Kimyoviy texnologiya
Download 0.7 Mb.
|
ТМПКТ УМК. 8-семестр 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Куб бўёвчи моддалар билан гул босиш усулини кўрсатинг
- Vaziyatli topshiriq №1
- Vaziyatli topshiriq №2
- Vaziyatli topshiriq №3
- Vaziyatli topshiriq №4
- Vaziyatli topshiriq №5
ILOVALAR TEST SAVOLLARI
KEYSLAR KEYS №1 Korxonaga xom trikotajni bo‘yash uchun olib kelishdi. Buyurtmachi trikotajni yozgi mavsumga mo‘ljallangan assortimentlarini Panton bo‘yicha 16-1429 TPX SUNBUM rangga va kuzgi ustki kiyimlar uchun mo‘ljallangan assortimentlarini korxonani o‘z salohiyatlariga asosan bo‘yab berishlarini so‘radi. Shartnomalar bo‘limi boshlig‘i korxona rahbariga vaziyatni bildirdi. Korxona rahbari marketing bo‘limiga, kimyoviy laboratoriya mudiriga, korxona texnologiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: Kuzgi ustki kiyimlar uchun ayni vaqtda urf bo‘lgan ranglar kolleksiyasini ajratish. Keltirilgan barcha assortimentdagi trikotaj polotnolarining tolaviy tarkibini aniqlash. Panton bo‘yicha 16-1429 TPX SUNBUM rangni laboratoriya kolleksiyasidan topish, uni trikotajni tolaviy tarkibi bo‘yicha korrektirovka qilish, talab qilinsa bu ranglarni yangitdan hosil qilish. Kuzgi ustki kiyimlar uchun ayni vaqtda urf bo‘lgan ranglar kolleksiyasiga mos keluvchi ranglar namunalarini buyurtmachi bilan kelishish. Laboratoriyada ishlab chiqilgan sharoitlarni korxona sharoitiga moslashtirish. KEYS №2 Korxonada buyurtmachi bo‘yash uchun olib kelgan assortimentlarini bir qismi bo‘yash qozonida tolalarga ajralib ketganligi, ikkinchi qismini esa talab qilingan va aynan talab bo‘yicha laboratoriya sharoitida hosil qilingan rangga mos kelmasligi ma’lum qilindi. Korxona rahbari zudlik bilan tegishli bo‘lim boshliqlarini chaqirib munozara o‘tkazdi. Munozara yakunlari bo‘yicha ularning oldilariga quyidagi vazifalarni hal etishlarini topshirdi: Kimyoviy laboratoriya mudiriga laboratoriya ishlarini tahlil qilish va tegishli choralar qabul qilish. Texnologga vujudga kelgan muammo yuzasidan yozma tushuntirish berish. Keltirilgan assortimentlarning tolaviy tarkibini aniqlash va ularni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan xujjatlarga mosligini aniqlash. Nima sababdan ikkinchi guruh assortimentlarida tegishli ranglarni hosil bo‘lmaganlik sababini korxonaga keltirilgan yangi bo‘yovchi moddalar tahlili asosida o‘rganish. Ikkinchi guruh assortimentlarida buyurtmachi talabiga to‘g‘ri keluvchi ranglarni qaytadan hosil qilish. KEYS №3 Korxona rahbari hukumat tomonidan yengil sanoat oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun bo‘lim boshliqlariga ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqqan holda bir hafta muddat ichida takliflar berilishini so‘radi. Bir haftadan so‘ng har bir bo‘lim boshlig‘ining takliflari asosida korxonada maxsus xossali matolar ishlab chiqarish vazifasi belgilab olindi, xususan: Respublikada maxsus xossali mato turlariga bo‘lgan talabni o‘rganish. Matoga oleofoblik, gidrofoblik, antistatik va olovbardosh xossalar berish bo‘yicha kimyoviy moddalarga bo‘lgan talabni aniqlash. Matoga tegishli xossalar berish uchun unumdorligi va imkoniyati yuqori bo‘lgan jihozlar sotib olish. Korxonada ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan maxsus xossalar berilgan mato iste’molchilarini aniqlash va ular bilan shartnomalar tuzish. Vaziyatli topshiriq №1Mato bo‘yashdan oldin tarkibidagi yog‘simon – mumsimon moddalardan tozalanish maqsadida qaynatish jarayonidan o‘tkaziladi. Och ranglarga bo‘yaladigan mato assortimentlari oqartirish jarayonidan o‘tkaziladi. Oqartirishdan maqsad matoni tabiiy pigmentlardan tozalanishdan iboratdir. Mato sinfiga mos ravishda oqartirish va qaynatish jarayonlarining eritma tarkibi va jarayonni olib borish sharoiti tanlanadi. Savollar: Paxta tolali matolar uchun qaynatish vanna tarkibini aytib bering. Nima sababdan oqsil tolali matolarni pardozlashga tayyorlash kuchsiz ishqor muhitda olib boriladi? Tolali material tarkibidagi tabiiy pigmentlar qaysi jarayonda parchalanadi? Paxta tolali matolarni oqartirish uchun qaysi reagent qo‘llaniladi? Paxta tolali matolarni oqartirish va qaynatish eritmasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy moddalarning vazifasini aytib bering. Qaynatish va oqartirish jarayonlaridan o‘tgan matoning qaysi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi? Vaziyatli topshiriq №2Korxonaga kimyoviy tolalar asosidagi mato assortimentlari keltirildi. Ularni to‘q ranglarga bo‘yash talab qilingan. Kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik sinflarga bo‘linib, ularni bo‘yash uchun turli sinf bo‘yovchi moddalari qo‘llaniladi. Kimyoviy tola sinfiga mos ravishda ularni bo‘yash texnika va texnologiyasi tanlab olinadi. Bo‘yalgan matolarning rangi turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. Savollar: Kimyoviy tolalarning sinflanishini aytib bering. Kimyoviy matolarni bo‘yashdan oldin qanday jarayonlar olib boriladi? Poliefir tolalari qaysi sinf bo‘yovchi moddalari bilan qanday sharoitda bo‘yaladi? To‘q rangga bo‘yash talab etilgan matolarni bo‘yashga tayyorlash jarayoni bilan och ranglarga bo‘yaladigan matolarni bo‘yashga tayyorlash jarayonlari orasida qanday farq bor? ATS va TATS tolalari qaysi sinf bo‘yovchi moddalari bilan qanday sharoitda bo‘yaladi? Nima sababdan sintetik tolalar termostabillash jarayonidan o‘tkaziladi? To‘q rangga bo‘yalgan kimyoviy tolali matolarning qaysi sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi? Vaziyatli topshiriq №3Paxta tolali to‘qimachilik materiallarini merserlash jarayoni iste’molchi talabi bo‘yicha amalga oshiriladi. Merserlashdan o‘tgan material yaltiroq tusga ega bo‘ladi, uning gidrofilligi va mustahkamligi ortadi. Merserlash jarayoni tarang tortilgan holda ishqorning yuqori konsentratsiyali eritmalarida olib boriladi. Savollar: Merserlash jarayonini birinchi bo‘lib kim kashf etgan? Nima uchun sellyulozali mateiallarga o‘yuvchi ishqorning kuchli eritmalari bilan ishlov berish jarayoni “Merserlash” deb ataladi? Meserlash jarayonida qanday konsentratsiyadagi qaysi ishqor ishlatiladi? Nima sababdan merserlangan mato yaltiroq tusga ega bo‘lib qoladi? Meserlangan matoni bir vaqtda ham gidrofilligi ham mustahkamligini ortishini qanday izohlash mumkin? Nima uchun mato tortilgan holda merserlanadi? Merserlash uchun qaysi jihozlar qo‘llaniladi, ularning ish prinsipini tushuntirib bering. Vaziyatli topshiriq №4Ip gazlamalar aktiv va bevosita bo‘yovchi moddalar bilan uzlukli va uzluksiz usullarda bo‘yaladi. Aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yashning bir va ikki vannali usullari ma’lum. Aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayoni uch xil haroratda olib boriladi. Aktiv bo‘yovchi moddalarning kamchiliklaridan biri uni ishqoriy muhitda gidrolizlanishidir. Aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yalgan materiallar abatta SAM eritmasida yuviladi. Bvosita bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yashda bo‘yovchi moddadan to‘liq foydalanish maqsadida elektrolit 2-3 bosqichda bo‘yash vannasiga solinadi. Bevosita bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yalgan materiallar oxirigi yuvish bosqichida tarkibida rang mustahkamlovchilar bo‘lgan eritmadan o‘tkazladi. Savollar: Aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yashning bir va ikki vannali usullarining o‘zaro farqini tushuntirib bering. Nima sababdan bir sinfga mansub bo‘lgan aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayoni uch xil haroratda olib boriladi? “Aktiv bo‘yovchi moddalarning gidrolizlanishi” deganda nimani tushunasiz, uni oldini olish mumkinmi? Nima sababdan aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yalgan materiallar SAM eritmasida yuviladi?, arayon sharoitini aytib bering. Bevosita bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yashda elektrolitning vazifasini aytib bering. Bevosita bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yashda bo‘yovchi moddadan to‘liq foydalanish maqsadida elektrolit 2-3 bosqichda bo‘yash vannasiga solinishini izohlab bering. Rang mustaxkamlovchilarning turlari va ularning rang mustaxkamlash mexanizmlarini tushuntirib bering. Vaziyatli topshiriq №5Pigmentlar bilan gul bosishning afzalliklaridan biri - gul bosish jarayonidan keyin yuvish jarayonini bo‘lmasligidir. Pigmentlar hech bir to‘qimachilik materialiga moyillik namoyon etmaydi. Pigmentlar bilan gul bosilgan matoga yuqori haroratda ishlov berilganda, bo‘yovchi modda yuzasida plyonka hosil bo‘ladi, natijada bo’yovchi modda mato yuzasida mustaxkam gullar hosil qiladi. Pigmentlar bilan odatda oq ostli va yarim gruntli gullar bosiladi. Gul bosish bo‘yog‘i pigmentdan tashqari plyonka hosil qiluvchilar, quyuqlashtiruvchi, katalizator va bog‘lovchi moddalardan tashkil topadi. Savollar: Nima sababdan pigmentlar bilan gul bosilgan mato yuvilmaydi? Pigmentlar hech bir to‘qimachilik materialiga moyillik namoyon etmasa, qanday qilib mato yuzasida mustaxkam gullar hosil bo‘lishini tushuntirib bering. Pigmentlar bilan gul bosilgan matoga termoishlov berish jarayonida qanday reaksiyalar ketadi? Nima sababdan pigmentlar bilan gruntli gul bosilmaydi? Gul bosish bo‘yog‘i tarkibiga kiruvchi kimyoviy moddalarning vazifasini aytib bering. JORIY, ORALIQ VA YAKUNIY NAZORATLAR UCHUN SAVOLLAR Gul bosish jarayoni deganda nimani tushunasiz? Quyultma nima? Quyultmani tayyorlash usullari Gul bosish bo’yog’ini tayyorlash usullari Gul bosish turlari va usullari Gul bosish usullari, ularning afzallik va kamchiliklari; Gul bosish jarayonida qo’llaniladigan asosiy va yordamchi jixozlar; Tabiiy ipakli matolarga gul bosish. Trikotaj polotnosiga gul bosish; Bug’latish (yetiltirish) jarayonining mohiyati. Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosish usullari, afzalliklari va kamchiliklari; Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosishda qo’llaniladigan kimyoviy yordamchi moddalarning vazifasi. Dispers bo’yovchi modda bilan gul bosish bo’yog’ining tarkibi; Dispers bo’yovchi modda bilan termo usulda gul bosishning mohiyati; Suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar bilan gul bosish; Azo- va diazo tashkil etuvchilar; Azo bo’yovchi moddalar bilan gul bosish usullari va texnologiyasi. Azoid bo’yovchi moddalar bilan gul bosish Pologenlar bilan gul bosish Tezoblanish nima? Bevosita bo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish Aktiv bo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish Kub bo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish Suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish Zaxirali gul bosish usullari Bevosita bo’yovchi moddalar bilan zaxirali usulda gul bosish Aktiv bo’yovchi moddalar bilan va zaxirali usulda gul bosish Kub bo’yovchi moddalar bilan va zaxirali usulda gul bosish. Suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchi moddalar bilan va zaxirali usulda gul bosish Yakunlovchi pardozlashning vazifasi nima va qanday gazlamalar bu pardozdan o’tkazilishi mumkin? Mexanik yakunlovchi pardoz berish jarayonlariga qisqa-qisqa xarakteristika bering. Kimyoviy yakunlovchi pardozning mexanik yakunlovchi pardozdan asosiy farqi nimada? Kimyoviy yakunlovchi pardoz turlarini qisqacha xarakterlang. Gazlamalarga g’ijimlanishga va kirishishga qarshi yakunlovchi pardoz berish texnologiyasi qanday? G’ijimlanishga qarshi pardoz berish va bu gazlamadan mahsulot tikish jarayonlari o’rtasida qanday ziddiyatlar mavjud va bu muammoni yechish yo’llari qanday? Turg’un shakl beruvchi pardoz berish texnologiyasi qanday? PUXO (КҚКП), MARS (РСКЮ) ва MAPS (ПККЮ) pardoz turlari. Bu pardoz turlarining texnologiyasi va foydalaniladigan jixozlar. Ip gazlamalarga yakuniy pardoz berish turlari va bu jarayonlarning mohiyati. Oqsil tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish Kimyoviy tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish Gazlamalarga beriladigan gidrofob pardoz necha xil bo’ladi, ularning farqi qanday? Gidrofob pardoz maqsadida qanday preparatlardan foydalanish mumkin? Oleofob pardoz nima va u qanday beriladi? Kremniy organik birikmalarning tola bilan birikish sxemasi qanday? Qanday tolalar mikroorganizmlar ta’siriga chidamsiz? Gazlamalarning mikroorganizmlardan himoyalashning aktiv va passiv usullari qanday? Gazlamani alangalanmaydigan holga keltiruvchi pardoz qanday beriladi? Gazlamani yong’inga chidamliligini butunlay oshiradigan pardoz qanday beriladi? Birinchi va ikkinchi tur antipirenlariga qaysi moddalarni misol qilib keltirish mumkin? Antipiren va sellyuloza tolasi orasidagi ta’sir sxemasi qanday? Gazlamalardagi statik elektrlanish nima? Antistatik pardoz beruvchi preparatlarning ta’sir mexanizmi qanday? ASOSIY VA QO’SHIMCHA O’QUV ADABIYOTLAR HAMDA AXBOROT MANBALARI Rahbariy adabiyotlar: Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. “O’zbekiston”, 2017 yil, 488 bet. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. “O’zbekiston”, 2016 yil, 56 bet. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. “O’zbekiston”, 2017 yil, 48 bet. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent. “O’zbekiston”, 2017 yil, 104 bet. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli farmoni. Asosiy adabiyotlar: Abdukarimova M., Xamrayev A.L., Miratayev A.A. Tolali materiallarni pardozlash kimyoviy texnologiyasi. T.: Mehnat.2004. 322 b. Darslik. Xamrayev A.L. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish texnologiyasi. T.:, O’zbekiston, 1997. 180 b. Darslik. Xamrayev A.L. Sintetik tolalar ishlab chiqarish texnologiyasi. T:, O’zbekiston. 2000. 134 b. Darslik. Мельников Б.И. Отделка х/б тканейб справочник. Ч.1. М.: Легпромбитиздат, 1991. 432 с. Qo’shimcha adabiyotlar: M.Primqulov, G’.Rahmonberdiyev, G.Akmalova. Sellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish asbob-uskunalari. O’quv qo’llanma. T.: “Fan va texnologiya”, 2009. – 160b. 2. Технология целлюлозно-бумажного производства. Справочные мате-риалы. Санкт-Петербург. Изд-во СПбЛТА. 2002г.Том 1. часть первая.420 с. 3. Технология целлюлозно-бумажного производства. Справочные материалы. Санкт-Петербург. . Изд-во СПбЛТА. 2004 г.Том 1.часть третья. 316 с. 4. Технология целлюлозно-бумажного производства. Справочные мате-риалы. Санкт-Петербург. . Изд-во СПбЛТА. 2003г.Том 1.часть вторая. 632 с. 5. Целлюлоза. Бумага. Под. ред. дипл. инж. А. Опхердена: Пер. с нем./ Опхерден А., Энглерт Л., Швенсон Х. и др.-М.: Лесная пром-сть,1980. 472 с. 6. Технология целлюлозно-бумажного производства. Справочные мате-риалы. Санкт-Петербург. . Изд-во СПбЛТА. 2005г.Том 2.часть первая. 423 с. 13. С.Н. Иванов Технология бумаги. – М.: Школа бумаги, 2006. – 696 с. 14. John D. Peel. Paper Science and Paper Manufacture. – Angus Wilde Publications Inc. 4543 West 11th Avenue, Vancouver, B.C. V6R 2M5, 2002. 377 pages. 15. WWW. paper.ru 16. WWW.bumaga.ru 17. WWW.central-paper.ru Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling