Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari
Download 211.46 Kb.
|
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu qurilmalar silindrik
qobiqdan va unda zich joylashtirilgan trubalar o‘ramidan iborat. SHuning uchun, konstruksiyalari har xil bo‘lishiga qaramasdan, bunday issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish, ularning og‘irligi, o‘lchami va fazoda joylashishiga bog‘liqdir. Hozirda ishlab chiqarilayotgan qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarining og‘irligi va o‘lchamlari, ularni montaj maydonchasiga tayyorlovchi – zavod tomonidan yig‘ilgan ko‘rinishda transportirovka qilish imkonini beradi. Transportirovka qilish uchun temir yo‘l platformalari, treylerlar, avtomashinalar va boshqalardan foydalaniladi. Issiqlik almashinish qurilmalari loyihaga turli belgilarda gorizontal yoki vertikal holatda o‘rnatiladi. Ular uchun tayanch konstruksiyalari bo‘lib: beton yoki temir-beton anker boltli ustunlar (past gorizontal holatda) va baland metall konstruksiyalar to‘sinlari (vertikal joylashganda va yuqori balandliklarda gorizontal joylashganda) xizmat qiladi. Qurilma qobig‘iga oraliq masofalari normalga to‘g‘ri keladigan ikkita tayanchlar payvand qilinadi (2.2 a-rasm). Issiqlik almashinish qurilmasini mavjud bo‘lgan poydevorga o‘rnatish uchun tayanchlar orasidagi masofani kichik chegaralarda o‘zgartirish mumkin. Qurilmaning qobig‘i va tayanchlari orasida po‘lat listlardan yasalgan qistirmalar joylashtirilishi kerak. Ular qobiqdagi shikastlanishni oldini oladi. Vertikal joylashgan issiqlik almashinish qurilmalari qobig‘iga tayanchlar o‘rniga mustahkamlik qovurg‘alariga ega bo‘lgan panjalar payvandlanadi (2.2 b-rasm). 2.2 –rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish usullari a- 2 ta kran yordamida; b – quvur o‘tkazgich yordamida; v – isitkich bloklarini kran yordamida; g - vertikal isitkichlarni monobalka yordamida; I – gorizontal issiqlik almashinish qurilmalar tayanchi; II – vertikal issiqlik almashinish qurilmalarining tayanchlari. Ko‘p hollarda issiqlik almashinish qurilmalarini loyiha nuqtasiga o‘zi yurar kranlar yordamida o‘rnatiladi. Agar, ayrim hollarda kranning yuk ko‘tarish qobiliyati etarli darajada bo‘lmasa, issiqlik almashinish qurilmalari ikkita kran yordamida o‘rnatiladi. rasmda issiqlik almashinish qurilmalarini ko‘tarish va o‘rnatilishi ko‘rsatilgan. Ikkita va undan ortiq yarusda joylashgan issiqlik almashinish qurilmalarini bir necha qurilmalardan iborat yirik bloklarda, o‘zaro trubalar bilan bog‘langan holda, ko‘tarish maqsadga muvofiq. Bir turdagi issiqlik almashinish qurilmalarini ko‘tarish va ularning trubali bog‘lanishlarini unifikatsiyalash uchun ularni tayyorlashda qobiq va taqsimlovchi kamera shtutserlarining loyihadagi o‘lchamlari aniq bajarilishi zarur. Issiqlik almashinish qurilmalari holatini sath yoki shovun bilan tekshiriladi. Issiqlik almashinish qurilmalari gorizontal o‘rnatilganda qobiq va tayanchlar oralig‘idagi temperaturalar deformatsiyasi bir necha millimetrga etishi mumkin. Shuning uchun tayanchlardan biri qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Sirpanuvchi yuzalarni shunday muhofazalash kerakki, bunda qisib qolish holatlari bartaraf qilinishi kerak. Montaj qilinayotgan issiqlik almashinish qurilmalar, tayyorlovchi korxonalarda sinov bosimi ostida tekshirilgan bo‘lishi kerak. SHuning uchun, montaj maydonida ular bitta-bitta bosim bilan tekshirilmaydi. Issiqlik almashinish qurilmasi umumiy texnologik tizim bilan birgalikda, montaj ishlari tugagandan so‘ng tekshiriladi. Korxona sinovlari dalolatnomasi yoki qurilma uzoq vaqt davomida omborda yoki montaj maydonchasida turib qolgan bo‘lsa, montaj oldidan issiqlik almashinuvchi qurilma taftish qilinadi, zarurati bo‘lsa, ta’mirlanadi ham. Nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari, xuddi yangi issiqlik almashinish qurilmasida bo‘lgani kabi, ekspluatatsiyada bo‘lgan issiqlik almashinish qurilmasida ham ularning kostruktiv bajarilishiga bog‘liq. SHuning uchun har bir qurilmani taftish va ta’mirlanishiga alohida to‘xtalamiz. Download 211.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling