Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari
Download 36.48 Kb.
|
6425 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akseptor
- Amalda topilgan qiymat
- Analitik reaksiyalarning sezgirligi
- Analiz aniqligi
- Analiz natijalarining to’g’riligi
- Atom massa
- Bufer sig’imi
Tayanch iboralar:
Modda, kimyoviy element, ion, izotop, analiz, sintez, ishqoriy metallar, tarkib, amfoterlik. analitik terminlarning qisqa lug’ati Adsorbsiya – qattiq modda yoki suyuqlik yuzasida erigan yoki gazsimon mod-dalarning yutilishi Aktivlik – ionlarning effektiv, tajribada aniqlanadigan konsentratsiyasi bo’lib, u umumiy konsentratsiya bilan aktivlik koeffitsiyentining ko’paytmasiga teng Akseptor – elektronlarni qabul qilib, erkin orbital va donorning juftlashmagan elektronlari hisobiga kimyoviy bog’lanishni hosil qiluvchi atom (ion yoki atomlar guruhi) Alkalimetriya – titrant sifatida kuchli asoslarning standart eritmalari qo’llani-lishiga asoslangan miqdoriy analizning titrimetrik metodlari Amalda topilgan qiymat – haqiqiy qiymatga yaqin bo’lgan aniqlanadigan miqdorning tajribada olingan yoki hisoblab topilgan qiymati. Analitik guruh – bir yoki bir nechta umumiy kimyoviy xossalarga ega bo’lgan kimyoviy birikmalar majmui Analitik kimyo – moddaning kimyoviy tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan Analitik reagentlar – kimyoviy analiz uchun mo’ljallangan va tozalik darajasi bo’yicha farq qiladigan kimyoviy preparatlar Analitik reaksiyalarning sezgirligi – Topilish minimumiga qarang Analitik signal – aniqlanadigan komponentlar miqdori bilan funksional bog’-langan aniqlashlarning o’rtacha (matematik) natijalari. Sifat analizida – kimyoviy re-aksiya natijasida moddaning tashqi ko’rinishi yoki agregat holatining o’zgarishi Analiz aniqligi – barcha (ham sistematik, ham tasodifiy) xatoliklarning nolga yaqinligini ifodalovchi sifat xarakteristikasi Analiz metodi – modda analizining asosini tashkil etgan prinsiplarning qisqa tavsifi Analiz metodikasi – analizning aniqligini va to’g’riligini ta’minlaydigan bar-cha sharoitlar va jarayonlarning batafsil bayonnomasi Analiz metodining sezgirlik koeffitsiyenti – darajalangan xarakteristikaning birinchi hosilaviy qiymati Analiz natijalarining to’g’riligi – sistematik xatoning nolga yaqinligini ifoda-lovchi analiz sifati Analiz natijasi – parallel aniqlashlar natijalarining o’rtacha qiymati Aniqlanadigan modda bo’yicha titr (g/sm3, g/ml) – 1 sm3 (1 ml) eritmadagi titrantning massasiga ekvivalent bo’lgan aniqlanadigan modda massasi Argentometriya – titrant sifatida kumush nitrat eritmasi qo’llanilishiga asos-langan miqdoriy analizning titrimetrik metodi Atom massa (nisbiy) – modda atom massasining uglerod-12 atom massasi 1/12 qismiga nisbati Atsidimetriya – titrant sifatida kuchli kislotalarning standart eritmalari qo’l-lanilishiga asoslangan miqdoriy analizning titrimetrik metodlari Birgalikda cho’ktirish – asosiy moddaning (komponentning) begona modda-lar (qo’shimchalar) bilan birga cho’kishi Bromatometriya – BrO3– + Br– aralashmasi qo’llanilishiga asoslangan miq-doriy analizning titrimetrik metodi Bufer eritmalar – pH ning muayyan qiymati, oksidlanish-qaytarilish poten-siali, metall ionlarining konsentratsiyasi va muhitning boshqa xarakteristikalarini doimiy saqlab turadigan eritmalar. pH-buferlar – kislota-asos jufti HA va A– yoki MH+ va M+ komponentlarini saqlagan aralashma; pM-buferlar – ML va Mn+ ara-lashmasi Bufer sig’imi – eritma pH ini bir birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shiladi-gan kuchli asos yoki kuchli kislota miqdori Bo’lib-bo’lib cho’ktirish – moddalar aralashmasini ajratish usuli bo’lib, izla-nadigan ionlarni spetsifik reaksiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alo-hida ulushlaridan bevosita cho’ktirish Download 36.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling