya yo’li bilan donning ichiga suvning kirishi), kapillyar kondensasiya (suvni yutib kapillyarlarda kondensat ham hosil qilish) va xemosorbsiya (suvni yutish va donning tarkibiy qismida kimyoviy o’zgarishlar ro’y berishi) kabi jarayonlarin o’z ichiga oladi. Donning barcha qismi suv o’tkazadi, ammo suv asosan murtak va uning atrofidan o’tadi. Murtakning oldida urug’ qobig’i minimal yupqa va mevadon o’rnashgan joyda u uzilgan, va namlik bu erdan osonlikcha o’tadi. Urug’ qobig’idan suv mikrokapillyar zona bo’yicha murtakka keladi, undan esa aleyron hujayralar – qalqonchaning ikki tomonidan – endospermga o’tadi. Donning o’zagida suv kolloidlar bilan qattiq eritmalar hosil qiladi (oqsil va kraxmal bilan). So’nggi yillarda donning sifati yomonlashib borishi barobarida tegirmonlarning don tozalash bo’limi, yorma va spirt zavodlarida donni yaxshiroq tozalashga ehtiyoj paydo bo’ldi. Yuvish mashinalaridan foydalanish natijasida don tarkibidagi qiyin ajraluvchan primeslar: yovvoyi turup, ovsyuga, sporn, kampirchopon, zararlangan donlar, turli o’tlar urug’i, qum, tuproq va pichan tayoqchalari, mikroorganizmning ajratilishi osonlashdi. Namlash usulining qo’llanishi donni tozalash jarayonining umumiy texnologik samaradorlikni 90%-gacha oshiradi. Bu unning eng asosiy ko’rsatkichlaridan biri – unning oqlik ko’rsatkichini oshirish imkonini beradi. Yuvish mashinasidan so’ng chiqitlar sentrifugada suvsizlantiri-ladi, quritish qurilmasida quritiladi va kombikorm tayyorlash uchun yo’naltiriladi. Foydalanilgan suv tozalangandan so’ng yupqa qatlamli cho’qtirgichda yanada yaxshiroq tozalash uchun aerotankka yo’naltiriladi, so’ngra toza suvga aralashtirilib, resirkulyasiya maqsadida ishlatilishi mumkin. Elektromagnit qurilmada suvga ishlov berish qurilmasi bilan ta’minlangan yuvish mashinasidan foydalanish uni keng ko’lamda kombikorm va spirt zavodlarida qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida donning mikroorganizmlar sporalari bilan zararlanish darajasi 5 barobargacha kamayadi. O’z-o’zini yanchuvchi tegirmon MMS 7000x2300 1-baraban; 2-lifter; 3,14-yonbosh qopqoqlar; 4-yuklovchi kamera; 5,11-podshipniklar 6-yuklovchi moslama; 7-elektrdvigatel; 8tishlimufta; 9-klassifikatsiyalovchi moslama; 10-tishli jig’a; 12-bo’shatuvchi tsapfa; 13-panjara. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling