Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi


Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalari


Download 211.46 Kb.
bet27/31
Sana31.10.2023
Hajmi211.46 Kb.
#1735770
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalari. Yuvilib turuvchi issiqlik
almashinish qurilmalarini ko‘llashni asosan, ularni trubalarining tashqi yuzalarini havo 
kislorodi ta’sirida intensiv korroziyalanishi uchungina chegaralab qo‘yilgandir. Ayniqsa,
po‘lat trubalar tez ishdan chiqadi. 
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash va montaj qilish
nisbatan sodda. Montaj maydonida yig‘ilgan zmeeviklarni kran yordamida fundament 
yoki postamentga o‘rnatiladi. Zmeeviklarning umumiy balandligi juda katta bo‘lganda,
ularning barqarorligi, poydevorga panjalari bilan mahkamlangan metall karkaslari 
(ustunlari) orqali amalga oshiriladi. Zmeeviklar ustiga truba yuzasi bo‘ylab, suvni
taqsimlash uchun tarnovlar montaj qilinadi. Tarnovlarning gorizontalligi satx bo‘yicha 
va ularga sinash uchun suv quyish yo‘li bilan tekshiriladi.
Agar bu qurilmalarni basseyn va gradirnya yig‘ma kompleksida montaj qilinsa, 
ularning montaj qilish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: basseyn – sovutkich -
gradirnya. 
Trubalarni almashtirishdagi qiyinchilik shundaki, korroziyaga uchragan boltlar
ajratib olinmaydi; ularni zubilo va tokqaychilar bilan yorib olinadi. 
Kuchli agressiv muhitni sovitish uchun ATM-1 markali antegmit (issiqlik
o‘tkazuvchi material bo‘lib, grafit va fenolformaldegid smolasidan iborat) dan yasalgan 
trubali sovutkichlari qo‘llaniladi. Antegmitdan tayyorlangan detallarni arzamit surtma
moyi bilan birlashtirilib, keyin kiritiladi. Sovutkich ostiga suvni yig‘ish uchun poddon 
o‘rnatiladi. Muzlatgichning yon tomonlarini, truba ostidan suvni shamol olib ketishini
oldini olish maqsadida, yassi shitlar bilan yopiladi. 


Havo bilan sovitiladigan kondensator - sovutkichlar. Bu turdagi sovutkichlar
keng tarqalmokda. Ularni montaj kilish va ta’mirlash nisbatan sodda va ortiqcha sarf 
talab qilmaydi.



Qurilmalar tayyorlovchi zavod tomonidan kontrol yig‘ishdan so‘ng, qismlarga ajratilgan 


holda yuboriladi. Shuning uchun montaj vaqtida, qoidasi bo‘yicha moslash shart emas.
Tayyor poydevorga avval kran yordamida elektrodvigatelni burchak reduktori 
o‘rnatiladi. Bunda elektrodvigatel reduktori va rotorli vallarning markazlashuvi aniq
bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi. Reduktorning chiqish o‘qi qat’iy vertikalligini 
poydevor va mahkamlashning barcha boltlarini oxirigacha tortib bog‘lamdan so‘ng
tekshiriladi. Valga ventilyator g‘ildiragi o‘rnatilib, mahkamlanadi. So‘ngra 
metallokonstruksiyalar montaj qilinadi, poydevorga boltlari bilan mahkamlanadigan
ustun panjaralari montaj qilinadi. Metallokonstruksiyalarning yuqorigi tayanch 
to‘sinlarini gorizontalligi tekshiriladi, ularga qurilmalarning seksiyalari taxlangan
bo‘ladi.Seksiyaning qiya joylashgan holatida, bundan tashqari yuqorigi va quyi 
to‘sinlarning eng yuqori belgilari o‘rnatiladi.
Bir necha qismlardan iborat bo‘lgan ventilyator qobig‘ini, ko‘tarilgunga qadar 
erda yig‘iladi, so‘ngra metallokonstruksiyalarga panjalari bilan o‘rnatiladi va unga
boltlar bilan qattiq mahkamlanadi.Yig‘ishning oxirgi etaplari - qurilmaning truba 
seksiyalarini o‘rnatish, ularni trubalar bilan bog‘lash, yuqorigi nuqsonlarni o‘rnatish,
havoni namlagichlar va boshqa detallar o‘rnatiladi. 
Montaj tugagandan so‘ng, trubali seksiyalarni, ularni bog‘lovchi truba quvurlari
bosim ostidagi suv bilan tekshiriladi, ventilyator esa, turli aylanish tezliklarida va 
parraklarning burchaklari turlicha bo‘lganda sinaladi.
Havo bilan sovitiladigan kondensatorlar quyidagi hollarda ta’mirlanadi: truba 
seksiyalari ishdan chiqqanda, (bu muhitning seksiyadan chiqib ketishi bilan aniqlanadi);
yuritmaning ventilyator g‘ildiragi reduktorning nosozligi; to‘qilgan muhofazalovchi 
setkaning yirtilishi.
Qovurg‘alangan trubalarning nuqsonli seksiyalari sozlanganlariga almashtiriladi 
yoki vaqtincha planli ta’mirlashga to‘xtatilgunga qadar, kollektorlardan yopib (uzib)
qo‘yiladi. Zaxira seksiyalari bo‘lmagan hollarda olib kuyilgan seksiyadagi emirilgan 
trubalar har ikki tomondan konussimon metall tiqinlar bilan yopib qo‘yiladi, so‘ngra
seksiyani yarim marotaba ishchi bosimda bosim bilan tekshiriladi. 
Ishdan chiqqan muhofazalovchi setkani havo oqimi parraklarda va seksiya
qovurg‘alangan trubalar yuzalarida tasodifan bo‘lishi mumkin bo‘lgan qattiq zarrachalar 


bilan zararlanmasligi uchun ta’mirlanadi. SHuningdek, xizmatchi 


xodimlarning
xavfsizligini ta’minlaydi. 

Ichki yuzalar tez-tez tozalanadi, zarurat tug‘ilganda ular suv bilan yuviladi yoki


kimyoviy tozalashga yuboriladi. Mexanik tozalash ham bundan mustasno emas. Tashqi 
yuzalarni chiqindilardan kuchli siqilgan havo oqimi bilan yoki mayda qumdan iborat suv
oqimi yordamida tozalanadi. 




Download 211.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling