Kimyoviy sifat taxlilining asosiy tushunchalari


Download 36.48 Kb.
bet1/8
Sana10.02.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1187544
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6425 KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI


KIMYOVIY SIFAT TAXLILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Analitik reaksiya – elementning borligiga dalolat beruvchi, tashqi analitik samara bilan boradigan reaksiyalar.
Reagent – aralashmadagi ion (modda)ni ochib beruvchi reaktiv
Maxsus reaksiyalar – tashqi samarasi (belgisi) murakkab aralashmadagi faqat bir ion (momolekula)ga xos bo‘lgan analitik reaksiya
Selektiv reaksiyalar – tashqi belgisi ayrim ionlargagina xos bo‘lgan analitik reaksiyalar
Gurux reaksiyalari – tashqi belgisi bir gurux ionlari uchun xos bo‘lgan analitik reaksiyalar bo‘lib, tegishli reagent gurux reagenti deb ataladi.
Analitik reaksiyalarning sezgirligi – aniqlanuvchi ionning ochilishi mumkin bo‘lgan minimal miqdori, to‘rtta o‘zaro bog‘langan o‘lchamlar bilan tavsiflanadi.
Ochish minimumi – m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo‘lgan modda (ionning) minimal massasi (mikrogrammlarda ifodalanadi 1 mkg = 10 –6g)
Minimal hajm – ion (modda)ning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo‘lgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (Vmin)
Chegaraviy konsentratsiya (Vlim) – ayni reaksiya vositasida ochilishi mumkin bo‘lgan ionni g/sm3 birlikda ifodalangan minimal konsentratsiyasi
Suyultirish chegarasi (W) – tarkibida 1g aniqlanuvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (sm3/g birlikda ifodalanadi).
Sezgirlikni to‘rttala o‘lchami quyidagicha uzviy bog‘langan:
m=Сlim х Vmin х 106= Vmin х 106/Vlim
Kationlarning kislota-asos tasnifi



Gurux

Kationlar

Gurux reagenti

Gurux nomi

Cho‘kma xossalari

I

Na+ K+ NH4+

Yo‘q

-

-

II

Ag+ Hg22+ Pb2+

2н HCl

Xloridlar

Xloridlari suvda erimaydi

III

Ca2+ Sr+2 Ba+2 Pb2+

2н H2 SO4

Sulfatlar

Sulfatlari suvda erimaydi

IV

Al+3 Zn+2 Cr+3

2н NaOH+ H2O2

Amfolitlar

Gidroksidlari suvda erimaydi, lekin ishqorning mo‘l miqdorida eriydi

V

Mg+2 Mn+2 Fe+2 Fe+3 Bi+3

NaOH yoki NH4OH

Gidroksidlar

Gidroksidlari suvda va ishqorning mo‘l miqdorida xam erimaydi

VI

Co+2 N1+2 Cu+2 Cd+2 Hg2+

Konsentr ammiak

Ammiakatlar

Gidroksidlari konsentrlangan ammiakda eriydi


Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling