Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari


Download 117.64 Kb.
bet5/8
Sana30.01.2024
Hajmi117.64 Kb.
#1808935
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6423 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Gravimetrik faktor – aniqlanadigan namudagi komponent miqdorini ifoda-laydigan koeffitsiyent bo’lib, aniqlanadigan komponent bilan gravimetrik shakl mo-lyar massalarining nisbatini ko’rsatadi
Gravimetriya (tortma analiz) – ma’lum tarkibli birikma sifatida ajratilgan namuna komponentining massasini aniq o’lchashga asoslangan kimyoviy analizning miqdoriy metodi
Guruh reagenti – ko’p sonli noorganik ionlar yoki organik birikmalarning muayyan sinflari bilan xarakterli mahsulotlar (cho’kma, gaz, rangli eritmalar) hosil qiladigan reaktiv
Hajmiy analizTitrimetrik analizga qarang
Identifikatsiyafizikaviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalarni taqqoslab, noma’lum birikmani boshqa ma’lum birikmaga o’xshashligini aniqlash
Indikatorlar – muhit sharoitiga (gidroksoniy, metall ionlarining konsentratsi-yasi, moddalarning oksidlangan va qaytarilgan shakllarining nisbati va boshqalarga) bog’liq holda rangini o’zgartiruvchi organik va noorganik moddalar
Ionitlar – o’zining ionlarini eritma ionlariga almashtira oladigan qattiq qiyin eruvchan moddalar
Ionlanish – neytral atomlar yoki molekulalardan ionlarning hosil bo’lishi
Ishonchlilik chegarasi – o’rtacha qiymatni saqlash ehtimolligi mavjud bo’lgan oraliq
Ichki kompleks birikmalar – tuz hosil qiluvchi va kompleks hosil qiluvchi guruhlarni saqlagan organik reagentlarning metall ionlari bilan hosil qilgan siklik kompleks birikmalari bo’lib, markaziy atom shu sikllarning birida yoki bir nechtasida joylahsadi
Kompleksonometriya – metall ionlarining etilendiamintetrasirka kislota bilan kompleks birikmalar hosil qilish reaksiyalariga asoslangan miqdoriy analizning titri-metrik metodi
Konsentratsiya – eritmadagi berilgan komponentning nisbiy miqdorini ifoda-lovchi kattalik; hisoblashlarda asosan molyar, normal, foiz va molyal konsentratsiya-lar ishlatiladi
Konsentrlash – aniqlanadigan komponent miqdorini (konsentratsiyasini) oshi-rish usulu
Koordinatsion son – kompleks birikmada markaziy atom bilan bog’langan neytral molekulalar yoki ionlarning umumiy soni
Ligandlar – kompleks birikmada markaziy atom bilan bog’langan molekulalar yoki ionlar
Makrokomponentlar – aniqlanadigan komponentda massa ulushi 10 – 100% bo’lgan moddalar
Massalar ta’siri qonuni – muvozanatda turgan kimyoviy reaksiyalardagi ta’sir etuvchi moddalar orasidagi nisbatlarni o’rnatuvchi qonun
Merkurimetriya – titrant sifatida simob (II) tuzlarining qo’llanilishiga asos-langan miqdoriy analizning titrimetrik metodi
Mikrokomponentlar – aniqlanadigan komponentda massa ulushi 10–3% dan kam bo’lgan moddalar
Mikrokristalloskopiya – analiz qilinadigan eritma tomchisiga reaktivning ta’-siridan o’ziga xos shakldagi kristallarning hosil bo’lishiga asoslangan sifat analizi-ning metodi
Minimal hajm – aniqlanadigan ionning topilish minimumini saqlagan eritma hajmi
Miqdor – ob’yektning aniqligi bo’lib, shu asosida uni bir jinsli tarkibiy qism-larga ajratish mumkin
Miqdoriy analiz – aniqlanadigan namunadagi kimyoviy elementlar (birikma-lar) yoki ular shakllarining konsentratsiyasini (miqdorini) eksperimental aniqlash (o’lchash)
Mol – 0,012 kg uglerod-12 izotopida nechta atom bo’lsa, shuncha shartli zarra-chalarni saqlagan modda miqdorining birligi
Molekulyar massa (nisbiy) – modda molekula massasining uglerod-12 atom massasi 1/12 qismiga nisbati
Molyar konsentratsiya (mol/dm3, mol/l) – 1 dm3 (yoki 1 litr) eritmadagi eri-gan moddaning mol miqdori
Molyar massa – 1 mol moddaning massasi (g/mol)
Molyar ulush – berilgan sistemada komponent miqdorining moddalar umumiy miqdoriga bo’lgan nisbati. Birning ulushlari, foiz, promille (mingdan bir ulush %0) va million ulushlarda (mln–1) ifodalanadi
Namuna – kimyoviy tarkibni aks ettiruvchi tekshiriladigan materialning bir qismi
Nazorat (xolis) tajriba – o’xshash shroitda (bir xil reagent, asboblar va bosh-qalar), lekin aniqlanadigan moddasiz kimyoviy analiz jarayonlarini takrorlash. Analiz natijalarini tuzatish maqsadida bajariladi
Niqoblash – halaqit beruvchi ionlarni kam dissotsilanuvchi, asosan kompleks birikmalar ko’rinishda bog’lash yoki ularni boshqa shaklga (masalan, oksidlanish darajasini o’zgartirib) o’tkazish
Nisbiy standart chetlanish – standart chetlanishning o’rtacha qiymatga nisbati

Download 117.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling