Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi


Nuqsonlarni aniqlash va bartaraf qilish


Download 211.46 Kb.
bet22/31
Sana31.10.2023
Hajmi211.46 Kb.
#1735770
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Nuqsonlarni aniqlash va bartaraf qilish. Tagliklar va ulardagi seksiya to‘siqlari
devorlarining 
haqiqiy
qalinligini, teshiklarni parmalash yo‘li bilan o‘lchanadi, 

shuningdek ultratovushli qalinlik o‘lchagichlar yordamida ham o‘lchanadi. Seksiya


to‘siqlarini tagliklarga payvandlash sifati ularga suv solib tekshiriladi. Suvni navbatma-
navbat har bir seksiyaga uzatiladi, buning uchun qopqoqdagi barcha shtutserlar
berkitiladi, qopqoqni esa ochiq tomoni bilan yuqoriga qaratib o‘rnatiladi. Truba 
panjaralaridagi trubalar uchlarini mahkamlanish holatini avval ko‘z bilan kuzatish orqali
tekshiriladi. Truba uchlarini truba panjaralari uyalarida teshik og‘zini yumaloqlash orqali 


mahkamlash keng tarqalgan. Issiqlik almashinish trubalarining alohida xususiyatlari: 


ularning kichik qalinlikda ekanligidir. Shuning uchun trubalar uchlarining
mahkamlanishi alohida e’tibor bilan tekshiriladi. Teshiklarni yumaloqlab mahkamlash 
sifatini, yumaloqlash orqali mahkamlangan yuzalar holati bo‘yicha baholanadi. Yuzalar
bir tekis deformatsiyalangan bo‘lishi, shuningdek yumaloqlab berkitilgan trubalar 
uchlari ichki diametri o‘lchamlari natijalari bo‘yicha bo‘lishi kerak. U truba devori
qalinligi boshlang‘ich diametrdan 15-30% ga ko‘p bo‘lishi kerak. Yangi yumaloqlab 
yopilgan birikmalar sifati, yumaloqlab berkitish darajasi orqali xarakterlanadi. Uni
quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
100

'








D

d

D

d

d

k

н

в

в

bu erda k - razvalsovka darajasi, (%); issiqlik almashinish qurilmalari uchun 


k=0,5-1%;
'

в


d
va d

v
- razvalsovkagacha va razvalsovkadan keyingi truba diametri, mm; 


D - teshikli panjaradagi truba razvalsovkasi uyasining diametri, mm; d
n
- truba uchining 

razvalsovkagacha bo‘lgan diametri, mm.


Truba uchlari panjara yuzasidan truba devori qalinligiga teng bo‘lgan uzunlikda 
chiqib turishi kerak va bortovka qilingan bo‘lishi zarur. Truba uchining qo‘ng‘iroqchasi
(bortovka qilingan uchastka) butun, yoriqlarsiz va darzlarsiz bo‘lishi kerak. Truba 
devorining yumaloqlab mahkamlangan yuzasidan yumaloqlab mahkamlanmagan
uchastkalariga o‘tadigan joylariga e’tibor berish zarur: ular silliq, devorlarining uchli 
kesiklarisiz bo‘lishi kerak.
Ko‘p hollarda trubalarning uchlari tezroq emiriladi, shuning uchun, ularning 
qalinliklarini o‘lchash orqali issiqlik almashinish trubalari butkul holati haqida xulosa
qilish mumkin. O‘ta emirilgan trubalar yumaloqlab mahkamlangan birikmalarning 
mustahkamligini ta’minlay olmaydi.
Agar panjaralar va trubalar yaxshi payvandlanadigan metalldan yasalgan bo‘lsa, 
issiqlik almashinish qurilmalarida truba panjaralarida trubalarni payvandlab
mahkamlash ham qo‘llaniladi. Panjara va truba devorlarining qalinliklari juda katta 
farqli bo‘lishi, payvand ishlarini sifatli bajarilishiga qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘rik
vaqtida payvand choki bir tekisliligiga va uning qalinligiga e’tibor berish kerak, chunki 
ekspluatatsiya jarayonida choklar korrozion va erozion emirilishga duch keladi.



Trubalar ichki yuzalarini yuvish vaqtida chiqarib yuborilmagan cho‘kindilar bilan 


ifloslanganlik darajasini ko‘z bilan ajratib va ozod kesimlar diametrlarini o‘lchash yo‘li
bilan ham aniqlanadi. 
Bular cho‘kindilarni mexanik tozalash yo‘li bilan olib tashlanadi. U cho‘kindilarni
truba yuzasidan turli asboblar yordamida yumshatilib va qirqib tozalanadi. Mexanik 
tozalash jarayoni ko‘p mehnat talab qiladi.
2.4-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini mexanik tozalash uchun qurilma 

1-parma; 2-g‘ovak val; 3-taqsimlovchi zolotnik; 4-yuritma; 5-tayanch;


6-koshka; 7-uch oyoq; 8-lebedka; 9-kran osti yo‘li. 
Uchlari payvandlangan trubalarni payvandlash murakkabroq. Buning uchun qo‘l
kuchi yordamida yoki pnevmatik bolg‘acha yordamida chok uziladi, ba’zan panjaradagi 
uyacha mexanik qayta ishlov beriladi. Amalda emirilgan trubalarni yangilariga
almashtirish kam uchraydi; odatda ularni har ikki uchlari tomonidan metall (masalan, 
po‘latdan yasalgan) tiqinlar bilan yopib qo‘yiladi, ular kichkinagina konuslikka (3-5°)
egadir. Tiqinlarni trubadagi maksimal bosimga mustahkam qarshilik qilishlari uchun 
zichlab urib qo‘yiladi. Yopib qo‘yilgan trubalar soni, bitta oqimga to‘g‘ri keladigan,
ularning bog‘lamdagi umumiy soni 10% dan oshmasligi kerak, aks holda gidravlik 
qarshilik sezilarli darajada ortib ketadi va issiqlik almashinishi sezilarli darajada
kamayib ketadi. 


2.5-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalari uchun kesish kallagi 


1-keskich; 2- shpindel; 3- uzatkich.


Umumiy holda anchadan beri ishlayotgan issiqlik almashinish qurilmalar 
trubalarida bir necha nuqsonlarni aniqlash, barcha trubalarning ishdan chiqqanligi
ehtimolini ko‘rsatadi. Bunga sabab ularning hammasi ham bir xil sharoitda 
ishlaganliklaridir. SHuning uchun emirilgan trubalarni yopib qo‘yish orqali issiqlik
almashinish qurilmalarini yaqin kapital yoki o‘rta ta’mirlashgacha ekspluatatsion 
yaroqliligini saqlab turish mumkin. Ta’mirlash vaqtida esa, issiqlik almashinish qurilma
yoki trubalar bog‘lami butkul yangisi bilan almashtiriladi. 
Konstruksion echimlarga qarab, truba uchlarining truba panjalari bilan zich
bo‘lmagan birikishida qo‘shimcha elektr payvandlab yoki qo‘shimcha juvalab qo‘yiladi. 
Payvandlanayotgan uchastkalar metall shyotkalar bilan tozalanadi, aniqlangan yoriq
zubilo bilan uzib tashlanadi. Elektrod diametri, sifati, shuningdek, payvandlash choki 
kattaligi katta ahamiyatga ega. Qo‘shimcha juvalash ham yuqori malaka talab etadi.
Haddan tashqari juvalash ham birikmalarni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin. Bitta yo 
ikkita qo‘shimcha juvalash natija bermayotgan bo‘lsa, trubalarni har ikki tomonidan
truba panjarasi yon yuzalari payvandlab tashlanadi. Bunday hollarda payvandlashdan 
keyin yonma-yon turgan truba uchlarini payvandlash vaqtida qizib ketish ta’sirini
yuqotish maqsidida qo‘shimcha juvalanadi. 
Qobiqning emirilgan uchastkalarini gidravlik bosim bilan tekshirish yordamida
yoki ultratovushli defektoskop yordamida topiladi. Shubhali uchastkalarni, qoldiq 
qalinliklarni oddiy o‘lchov asboblarida (shtangensirkul, chizg‘ich va h.) o‘lchash
maqsadida parmalanadi. Kopusni ta’mirlashda uning tashqi yuzasiga qobiq qaysi po‘lat 
tunikasidan tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha markadagi po‘latdan yasalgan latkalar qoplab
ta’mirlanadi. Yamoqlar ustma-ust qilib payvandlanadi. Qobiqning shikastlangan 


uchastkasini keyinchalik latkani tutash choki bilan payvandlash maqsadida gazkeskich 


bilan kesib bo‘lmaydi: gazkeskich yonma-yon turgan trubani shikastlashi mumkin.
Bundan tashqari latkani tutashtiruvchi payvandga moslash juda mushkul. 
Qoplanayotgan latka o‘lchamlari birinchidan, emirilgan uchastkani butkul qoplashi
kerak, ikkinchidan, payvandlash qobiq uchastkasiga etarli qalinlikda to‘g‘ri kelishi 
kerak. Qobiqni ta’mirlashning yuqorida qayd etilgan usuli yuqori bosimda ishlovchi
qurilmalarni nazorat qilish agentligi talablariga javob bermaydi. 



Download 211.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling