Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi


«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalar


Download 211.46 Kb.
bet24/31
Sana31.10.2023
Hajmi211.46 Kb.
#1735770
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalar. «Truba ichida truba»
tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish usullari ularning konstruktiv 
bezatilishi va komponovka sxemasiga bog‘liqdir. Issiqlik almashinish qurilmalari bir
oqimli va ko‘p oqimliga bo‘linadi. O‘z navbatida bir oqimli issiqlik almashinish 
qurilmalar qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari va temperatura
deformatsiyalarini kompensatsiyalovchi issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘linadi.
Bir oqimli issiqlik almashinish qurilmalarini alohida bloklarda maxsus 

metallokonstruksiyalarida montaj qilinadi. Ular poydevorga mahkamlangan bo‘ladi.


Tashishga qulay metallokonstruksiyali bloklarni yig‘ish tayyorlovchi zavodda amalga 
oshiriladi. Montaj maydonchalarida ularni maksimal yiriklashtiriladi.
Payvand va flanes birikmalarida nozichlik mavjudligini, shuningdek, trubalar 
nuqsonlari alohida issiqlik almashinish qurilmalari ichki va tashqi trubalarini bosim bilan
tekshirish orqali aniqlanadi. Issiqlik almashinish qurilmasining ichki zmeevikida 
suyuqlik tomchilarini sizilganda, temperatura deformatsiyalari konpensatsiyasiga
bog‘liq bo‘lmagan holda kalach qopqoqni ajratib olinadi. Bu qopqoqqa ikkita ichki 
trubalarni biriktiruvchi qo‘shaloq juft joylashgan. Ko‘pincha suyuqlik o‘tib ketishi,
aynan shu birikmalarda aniqlanadi, bu birikmalar rezbalarda ham, xuddi flanesdagi kabi 
bajariladi.
«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarining ichki va tashqi 
trubalari oson yuviladi. Qurilmalarni qismlarga ajratilgan konstruksiyalarida mexanik
tozalash ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ichki trubalarni mexanik tozalashni 
osonlashtirish uchun ko‘pincha, ularni qo‘shaloq juftlar bilan payvandlab emas,
flaneslarda biriktiriladi. 
Bir oqimga nisbatan katta ixchamligi bilan ajralib turadigan, ko‘p oqimli issiqlik
almashinish qurilmalari, tayyorlovchi zavoddan butkul yig‘ilgan holatda yo o‘rnatish 
ramalari bilan birga, yoki bir necha seksiyalar bo‘yicha kompanovka qilinib keltiriladi
(qurilgan issiqlik almashinish qurilma). 
Ko‘p oqimli issiqlik almashinish qurilmalari nuqsonlarini bosim bilan tekshirish
orqali aniqlash oson. Avval trubalar ichki bo‘shliqlarini bosim bilan tekshiriladi. Agar 


bunda bosim bilan tekshiruvchi suyuqlik trubalararo bo‘shliqda paydo bo‘lsa, qopqoq 


ochiladi va ichki trubalarning birikmalarining uchlari yalang‘ochlanadi. Trubalar
uchlarining panjaraga birikishida, shuningdek, qo‘shaloq juft tutashuvi uchastkalarida 
ham uzatishlar bo‘lishi mumkin. Ichki trubalarni qismlarga ajratishda va yig‘ishda truba
panjarasidagi konussimon uyalar yuzalarining holati va trubalar uchliklaridagi sferalar 
alohida e’tibor bilan kuzatilishi zarur. Ularni mexanik zarbalardan va korroziyadan
himoyalash kerak. Ko‘pincha, truba va truba uchligi orasidagi tutashuvda payvand 
choklari emiriladi. Tashqi truba birikmalaridagi nuqson odatda ekspluatatsiya vaqtida
yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni aniqlash uchun ta’mirlash va montaj vaqtida 
yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni aniqlash uchun ta’mirlash va montaj vaqtida
trubalararo bo‘shliqni bosim bilan tekshirishga yuboriladi. Nozik teshik og‘zini 
yumaloqlash bilan bajarilgan birikmalarni qo‘shimcha teshik og‘izlari yumaloqlanadi
yoki payvandlanadi. 



Download 211.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling