Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi


Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari


Download 211.46 Kb.
bet20/31
Sana31.10.2023
Hajmi211.46 Kb.
#1735770
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari. Qattiq konstruksiyali
issiqlik almashinuvchi qurilmada qo‘zg‘almas truba panjaralari qobiq bilan mahkam 


bog‘langandir. Ularning asosiy kamchiligi temperaturalar kuchlanishlarini qabul qila 


olmasligi va qobiqlarning ichki yuzalari va issiqlik almashinuvchi trubalarning tashqi
yuzalarini iflosliklardan va cho‘kindilardan mexanik tozalash mumkin bo‘lmasligidir. 
Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash yo‘li bilan qayta tiklash bir
muncha chegaralangandir. Aynan shuning uchun ham uzoq muddat xizmat qilishi
tegishli ekspluatatsiya rejimiga qat’iy rioya qilingandagina ta’minlanadi. Masalan,
qurilma pasportida ko‘rsatilgan issiqlik almashinayotgan muhitlararo temperaturalar 
farqini oshirib bo‘lmaydi, chunki bu truba panjarali truba birikmalarining buzilishiga
yoki truba yorilishiga olib kelishi mumkin. Ikki issiqlik almashinayotgan oqimlarning, 
iflosliklardan holi bo‘lgan, korrozion aktiv moddalar va issiqlik almashinish jarayonini
yomonlashtiruvchi hamda qurilmaning gidravlik qarshiligini kuchaytiruvchi muallaq 
zarrachalardan holi bo‘lgan bittasini trubalar orasiga yuboriladi. SHuni nazarda tutish
kerakki, truba tashqi yuzalarining va qurilma qobig‘ining ichki devorini ko‘rikdan 
o‘tkazish imkoni yo‘q, bundan kelib chiqadiki, qurilma holatini ekspluatatsiya
qilinayotgan vaqtda nazorat qilish mumkin bo‘lmay qoladi. Ta’mirlashning zaruriyligi, 
ta’mirlashi va mexanik tozalanishi mumkin bo‘lgan trubalarning ichki yuzalarini
tekshirish orqali aniqlanadi. 
Trubalarni va qobiqni korrozion emirilishini oldini olish, ular ishlayotgan muhit
xossalariga bog‘liq holda, ularni yasash uchun metall tanlash orqali amalga oshiriladi. 
Truba va issiqlik almashinish qurilmalarining qopqoqlarini qobiqlarini
korroziyadan dengiz suvi yordamida katodli muhofazalash tajribasi mavjuddir. Bunday 
muhofazalash korroziya tezligini 5-6 marta kamaytiradi. Katodli muhofazaga tegishli
bo‘lgan elementlarning ma’lum mikdorini muhofazalovchi yuzalar o‘lchamlariga 
bog‘liq holda qurilma qopqog‘ining ichiga osib qo‘yiladi; emirilish o‘lchamiga qarab,
ta’mirlashda elementlarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirish mumkin. 
Vizual
ko‘prik faqatgina qopqoqlar, trubalarning uchlari va ichki kanallari, qobiq va 

qopqoqlardagi shtutserlar uchun taalluqlidir. Qurilmaning qolgan qismlari nuqsonlarini


faqatgina bosim bilan tekshirish vaqtidagina aniqlash mumkin.
Taftish va ta’mirlash vaqtida va tarkibini konkret ekspluatatsion sharoitlardan kelib 

chiqib aniqlanadi. Muddatdan oldin ta’mirlash zarurati issiqlik almashinishning keskin


yomonlashuvi bilan (texnologik kartaga mos), shuningdek, issiqlik almashayotgan 


muhitlar siljishi bilan bog‘liq birinchi holatda, ichki yoki tashqi truba yuzalarining yoki 


unisini ham bunisini ham ifloslanishi ehtimoli bor, ikkinchi holda-bitta yoki bir nechta
trubalarning yorilishi yoki trubalarning truba panjaralari bilan birikkan joylarda 
zichlikning buzilish ehtimoli bor. Trubalar kamchiligi katta bo‘lgani uchun truba
panjaralarining ochiq emirilishi qariyb uchramaydi. Qurilma qobig‘ini va uning 
birikmalari zichligining buzilganligini tomchilar oqayotganligini ko‘rib aniqlash juda
oson. Bunday hollarda qurilmalarni, ular ishlab turgan sistemadan surilma qopqoqlarni 
va ventillarni darhol berkitib qo‘yish orqali uzib qo‘yish zarur. Qattiq konstrutsiyalash
issiqlik almashinish qurilmalarini taftishi va ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladigan 
operatsiyalar ketma-ketligi qariyb bir xildir.



Download 211.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling