Kimyoviy rеaktorlar


Download 239.5 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi239.5 Kb.
#1532325
  1   2   3
Bog'liq
МАНСУРОВ МУХИДДИН

  • Namangan Davlat Universiteti
  • Tabiiy fanlar va geografiya fakulteti
  • 5440400-Kimyo yo’nalishi 4-kurs talabasi
  • Mansurov Muxiddin Boylarmirza o`g’lining bitiruv malakaviy ishi
  • Mavzu: «Kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy ko`rsatma tayyorlash»
  • Rahbar: Т.f.n., katta o`qituvchi T.S.Saypiyev
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
  • OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

Mavzuning dolzarbligi

  • Boshqa sohalar kabi kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalariga taalluqli mehnatni muhofaza qilish muammolarini echimi va inson salomatligini saqlash O`zbekiston davlati taraqqiyotida muhim o`rin egallaydi.
  • Zamonaviy ilmiy-texnika rivoji talablariga faqat har tomonlama chuqur tahlil etib, ishlab chiqarilgan mehnat muhofazasi majmui tizimigina javob bera oladi. Uning asosini ishlab chiqarishga yuqori samaradorlikka ega bo’lgan va xavfsiz, yangi texnika va texnologiyalar, mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullarini tadbiq qilish tashkil qiladi. Ushbu sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kun talabidir.
  • Biror bir soha yo’qki kimyo fani yutuqlarining mahsuli kirib bormagan bo’lsa. Kundalik ehtiyojimizda keng ishlatilayotgan tovar mahsulotlarning aksariyati kimyo bilan bog’liq bo`lgan korxonalarda malakali muxandis texnolog, nazoratchi, laborant, ishchilar va boshqa ko`plab mutasaddilarning mexnati natijasida vujudga kelgan. Kimyoning tarmoq sohalarida faoliyat yurituvchi barcha shaxslar bevosita kimyo laboratoriyasi bilan uzviy bog’liqlikda bo`ladilar. Kimyo laboratoriyalarida ishni tashkil qilish va uni amalga oshirish jarayonlari tajribalar bilan amalga oshiriladi. Bunday holda laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalarini bilish va xavfsizlik qoidalariga qat`iy amal qilish juda zarurdir.
  • Kimyo laboratoriyasiga kirishi mumkin bo`lgan va ruxsat etilgan shaxslar jumladan o`quvchi yoshlar, talabalar, texnik va texnologlar, muxandislar, o`qituvchi va laborantlar laboratoriyada muayyan vaqt davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari kerak.
  • Muayyan fanning amaliy mashg’ulotlari uchun maxsus ko`rsatmalar va shu laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari, ishlash tartibi qolaversa favqulotda ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordam qoidalari atroflicha izohlash orqali berilgan uslubiy yoki metodik ko`rsatmalarning ko`p va yetarli darajada emasligi muammoning dolzarbligini belgilaydi.

Download 239.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling