Kimyoviy texnologiya


Download 0.7 Mb.
bet4/7
Sana24.07.2020
Hajmi0.7 Mb.
#124713
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ТМПКТ УМК. 8-семестр 2018


Nazorat savollari:

  1. Yakunlovchi pardozlashning vazifasi nima va qanday gazlamalar bu pardozdan o’tkazilishi mumkin?

  2. Mexanik yakunlovchi pardoz berish jarayonlariga qisqa-qisqa xarakteristika bering.

  3. Kimyoviy yakunlovchi pardozning mexanik yakunlovchi pardozdan asosiy farqi nimada?

  4. Kimyoviy yakunlovchi pardoz turlarini qisqacha xarakterlang.


11 – MA’RUZA

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

IP-GAZLAMALARGA YAKUNLOVCHI PARDOZ BERISH

Reja:

  1. Gazlamalarga g’ijimlanishga va kirishishga qarshi yakunlovchi pardoz berish.

  2. Gazlamalarga turg’un shakl beruvchi pardozlash.

Tayanch so’z va iboralar:
Gazlamalarga g’ijimlanishga va kirishishga qarshi yakunlovchi pardoz berish. Gazlamadan g’ijimlanishga qarshiligi bu birinchi navbatda tolaning elastikligiga bog’liq. Bu esa tola strukturasining o’zgarishiga olib keladi. Tarkibi sellyulozadan iborat tolalar g’ijimlanishga olib keladi. Bu esa sellyulozaning murakkab tuzilishidan kelib chiqadi. Tolaning g’ijimlanmasligi uchun ishlatiladigan appretlar tolani kirishmasligidan saqlaydi. Shuning uchun ko’pincha g’ijimlanishga va kirishishga qarshi pardoz bir vaqtda beriladi. Bunday pardoz berish gazlamaning quruq yoki ho’l holatida amalga oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda ko’pincha quruq holatdagi gazlamaga ishlov beriladi.

Bundan tashqari gazlamaning pishiqligi ko’proq saqlanib qoladi. Lekin ko’p holatda gazlama ho’l yoki quruq holda ishlov oladi. Bunday holatlar uchun alohida rejimda alohida preparatlar uchun ishlov beriladi.



Quruq holatda ishlatiladigan gazlamalar uchun g’ijimlanishiga qarshi pardoz. Bunday gazlamaga pardoz berilganda ishlatiladigan appret tarkibidagi moddalar tola molekulalari bir-biriga tikib qo’yganday, ko’prik vazifasini o’taydi. Bunday moddalarga quyidagilar kirishi mumkin:
H2C - CH2

 


N N

OH-CH2 C CH2-OH

O
SEM-siklik etilen mochevina



dimetil etilen mochevina

karbomol SEM

CH2

H2C CH2

 

N N


OH-CH2 CH2-OH

C



O

dimetilpropilen mochevina

Korxonada ishlatiladigan texnik karbomol SEM tarkibida 50% toza modda bo’ladi. Karbomol SEM ni uzoq muddatga saqlash mumkin.

Karbamol SEM bilan ishlov berilganda:

2 Sell-ON + N2S - SN2

 


N N

HO-CH2 CH2-OH

C



O


CH2-CH2

 


 Sell-O- N2S - N N - CH2 - O - Sell + 2N2O

S



O

Bu jarayon kuchsiz kislotali muhitda olib boriladi. Preparat bilan ishlov berishda preparatning miqdoriga ahamiyat berish kerak. Preparatning miqdori max 100 ta sellyuloza molekula orasida 5-6 ta ko’prik hosil qilish uchun yetarlik bo’lsa, bas. Preparat miqdori bundan ko’p oshirilsa, baribir g’ijimlanmaslik effekti oshmaydi, lekin tola mustahkamligi kamaya boshlaydi.

Karbamol SEM yaxshi tomoni shuki - paxta tolasidan qilingan gazlamalarning g’ijimlanishga chidamliligini oshiradi; kamchiligi - gazlama pishiqligini ma’lum miqdorda kamaytiradi. Ba’zi hollarda 40% pishiqligi kamayadi. Shuning uchun bu maqsadda boshqa preparatlar ishlatiladi.

Yakunlovchi pardozlashning bu turi uchun ancha sodda va qulay bo’lgan boshqa moddalardan ham foydalaniladi. Masalan, dimetilolmochevina:

NHCH2OH

C=O



NHCH2OH


Bu modda 40% li pasta holida chiqadi va karbamol deb ataladi. Bu moddaning kamchiligi -uni uzoq muddatga saqlab bo’lmaydi, 2-2,5 oy saqlash mumkin.

Gazlama karbamol bilan shimdirilib, termik ishlov berilgandan so’ng karbamol molekulalari polikondensatlanib, to’rsimon strukturali polimerga aylanadi. U quyidagi sxema bo’yicha ketishi mumkin:


NHCH2OH NHCH2 - O -

 


n C=O  C=O + (n-1) H2O

 


NHCH2OH -CH2-NH n

yoki


- NH - CH2 -

C - + 2(n-1) H2O



- N - CH2 - n

Bu reaksiyalarni smola hosil qilish reaksiyalari desa ham bo’ladi. Bu preparatni g’ijimlanishga qarshi xossasini namoyon qilish uchun gazlama shimdirilgandan so’ng quritilib, albatta termik ishlov berish kerak, taxminan 140-1500C atrofida. Bu moddaning kamchiligi shuki, gazlamaga dag’allik beradi. Uni yo’qotish uchun ishlov beriladigan vannaga turli yumshatuvchi moddalar qo’shiladi (alkamon OS-2, stearoks-6, stearoks-920, SAM).

Yuqorida ko’rsatilgan barcha tarkibida N bo’lgan preparatlar bilan ishlov berilganda albatta katalizator qo’llaniladi. Katalizatorlar kislotali muhitga ega bo’lishi kerak. Eng ko’p ishlatiladigan katalizatorlar- MgCl2, Mg(NO3)2, ZnCl2, Zn(NO3)2.



Gazlamalarga turg’un shakl beruvchi pardozlash. Yuqorida ko’rib chiqilgan g’ijimlanishga va kirishishga qarshi pardozlashda gazlamaga juda yaxshi xossalar beriladi, lekin bu xossalar gazlamadan biror mahsulot tikish paytida ancha halaqit beradi. Bunday gazlamalardan kiyim tikishdan ko’ra oddiy pardozlanmagan gazlamadan kiyim tikish oson bo’lib qoladi. Masalan, gofra, plisirovka, oddiy qirra chiqarish, burma berish kabi jarayonlarni bajarib bo’lmay qoladi.

Tayyor mahsulotni oddiy gazlamadan tikib, so’ngra g’ijimlanishga qarshi pardoz berish ham noqulay.

Shuning uchun bu holatdan chiqish uchun pardozlash jarayoni ikkiga bo’linadi:


  1. Gazlama appret bilan shimdiriladi, quritiladi, lekin termik ishlov berilmaydi (bunda g’ijimlanishga qarshi effekt ham bo’lmaydi).

  2. Shu gazlamadan kerakli mahsulot tikiladi va tayyor mahsulotga termik ishlov beriladi. Bunda g’ijimlanmaslik effekti paydo bo’ladi.

Demak, pardozlash fabrikasida bajariladigan termik ishlov berish jarayoni tikuvchilik fabrikasiga o’tadi.

Bu maqsadda ishlatiladigan preparatlarga qo’yiladigan talablar boshqacha bo’ladi:

-bu moddalar uzoq muddatgacha buzilmasdan saqlanishi mumkin.

-reaksiyaga kirishish holati past bo’lishi kerak.

-sellyuloza bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak.

Bunday maqsadda asosan quyidagi preparatlardan foydalaniladi.



  1. Karbamol-GL

dimetilolmonooksietilenmochevina

OH OH


 

HC CH


 

N N


HOCH2 C CH2OH

O



  1. dimetilolmonooksipropilenmochevina

OH

CH


H2C CH2

 

N N
HOCH2 C CH2OH



O

Bu preparatlarni uzoq saqlasa bo’ladi, bular sellyuloza bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bu pardozning boshqacha nomi «Forniz» deyiladi (отделка формирование несминаемых изделий). Bu preparatlar gazlamaga shimdirilgandan so’ng, 6 oy o’tgandan keyin 10-12% i sellyuloza bilan ta’sirlashgan bo’ladi. Qolgani esa, termik ishlov berilganda ta’sirlashadi. Yuqorida keltirilgan preparatlardan karbamol SEM 6 oy muddatda 50% i sellyuloza bilan ta’sirlashib qoladi. Karbomolning o’zi esa 80% ta’sirlashib qoladi.



Termik ishlov berilgan paytda karbamol GL quyidagicha ta’sirlashadi:

OH OH


 

HC CH


  + 2 Sell-OH 

N N


HOCH2 C CH2OH

O



 OH OH

 


HC CH

 


N N

Sell-O-CH2 C CH2 -O - Sell

O


Ikki xil preparatdan foydalanish ham mumkin. Bunda gazlama 2 xil preparat eritmasi bilan shimdiriladi, so’ngra pardozlash fabrikasida misol uchun 1200C da termik ishlov beriladi, bunda birinchi preparat Sell-OH bilan ta’sirlashadi, ikkinchi preparat esa yuqori haroratga chidamli bo’lgani uchun ta’sirlashmaydi, natijada gazlamaga ma’lum miqdorda (pishuviga halaqit bermaydigan darajada) g’ijimlanmaslik xossasi beriladi. Bu gazlamadan tayyor mahsulot tikib bo’lgandan so’ng ikkinchi marta ishlov beriladi. Masalan, 1600C da ikkinchi preparat sellyuloza bilan ta’sirlashadi va umumiy g’ijimlanmaslik effekti paydo bo’ladi.

Nazorat savollari:

  1. Gazlamalarga g’ijimlanishga va kirishishga qarshi yakunlovchi pardoz berish texnologiyasi qanday?

  2. G’ijimlanishga qarshi pardoz berish va bu gazlamadan mahsulot tikish jarayonlari o’rtasida qanday ziddiyatlar mavjud va bu muammoni yechish yo’llari qanday?

  3. Turg’un shakl beruvchi pardoz berish texnologiyasi qanday?


12 – MA’RUZA

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

KIMYOVIY PARDOZLASH TURLARI

Reja:

1. PUXO (КҚКП), MARS (РСКЮ) ва MAPS (ПККЮ) pardoz turlari. Bu pardoz turlarining texnologiyasi va foydalaniladigan jixozlar.

2. Ip gazlamalarga yakuniy pardoz berish turlari va bu jarayonlarning mohiyati.

Tayanch so’z va iboralar: PUXO (КҚКП), MARS (РСКЮ) ва MAPS (ПККЮ), kam g'ijimlanish, g'ijimlanmaslik, kam kirishish, Qayishqoq-elastik deformatsiyalanish.
Matolarga ma'lum sharoitda turli kimyoviy moddalar bilan ishlov berish orqali ularning xossa va sifatlarini maqsadga muvofiq o'zgartiriladi. Kimyoviy ishlov berish orqali gazlamaga o'tgan (shimilgan) kimyoviy moddalar uch-to'rt yuvishdan so'ng yuvilishi, qisman yuvilishi yoki butunlay yuvilmasligi mumkin. Kam yuviladigan va yuvilmaydigan preparatlar matolarga kam g'ijimlanish, g'ijimlanmaslik, kam kirishish kabi xususiyatlar beradi. Bunday xususiyatlarni qo'llaniladigan preparatlarning kimyoviy tuzilishi, tarkibi va faolligi belgilaydi. Gazlamalarga kam g'ijimlanuvchanlik (KG') yoki g'ijimlanmaslik (G'M) xossasini berish deganda, g'ijimlanishga sabab bo'ladigan kuch ta'siridan xalos bo'lgan to'qima materiallar o'zlarming dastlabki shakllariga darhol qaytishlari va g'ijimlangan joylarining tekislanishini nazarda tutish lozim. Odatda, bu ko'rsatkich miqdoriy jihatdan, g'ijimlantiruvchi kuchdan xalos qilingan matoning arqoq va tanda bo'yicha (yoki ularning yig'indisi bo'yicha) qatlangan joylarining tekislanish burchagi bo'yicha ifodalanadi, gradus bilan belgilanadi. G'ijimlanmasligi ho'l va quruq holatda ifodalash mumkin. Pardozlash natijasida ip gazlamalar butunlay g'ijimlanmaslik xossasiga ega bo'lmaydi. Shuning uchun ularga kam g'ijimlanuvchanlik xossasi beriladi, deyish to'g'riroq bo'ladi. Pardozlangan ip gazlama g'ijimining tiklanish burchagi 75—80°C bo'lsa, pardozlangan matoning ko'rsatkichi 130—150° ga teng (to'liq tiklanganda 180°) bo'lishi mumkin.

Tolaning qayishqoq-elastiklik xossasi tolali materiallarning g'ijimlanuvchanligini belgilaydi va bu polimerning (tolaning) molekulyar, ayniqsa, ustmolekulyar strukturasiga chambarchas bog'liq. Deformatsiyalovchi kuch ta'sirida tola holatini belgilovchi strukturaviy o'zgarishlarni uch qismga bo'lish mumkin: 1) deformatsiyalanmaydigan qism, bu qismni makromolekulalarning yuqori tartibda joylashgan strukturasi (kristallitlar) tashkil qiladi; 2) o'tish qismi, bunda makromolekulalar avvalgi holatini o'zgarishsiz mahkam ushlab turadi. Kuch ta'sirida tolaning elementar strukturalarida siljish kuzatilmaydi, bunday ta'sir natijasida hosil bo'lgan ichki kuchlanishlar kuch ta'siridan holi bo'lgan makromolekulalarni dastlabki holatiga qaytaradi; 3) amorf qism, bu qismda tashqi kuch ta'sirida makromolekulalarni yoki ular hosil qilgan struktura elementlarini ichki siljishi hisobiga plastik deformatsiyalanish vujudga keladi. Shu sababli gidratsellyuloza va sellyuloza asosidagi tolalar (paxta, viskoza tolalari) yetarli darajada plastik deformatsiyalanish xossasiga ega bo'lganliklari tufayli, ular oson g'ijimlanadi.



Qayishqoq-elastik deformatsiyalanish ulushini orttirish uchun tola tuzilishini barqarorlashtirishga to'g'ri keladi. Buning uchun tola strukturasiga qo'shimcha mustahkam kovalent bog' kiritiladi, ya'ni tola makromolekulalari orasida «choklar» hosil bo'ladi. Ho'l holatdagi gazlamaga kam g'ijimlanuvchanlik xossasini berish uchun bo'kkan tola makromolekulalari orasida ko'ndalang bog'lar hosil qilinadi, chunki bo'kkan tolada fibrillalararo bo'shliq hajmi kattalashadi va chok hosil qiluvchi kimyoviy birikmalarning makromolekulalar orasiga kirishi osonlashadi. Makromolekulalari yoki fibrill strukturalari o'zaro tikilgan (choklangan) tola bo'kkanda, ya'ni ho'l holatida plastik deformatsiyalanishga bo'lgan moyilligi yo'qoladi. Ammo bunday jarayondan o'tgan mato quruq holatida g'ijimlanmaslikning yuqori ko'rsatkichlarini namoyon qila olmaydi. Chunki quritish chog'ida toladan suv chiqib ketishi oqibatida fibrillar bir-biriga yaqinlashadi va sellyuloza makromolekulalari orasidagi ko'ndalang bog'lar tarangligi (kuchlanishi) zaiflashadi. Oqibatda tashqi kuch ta'sirida struktura elementlarining bir-biriga nisbatan siljishi saqlanib qoladi. Quruq toladagi fibrillar bir-biriga minimal masofada (mumkin bo'lgan eng yaqin masofada) joylashgan. Quruq tolaning tartibsiz qismlaridagi (bu qismlarda makromolekulalar tartibsiz joylashgan bo'ladi) makromolekulalar orasida ko'ndalang bog'larni hosil bo'lishi tashqi kuch ta'sirida fibrillarni o'zaro siljishini kamaytiradi, ya'ni quruq holatdagi materialning g'ijimlanishga bo'lgan turg'unligini orttiradi. Bunday material keyinchalik ho'llanganda uning tolalari kam bo'kadi va tola ma'lum darajada g'ijimlanmaslik va kirishmaslik xossalariga ega bo'ladi.

Gazlamalarga kam g'ijimlanuvchanlik xossasini berish uchun qo'llaniladigan barcha kimyoviy birikmalar uch guruhga bo'linadi. Molekulalari tolaning funksional guruhlaridan ko'ra o'zaro bir-biriga oson birikadigan birikmalar birinchi guruhni tashkil etadi. Bularga karbamol va metazin preparatlari mansubdir. Ikkinchi guruhga makromolekulalarining o'zaro bir-biri bilan birikishiga moyilligi kam va tolaning funksional guruhlari bilan reaksiyaga kirishish qobiliyati yuqori bo'lgan preparatlar kiradi. Ikkinchi guruh preparatlariga misol qilib, tarkibida dimetiletilenmochevina 50% dan kam bo'lmagan karbamol ЦЭМ, karbazon Э va karbazon О preparatlarini ko'rsatish mumkin. Ho'l holatdagi matolarga kam g'ijimlanuvchanlik xossasini beruvchi preparatlar uchinchi guruhni tashkil qiladi va ularga kationaktiv etamon ДС misol bo'la oladi.

To'qimachilik materiallarining uzunligi (eni) bo'yicha o'lchamlarining o'zgarishi ko'pgina omillar, chunonchi, tola xususiyatiga, yigirilgan ip strukturasi, gazlamaning to'qilish usuli, ishlov berish texnologiyasi kabilarga bog'liq. Sellyuloza tolasi juda gidrofil bo'lib, suvda yaxshi bo'kishi oqibatida qalinligi bo'yicha yo'g'onlashadi va uzunligi bo'yicha kirishadi. Shuning uchun bu tolalardan to'qilgan materiallaming o'lchamlari ishlov berish va ishlatish chog'ida o'zgaradi. Odatda, gazlamalar ho'l ishlov berish chog'ida cho'zuvchi kuch ta'sirida uzunligi bo'yicha cho'ziladi. Cho'zilgan materiallar qayta ho'llanganda o'lchamlarining kirishishi (uzunligining qisqarishi) kuchayadi. Tola tabiati va material strukturasiga bog'liq bo'lgan kirishishga yana texnologik yoki relaksatsiyalanish kirishishi qo'shiladi. Texnologik kirishishni fizik-mexanik usullar (kirishtiruvchi mashinada ishlov berish, quritish chog'ida matoning kirishishiga imkon yaratish va boshq.) yordamida bartaraf etish mumkin. Tolaning chiziqli o'lchamlarini turg'unlashtirishda (stabillashda) qo'llaniladigan kimyoviy usulni bir-biridan farqli ikki texnologik jarayon sxemasi bo'yicha olib borish mumkin.

Birinchi texnologik sxemada shunday reagentlar ishlatiladiki, ularning ta'sirida relaksatsiyalanish jarayonlari to'liq sodir bo'ladi, ya'ni tolaning bo'kishi yigirish va to'qish jarayonlarida vujudga kelgan ichki kuchlanishlarning yo'qolishi hisobiga amalga oshadi. Ko'pincha bu jarayon ip gazlamalarni konsentrlangan ishqor eritmasida merserlashda sodir boladi. Mexanik kirishish liniyasida amalga oshiriladigan mexanik ta'sirlar merserlangan gazlamada oson bajariladi. Shunday qilib, birinchi texnologik sxemada gazlama: merserlanadi, quritiladi, yuviladi, biroz quritiladi, appretlanadi, quritiladi, mexanik kirishtiruvchi mashinadan o'tadi. Natijada, mato o'lchamlariga turg'unlik xossasi beriladi.

Gazlama o'lchamlarini kimyoviy turg'unlashtirishning ikkinchi texnologik sxemasida sintetik termoreaktiv smolalarning predkondensati ishlatiladi. Bu usulda qo'llaniladigan jarayonlar matolarga kam g'ijimlanuvchanlik xossasini berishda qo'llaniladigan jarayonlardan deyarli farq qilmaydi, lekin kam kirishuvchanlik xossasi berishda eritmada predkondensat konsentratsiyasi kamroq bo'ladi va jarayon yumshoq sharoitda olib boriladi. Matolarga kimyoviy kam kirishuvchanlik xossasini beruvchi pardozlash ПУХО deb ataladi.

Shunday qilib, kam kirishuvchanlik xossasi berishning kimyoviy usulida kam g'ijimlanuvchanlik xossasini berishda qo'llaniladigan predkondensatlardan iborat appretlar qo'llaniladi. Bunday appretlar bilan ishlov berish natijasida bir yo'la kam g'ijimlanuvchanlik va kam kirishuvchanlikka erishiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishda bu ikki pardozlash jarayoni quyidagi bosqichlarga muvofiq, birgalikda olib boriladi:


  1. Uch valli shimdirish (plyusovkalash) mashinasida 20—300C haroratda gazlamaga appretlovchi eritmani bir tekis shimdirish.

  2. Shimdirilgan matoni ignali quritish-kengaytirish mashinasida quritish, bunda gazlama yo'nalishi bo'yicha seksiyalar harorati orttirilib boriladi (1100C dan 140°C gacha). Tanlangan harorat qiymati predkondensatning gomopolimerlanish tezligiga nisbatan quyi molekulyar birikmalarning tola ichiga diffuziyalanish tezligining yuqori bo'lishini ta'minlashi lozim. Aks holda predkondensat tola ichiga diffuziyalana olmasdan, tola yuzida qoladi va undan hosil bo'lgan polimer tola ichida emas, balki sirtida hosil bo'ladi. Oqibatda, tola makromolekulalari va ular hosil qilgan agregatlar (struktura elementlari) o'zaro «choklanmay» qoladi, tola sirtida qolgan predkondensatning sintezlanishi natijasida tola polimer pardasi bilan qoplanadi hamda tola qattiqligining yuqori bo'lishiga olib keladi (tola dag'allashadi).

Predkondensatning smola hosil qilishi va makromolekulalarning choklanishi (tikilishi) termik ishlov berish bosqichida bajariladi. Bu jarayon 140— 150°C haroratda bajarilib, 4—5 min davom etadi. Bundan yuqori haroratda olib boriladigan jarayon ishlov berish vaqtini qisqartiradi (170°C da - 2 min). Termik ishlov berish jarayonini quritish jarayoni bilan birlashtirish mumkin. Shuningdek, bu jarayonni radiatsion-termik ishlov berish kameralarida o'ta qizigan bug' ta'sirida va yuqori energiyali zarrachalar (yuqori tezlikdagi elektronlar va boshq.) yordamida 180—200°C haroratda olib borsa ham bo'ladi.

4. Termoishlovdan so'ng tola bilan reaksiyaga kirishmagan barcha birikmalar yuviladi.

To'qimachilik materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlar shakllarining saqlanishi katta ahamiyatga ega. Sellyulozali matolar va ular asosidagi buyumlarning shakllari turg'un emas. Shuning uchun, kimyoviy pardozlash jarayonlarida ularning shaklini turg'un qilish maqsadga muvofiqdir. Appretlar bilan pardozlangan gazlamalar shaklini yetarlicha saqlaydi, ammo bunday ishlov berish keyingi jarayonlarda birmuncha qiyinchiliklarni tug'diradi. Masalan, predkondensat yordamida kam g'ijimlanuvchanlik xossasini olgan matoning bukilgan joylarini dazmollash bilan tekislash yoki turli mahsulotlar tikish ancha qiyinlashadi. Shu sababli, tikuv mahsulotlari va trikotaj buyumlarga turg'un shakl berishning yangi usullari ishlab chiqilgan. Bu usullarning birinchi bosqichi pardozlash fabrikalarda bajariladi: matoga predkondensat eritmasi shimdiriladi va yumshoq sharoitda quritiladi. Bunday sharoitda predkondensatning yakuniy mahsuloti bo'lmish polimer hosil bo'lmaydi. Bu usul bilan tayyorlangan gazlamalardan tikuvchilik fabrikalarida buyumlar tikiladi va tayyor mahsulotga termik ishlov beriladi. Yuqori harorat ta'sirida matoga oldindan shimdirilgan predkondensatning so'nggi mahsuloti hosil bo'ladi va buyumga turg'un shakl beradi. Bu usulda qo'llaniladigan pardozlash preparatlariga alohida talab qo'yiladi — ular o'z xususiyatlarini uzoq muddat saqlashi, ya'ni toladagi preparat tolaga birikmasligi, polimerlanish yoki polikondensatlanish reaksiyalariga kirishmasligi lozim, chunki bu matolardan biror buyum tikilgunga qadar ancha vaqt o'tishi mumkin.

Predkondensat eritmasi shimdirilgan sellyulozaning uzoq vaqt turishi oqibatida uning asosidagi materiallar pishiqligi kamayishi, tikish jarayonida «nam-issiq» ishlovlar berishda paydo bo'ladigan nuqsonlarni termoishlov berish bilan bartaraf qilib bo'lmasligi bu usulning asosiy kamchiligi hisoblanadi.

Shuni yana bir bor qayd qilib o'tish lozimki, kam g'ijimlanuvchanlik va kam kirishuvchanlik xossalarini berish jarayonlari bir-biriga juda ham o'xshash bo'lishiga qaramasdan, kam kirishuvchanlik va kam g'ijimlanuvchanlik berish jarayonlarida sezilarli farq mavjud, chunonchi, kam kirishuvchanlik xossasini berish jarayonlari yumshoq sharoitda (predkondensat konsentratsiyasi kichik, past harorat) bajariladi. Keyingi mavzularda kam g'ijimlanuvchanlik xossasini berish to'g'risida so'z yuritilsa, bu jarayon kam kirishuvchanlik xossasini berishga ham taalluqli deb tushunish kerak.

Hozirgi kunda gazlamalarga yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishlov berish keng tarqalgan. Shu sababli yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishlov berish jarayonlari va ularning kimyoviy mexanizmlari haqida qisqacha so'z yuritamiz.



Nazorat savollari:

1. PUXO (КҚКП), MARS (РСКЮ) ва MAPS (ПККЮ) pardoz turlari. Bu pardoz turlarining texnologiyasi va foydalaniladigan jixozlar.

2. Ip gazlamalarga yakuniy pardoz berish turlari va bu jarayonlarning mohiyati.
13 – MA’RUZA

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

OQSIL VA KIMYOVIY TOLALI MATOLARGA YAKUNLOVCHI PARDOZ BERISH

Reja:


  1. Oqsil tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish

  2. Kimyoviy tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish

Tayanch so’z va iboralar: elektrostatik zaryadlanishini kamaytirish, gidrofilligini orttirish, dekatirlash
Tabiiy ipak, kimyoviy tolalar va ularning aralashmalaridan tayyorlangan to'qimachilik mahsulotlarini so'nggi pardozlashdan maqsad, ularning xossalarini maqsadli o'zgartirish, ko'rinishini chiroyli qilish, xizmat muddatini orttirish, elektrostatik zaryadlanishini kamaytirish, gidrofilligini orttirish yoki kamaytirish, turli naqshlar tushirish (gazlama yuzida hosil qilingan polimer pardalarga shtrixlar tushirish orqali yoki tukli matolar yuzidagi tuklarni turli tomonga egish bilan shakllar hosil qilish). Shuningdek, tabiiy ipak va u bilan boshqa tolalar aralashmasi asosidagi matolarning krepligi va g'ijimlanishdagi g'irchillashini saqlagan holda jilolantirish, gazlamalarning enini kengaytirish orqali standart o'lchamga keltirish, g'ijimlanmaslik hamda kirishmaslik kabi xossalar berishdir.

So'nggi ishlov berish bosqichiga to'qimachilik materiallari quruq yoki nam holatda kelishi mumkin. Tabiiy ipak asosidagi gazlamalarga kimyoviy ishlov berilmaydi. Krepli gazlamalar oldin suyultirilgan sirka kislotaga (30%) shimdiriladi, siqiladi, so'ngra kirishtirish-kengaytirish-quritish mashinasidan o'tkaziladi. Bu jarayonlar chog'ida matoning krepligi saqlanib qolinishiga katta ahamiyat beriladi. Sirka kislota eritmasi tabiiy ipakni «jonlantiradi». So'nggi ishlovga nam holatda keladigan ipak asosidagi gazlamalar ham kirishtirish-kengaytirish-quritish mashinasidan o'tkaziladi. Keyingi yuvishlarda (ishlatish chog'ida) kirishmaslik xossasini berish uchun matoni mashinaga kirish tezligi uning mashinadan chiqish tezligidan biroz ko'proq bo'lishi lozim. Bunday sharoitda matoning kirishishi uni quritish chog'ida amalga oshiriladi. Matoning arqoq iplari qiyshaygan hollarda esa ishlov berish arqoq ipini to'g'rilovchi yoki quritish-kengaytirish mashinasida olib boriladi. Mana shu jarayonlarni bajarish bilan tabiiy ipak asosidagi gazlamalarga beriladigan so'nggi pardozlash yakunlanadi.

Viskoza va asetat kompleks iplaridan to'qilgan krepmateriallarga ham xuddi tabiiy ipak asosidagi matolar kabi, faqat mexanik ishlov beriladi.

Kerakli to'ldirish darajasini to'ldiruvchi va mayinlik berish maqsadida pardozlashning so'nggi dekatirlash jarayonida matolar kerakli miqdorda namligi bo'lgan suv bug'i bilan ishlanadi. Zarur bo'lsa arqoq-to'g'rilash mashinasida matoning tanda va arqoq iplari to'g'rilanadi. So'nggi pardozlash jarayonlari viskoza-asetat va viskoza-triasetat iplari asosidagi gazlamalar uchun ham shu tarzda o'tkaziladi.

Viskoza shtapel tolasidan yigirilgan ip va pishitilgan kompleks viskoza iplari asosidagi matolarga so'nggi pardoziashda mexanik kimyoviy usullar bilan ishlov berish orqali ularga kam g'ijimlanuvchanlik, kam kirishuvchanlik xossalari beriladi. Buning uchun siqilgan va quritilgan matolar kerakli smola hosil qiluvchi preparatlar aralashmasi bilan ishlanadi. Taranglanmagan matolarga preparatlar aralashmasi shimdiriladi, namsizlantiriladi (biroz quritiladi) va smola hosil bo'lish reaksiyasini tugatish maqsadida termik ishlov beriladi. Bu jarayonlar alohida ishlaydigan mashinalarda yoki kam g'ijimlanuvchanlik va kam kirishuvchanlik xossalarini berishga mo'ljallangan maxsus pardozlash liniyalarida bajariladi.

Viskoza tolasidan tayyorlangan gazlamalar asosida tikiladigan plash, kastum, ko'ylak va boshqa turdagi kiyim-kechaklarga zarur bo'lgan kam kirishuvchanlik, kam g'ijimlanuvchanlik, suv yuqtirmaslik hamda o'lchamini o'zgartirmaslik xossalarini berish jarayonlari birgalikda olib boriladi. Bu jarayonlar kam g'ijimlanuvchanlik xossasini berish uchun mo'ljallangan liniyalarda amalga oshiriladi.

Kimyoviy tolalar asosidagi astarlik, belbog', dekorativ matolarga pardozlash orqali qattiqlik va to'ldirilganlik xossalari beriladi. Buning uchun matolarga polivinilasetat emulsiyasi, emukril S, poliakrilamid, polivinil spirt eritmalari shimdiriladi. Astarlik matolar qo'shimcha ishqalanishga bardosh beradigan preparatlar bilan ham pardozlanadi. Bu jarayon quritish-kengaytirish-kirishtirish mashinasida o'tkaziladi.

Sintetik iplar va lavsan-viskoza shtapel tolalari aralashmasidan yigirilgan iplardan tayyorlangan buyumlarga suv yuqtirmaslik va suv yutmaslik xossalarini berish keyingi mavzularda bayon etiladi.

Triatsetat kompleks iplaridan tayyorlangan ko'ylakbop matolar plisselanishi yoki yaltiratilishi mumkin. Yaltiroqlik va qattiqlik xossalarini berish uchun qo'llaniladigan preparat shimdirilgan mato quritish-kengaytirish — termofiksatsiyalovchi mashina, friksion kalandrlardan, so'ng plisselovchi mashinadan o'tkaziladi.

Ayrim bo'yalgan dekorativ (bezatish) matolar faqat quruq usul bilan pardozlanadi. Buning uchun gazlamaga biroz suv bug'i ta'sir ettirish, kengaytirish va dazmollar orqali mahsulot ko'rinishi hamda standart (andoza) kenglik beriladi.

Tukli matolarni pardozlashda kerakli eritmalar bilan shimdirish jarayoni gazlamaning tukli yuzida bajariladi. Tukli matolar mexanik va kimyoviy usullar bilan pardozlanadi. Mexanik usulda tuklar bir tekis qilib qirqiladi, qirqilgan tuklardan tozalanadi, taraladi, kengaytiriladi, mato asosi (to'qimasi, karkasi) dazmollanadi, tuklar elektr bilan jilolantiriladi. Kimyoviy ishlov berishda tukli matolarga gidrofoblovchi preparatlar (suv yuqtirmaydigan qilish uchun) va termoreaktiv smolalarning predkondensatlari (kam g'ijimlanuvchan qilish uchun) bilan ishlov beriladi, quritiladi hamda termofiksatsiyalanadi. Pardozlangan gazlamaning tuklari vertikal holatlarini o'zgarishsiz saqlash qobiliyatiga ega bo'ladi.

Sintetik yigirilgan iplar asosidagi tukli gazlamalarga, asosan, mexanik ishlov berish bilan tuklariga turg'un holat va mayinlik beriladi. Tuklarni mustahkamlash va mato to'qimasiga to'ldirilganlik xossasini berish maqsadida tukli matoning asosi appretlanadi.

Kiyim-kechak uchun mo'ljallangan sun'iy mo'ynalar tuklarini to'g'rilash va uchlarini jilolantirish uchun esa elektr bilan jilolantirish jarayoni o'tkaziladi. Maxsus «Elektrfinisher» mashinasida jilo olgan sun'iy mo'yna xuddi tabiiy mo'yna kabi jilolanadi.

Appretlangan matolarning yuqorida qayd qilingan xossalari o'zgaribgina qolmay, balki ularning mexanik xossalari ham o'zgaradi: uzilishdagi pishiqligi, ko'p marta egilishlarga turg'unligi ortadi va ishqalanishda pishiqligini kam yo'qotadi.

Appretlash quyidagi jarayonlardan iborat: matoga kerakli tarkibdagi preparatlarning eritmalari yoki emulsiyalari shimdiriladi, siqiladi va 100— 130°C haroratda quritiladi. Bu jarayonlar, matoning yupqa yoki qalinligiga qarab, ikki va ko'p valli plusovkalarda bajariladi. Plusovkalar yakka tartibda qo'llanilmasdan, balki liniyalar tarkibiga kiritiladi. Masalan, quritish-kengaytirish mashinalari lozim bo'lsa, termik ishlov berish mashinalari bilan birgalikda pardozlash liniyasini tashkil etadi.

Appretlash uchun polietilen va emukril C, stearoks-6, КЭ-30-04 emulsiyasi, polivinil spirt, poliakrilamid kabi moddalarning kerakli tarkibli aralashmalari qo'llaniladi.

Kimyoviy tolalar asosidagi buyumlarni maxsus pardozlashda, ularning asosini tashkil qiladigan tola xossasini inobatga olgan holda, sellyuloza asosidagi matolarga (viskoza tolasi va iplaridan tayyorlangan materiallar) kam g'ijimlanuvchanlik, kam kirishuvchanlik, sintetik va ayrim sun'iy (asetat va triasetat) tolalar asosidagi matolarga elektrlanmaslik, plash, kurtka, zontlar uchun mo'ljallangan gazlamalarga gidrofoblik, ayrim matolarga olovbardoshlik hamda kir yuqtirmaslik xossalari beriladi.

Viskoza tolasi asosidagi gazlamalarga ishlov berish jarayonlari paxta tolasi asosidagi matolarga ishlov berish jarayonlaridan deyarli farq qilmaydi, pardozlashda ishlatiladigan kimyoviy preparatlaming formulasi quyida keltirilgan:

[R-O(CH2CH2O)2CH2- N (C2H5)2]+C6H5SO3,AlkamonOC-2 bu

CH3 formulada /?=C17H35 yoki C18H37.

[HO CH2 NH О С C2H5 OOC CH CH2

CH3

Emukril M

с сн2 с coo сн2 сн2 ooc сн2-]„



CH3

Cb

[-сн2-сн-]„




OCOCH3

Polivinilasetat

[-СН2-СН2-]„

Polietilen

[-CH2 - СН-]„




CONH2

Poliakrilamid

[-CH2 - СН-„ OH

Polivinil spirt

OH

OH

C1[CH2 -СН-СН2О(СН2СН2О)ИСН2 -CH-CH2(NHCH2CH2)2NH]nH

Epamin 06

Kimyoviy tolalar asosidagi matolarni maxsus pardozlash jarayonlari keyingi qismlarda bayon etilgan. Ularning ichida elektrostatik ishlov berish va mato o'lchamlarini stabillashtirish jarayonlari atsetat, triatsetat va sintetik tolalar (lavsan, kapron, poliakrilonitril) asosidagi matolar uchun eng asosiy pardozlash hisoblanadi.

Nazorat savollari:

1. Oqsil tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish

2. Kimyoviy tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish
14 – MA’RUZA

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

MATOLARGA PARDOZ BERISHNING MAXSUS TURLARI

Reja:


  1. Gazlamalarga gidrofoblik va oleofoblik xossalarini berish.

  2. Gazlamalarga mikroorganizmlarga chidamlilik beruvchi pardoz berish.

  3. Gazlamalarga beriladigan olovbardoshlik pardozining turlari.

  4. Gazlamalarga antistatik xossa beruvchi pardoz texnologiyasi, pardoz beruvchi preparatlar, ularning turlari.

Tayanch so’z va iboralar: gidrofoblik, oleofoblik, mikroorganizmlarga chidamlilik, olovbardoshlik, antistatik xossa.
Gazlamalarga gidrofoblik va oleofoblik xossalarini berish

Bunday pardoz berish 2 turga bo’linadi:



  1. Suv o’tkazmaydigan pardoz (водонепроницаемость).

  2. Suvni itaruvchi pardoz (водоотталкивающий).

-Suvni o’tkazmaydigan pardoz- texnik maqsadda ishlatiladigan gazlamalar, masalan palatkalar tikish uchun ishlatiladigan, turli buyumlarning ustini yopishda ishlatiladigan brezentlar uchun, parus gazlamalar uchun qo’llaniladi. Bunday pardoz berilgan gazlamaning yuzasi yaxlit plyonka bilan qoplanadi.

-Suvni itaruvchi pardoz- kiyim-kechak uchun ishlatiladigan gazlamalarga (plash, kurtkalar, sport kiyimlar) va boshqa maishiy maqsadda ishlatiladigan gazlamalarga qo’llaniladi. Bunday pardoz berilgan gazlama sirti yaxlit plyonka bilan qoplanmaydi. Bunday gazlama havoni va suv bug’larini bemalol o’tkazadi, lekin o’ziga suv shimmaydi, suvni itarish xossasiga ega.

Gazlama bunday xossaga erishishi uchun unga maxsus preparatlar shimdiriladi, lekin bunda gazlama to’qimalarining teshiklari bekilib qolmaslik sharti bajarilishi kerak.

Gidrofob pardoz berish maqsadida quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin:



  1. Turli parafinlar emul’siyasi.

  2. Xrom kompleks birikmalari.

  3. Alyuminiyning kompleks birikmalari.

  4. Si organik birikmalar.

  5. Tarkibida piridli tutuvchi yuqori yog’ kislotalari.

  6. Mochevina va uning hosilalari.

  7. F li birikmalar va h.k.

Shulardan birinchisi - parafin emulsiyasi suv o’tkazmaydigan pardoz berish uchun ishlatiladi, qolganlari esa asosan suvni itaruvchi pardoz berishda qo’llaniladi.

Parafin emulsiyalari asosan sovunli eritma holida lyon gazlamalar uchun va paxta gazlamalari uchun ishlatiladi. Bunday pardozning kamchilik tomoni - gazlama biroz dag’allashadi. Bundan tashqari bir necha marta yuvilgandan keyin effekti yo’qoladi. Xrom yoki alyuminiyning yuqori yog’ kislotalari bilan hosil qilgan kompleks birikmalari ishlatilganda esa yaxshi natijalarga erishiladi. Eng ko’p ishlatiladigan Cr ning stearin kislotasi bilan hosil qilgan birikmasi-Cr stearil Cl dir.

Ularning izopropil spirtdagi eritmasi ishlatiladi. Bu eritmaning nomi xromolan.

Xromolan bilan ip-gazlama va jun tolasidan qilingan gazlamalarga ishlov berish mumkin. Ishlov berish uchun xromolan eritmasiga shimdiriladi va 1300C da quritiladi. Quritish jarayonida xromolan molekulalari o’zaro birikma hosil qilib, erimaydigan eritma hosil qiladi va bu birikma tolaning OH-guruhlari bilan birikadi.

Ajralib chiqayotgan HCl kislotani yo’qotish yoki neytrallash natijasida maxsus moddalar qo’shiladi. Masalan, urotropin moddasi qo’shiladi.

Bunday usul bilan hosil qilingan effekt gazlama bir necha marta yuvilgandan keyin ham saqlanadi. Bundan tashqari gazlama dag’al holga kelmaydi. Hozirgi vaqtda gidrofob pardoz berish uchun Si organik birikmalar ham ishlatiladi. Ular suvli emulsiyalar holida ishlatiladi. Eng ko’p ishlatiladigan Si organik birikmalaridan biri - Na alkil silikanatlaridir, umumiy formulasi

R-Si(OH)2ONa

Eng ko’p ishlatiladigan Si organik birikmalar GKJ-10, GKJ-11 holida ishlatiladi.

(гидрофобный кремнийорганический жидкость)- (-CH2-CH2-)-10

GKJ-10 preparatida R=(-CH2-CH2-)

GKJ-11 preparatida R=(-CH3-)

Si organik birikmalar-monomer holida va dimer holda ham uchrashi mumkin.

R R R

  


HO — Si — OH OH — Si — O — Si — OH

  


ONa ONa ONa

monomer dimer


Si organik birikmalar kuchli ishqoriy muhitda, ya’ni pH 13 bo’lganda turg’un bo’ladi. Muhitning ishqoriyligi pasaygan sari H2O da erimaydigan plyonka holiga o’tadi.

Bu birikmalarning kamchiligi- eritmalarning kuchli ishqoriy muhitga ega bo’lishdir. Bunday kamchilik Al alkil silikanatlarda yo’q. Ularni pH=2-13 gacha bo’lgan sharoitda ishlatilishi mumkin.

Si organik birikmalardan hozirgi vaqtda alkilpoli-siloksanlar ko’p ishlatiladi.

H



- Si - O -

R n - bularda polimerlanish darajasi yuqori



emas: n=10-12
Bular suvda erimaydi. Ularning organik erituvchidagi eritmasi va emulsiyasi ishlatiladi.

Polisiloksanlarning GKJ-94, GKJ-94 M preparatlari ko’p ishlatiladi. Ishlov berish uchun gazlama preparatning 6% li emulsiyasiga shimdiriladi, 800C da quritiladi, 1500C da 5 minut termik ishlov beriladi. Bunda tola sirtida yupqa egiluvchan plyonka hosil bo’ladi.

Tola bilan birikish sxemasi quyidagicha bo’ladi:

H O-sell

 

-Si-Î- + Sell-OH  -Si-O + nH2



 

R n R n




Gazlamalarga mikroorganizmlarga chidamlilik beruvchi pardoz berish. Mikroorganizmlarga chidamsiz tola - bu tabiiy toladir, sun’iy tolalar esa ancha chidamli. Ularning ichida faqat lavsan tolasining mikroorganizmlarga chidamliligini oshirish xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Masalan, maxsus maqsadda ishlatiladigan gazlamalar- palatkalar uchun, turli maqsadda ishlatiladigan brezentlar, plashlar tikiladigan gazlamalar, baliqchilar uchun kiyimlar, to’rlar uchun mikroorganizmlarga qarshi va chirishga qarshi pardoz berilishi zarur. Bu bilan bularning ishlash muddati anchaga oshiriladi. Mikroorganizmlarga turli griboklar, bakteriyalar - aktinomitsetlar kiradi. Tarkibi sellyulozali tolalar - griboklarga chidamsiz oqsil tolalar esa (jun, ipak) - bakteriyalarga chidamsiz. Gazlamalarning mikroorganizmlardan himoyasining 2 xil usuli bor:

  1. Aktiv usul.

  2. Passiv usul.

Aktiv usul bo’yicha- bakteritsid va fungitsid preparatlardan foydalaniladi. Bu preparatlar mikroorganizmlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.

Passiv usul bo’yicha - tola kimyoviy modifikatsiyalanadi. Bunda tola mikroorganizmlar ta’siriga chidamli bo’lib qoladi. Bakteritsid moddalarga og’ir metallarning tuzlari kiradi. Masalan, Zn, Cu, Hg, Ag metallarning tuzlari. Odatda biz tuzlarning organik moddalar kompleks birikmalari ishlatiladi. Organik moddalarning ko’pchiligi ham mikroorganizmlarga qarshi ishlov berish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, eng oddiysi- fenol va uning birikmalari, salitsil kislota va uning birikmalari. Bu moddalar tolaga uning og’irligiga nisbatan 0,1% miqdorida shimdiriladi. Bundan tashqari tarkibida S bor bo’lgan preparatlar ham mikroorganizmlarga chidamlilik beradi. Preparatlardagi mikroorganizmlarga chidamlilik beruvchi gruppalar- bu tiokarbonil va disulfid guruhlari.
>C = S - S - S

tiokarbonil disulfid


Yuqoridagi preparatlar tolaga eritma holida shimdiriladi. Bunda preparatlar asosan adsorbsiya kuchlari yordamida tolaga birikadi. Shuning uchun gazlama yuvilganda (bir necha marta) preparat yuvilib ketishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlar asosan kam yuviladigan gazlamalarga shimdiriladi.

Agar gazlama ko’p yuviladigan bo’lsa, bunday gazlamaga passiv usul bilan ishlov beriladi, ya’ni gazlama tolalariga maxsus bakteritsid moddalar modifikatsiyalanadi. Bunda tola ko’p marta yuvilgandan so’ng ham mikroorganizmlarga chidamliligi saqlanib qoladi. Bunday pardoz berish ayniqsa, meditsinada ishlatiladigan tolalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda tarkibi sellyulozadan iborat bo’lgan tolalarga metall kationlari, turli antibiotik kationlari kimyoviy bog’ yordamida biriktiriladi. Misol uchun, sellyulozaning poliakril kislotasi bilan hosil bo’lgan birikmasini quyidagicha yozish mumkin:

Sell - O - (CH2- CH-)n

COO- K+

K- antibiotik yoki metall kationi

Kation sifatida Cu ishlatilsa eng yaxshi natijalarga erishiladi. Bunda gazlama 25 marta yuvilgandan keyin ham mikroorganizmlarga chidamliligi to’liq saqlanadi. MTFIXTMM kafedrasi ishlab chiqargan usul bo’yicha gazlamalarni simobga, mikroorganizmlarga chidamliligi oshadi. Buning uchun gazlama 20% li Hg(CH3CHCOO)2 tuzi eritmasi bilan ishlov berilib, suv bilan yuvib quritiladi. Bunda HgOCOCH3 birikadi. Bunday gazlamaning mikrorganizmlarga chidamliligi kuchli bo’lib, ko’p marta yuvilgandan keyin ham saqlanadi.



Gazlamalarga olovbardoshlik xossalarini berish

Bu pardozni 2 turga bo’lish mumkin:



  1. Gazlamani alangalanmaydigan holga keltiradigan pardoz.

  2. Gazlamani yong’inga chidamliligini butunlay oshiradigan pardoz.

Birinchi xil pardoz dekorativ matolar-parda, shtor, mebel uchun gazlamalar va shu kabilar hamda bolalar kiyimi uchun, turistik kiyimlar uchun ishlatiladigan gazlamalarda qo’llaniladi.

Ikkinchi tur pardoz uchun- o’t o’chiruvchilar kiyimlari, stolivarlar, leteyshiklar uchun tikishda ishlatiladigan gazlamalarga va o’t o’chiruvchilar uchun, odeyallar uchun ishlov beriladi.

Gazlama yonmasligi uchun undan ajralib chiqayotgan energiya atrofga sarf bo’layotgan energiyadan kam bo’lishi kerak. Ana shu shartni bajarishga yordam beruvchi moddalar antipirenlar deyiladi. Ular ajralayotgan energiyani yutish yo’li bilan bu shartni bajaradi. Antipirenlar 2 turga bґlinadi:


  1. Gazlamaning alangalanish haroratini oshiradi.

  2. Yonishda ajralayotgan energiyani kamaytiradi.

Birinchi tur antipirenlariga misol qilib- Al(OH)3 va MgSiO3 ni olish mumkin. Ular yuqori haroratda katta miqdorda issiqlikni yutadi va o’zi parchalanadi. Ikkinchi tur antipirenlari kimyoviy tuzilishi bilan xarakterlanadi. Yuqori haroratda ulardan yonmaydigan gazlar ajralib chiqadi yoki yonishdan ajralib chiqayotgan yonuvchi gazlar hajmini kamaytiradi yoki yonmaydigan plyonka bilan qoplanadi yoki yonayotgan yuza bilan havoning kontaktga kirishishiga to’sqinlik qiladi. Yonishga qarshi ishlov berishning bir qancha vaqtinchalik usullari mavjud. Masalan, bir qancha mineral tuzlar eritmalari bilan ishlov berish mumkin. Masalan, fosfatlar, baratlar, silikatlar, forfromatlar va boshqalar. Antipirenlar bilan ishlov bir vannali yoki ikki vannali usulda borilishi mumkin.

Bir vannali usul bo’yicha gazlama bura va magniy xlorid (MgCl2) shimdirilib, so’ngra quritiladi. Quritish jarayonida suvda erimaydigan, cho’kma hosil bo’ladi.

Na2B4O7 + MgCl2  MgB4O7 + 2NaCl

magniy barat

Ikki vannali usul bo’yicha:

Birinchi vannada gazlama MgCl2 eritmasiga shimdiriladi, ikkinchi vannada esa Na2SiO3 eritmasiga shimdiriladi. Bunda gazlamada mineral tuzlarning cho’kmasi yonmaydigan hosil bo’ladi.

MgCl2 + Na2SiO3  MgSiO3 + 2NaCl



magniy silikat

Bu usullarning kamchiligi: yuvilganda cho’kma chiqib ketadi. Shuning uchun bunday usul bilan yuvilmaydigan yoki kam yuviladigan gazlamalarga- tyullar, pardaliklar, dekorativ gazlamalarga ishlov beriladi.

Yonishga qarshi ishlov berishning barcha tolalar uchun universal usuli yo’q, faqat ishlov beradigan gazlamaning xususiyatini hisobga olgan holda yonishga qarshi ishlov berish turi tanlansa yaxshi natija olinadi.

Tabiiy tolalar ko’pincha sun’iy tolalarning tarkibi sellyulozadan iborat bo’lgani uchun sellyuloza tarkibli tolalarga yonishga qarshi ishlov berish katta ahamiyatga ega. Bu tolalarda antipirenlar adsorbsiya kuchlari bilan ushlab turilishi mumkin yoki tolani kimyoviy modifikatsiyalab antipirenni sellyulozaning funksional guruhlari bilan biriktirib qo’yilishi mumkin. Hozirgi vaqtda sellyulozali tolalarga yonmaydigan xossa berish uchun tarkibida P, N, galogenlar bo’lgan gruppalar ishlatiladi. Bunda yonmaydigan xossa quyidagi bosqichlarda hosil bo’ladi: gazlama antipiren eritmasi yoki emulsiyasiga shimdiriladi. Gazlama sirtida erimaydigan polimer hosil bo’ladi.

Antipiren bilan tolaning funksional guruhlari orasida kimyoviy bog’lanish vujudga kelishi natijasida sellyulozaning (fosforli) efiri hosil bo’ladi. Sellyuloza tarkibli tolalarga yong’inga qarshi ishlov berishda sipergetiklardan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Sipergetiklar- antipiren emas, ular faqat tolaning yonish qobiliyatini pasaytiruvchi moddalar. Masalan, titan va surma birikmalaridan foydalanish mumkin. Bu birikmalar quyidagicha ta’sirlashadi:

O OH OH


║ ║ ║

Sell - O - Ti + Sb(OH)3  Sell - O -Ti - O - Sb

║ ║ ║

O OH OH


R li birikmalar eng yaxshi antipiren hisoblanadi. Eng yaxshisi R kislotasi hisoblanadi. Bu kislota ta’sirida sellyuloza eterifikatsiyalanadi, lekin R kislotasi sellyulozani kuchli gidrolizga uchratuvchi modda hisoblanadi. Ana shu xossasini kamaytirish uchun ishlov berish jarayonida mochevina ham qo’shiladi. Bunda o’zaro ta’sirlanish quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

NH2 O

 ║

Sell-OH- H3PO4 + O = C  Sell-O - P- OH + CO2 + NH3



 ║

NH2 O

Bu maqsadda R kislotadan tashqari R kislotasining triamidi ham ishlatilishi mumkin:

NH2 NH2

 

Sell-OH + H2N - P = O  Sell-O - P = O + NH3



 

NH2 NH2

Bu usullar bilan ishlov berish texnologiyasi quyidagicha bo’ladi: gazlama antipiren eritmasiga shimdiriladi, 1500C da termik ishlov beriladi.

Kamchiligi: tolaning mexanik pishiqligi kamayadi. Tolaning pishiqligini yo’qolishini pasaytirish uchun metazin, karbamol kabi moddalar qo’shiladi. Hozirgi vaqtda bulardan tashqari T-2, APO, TMRS kabi preparatlar ma’lum. Tarkibi sellyulozali bo’lmagan tolalar ham yong’inga qarshi ishlov berish uchun ishlatiladi. Masalan, jun tolasi- yong’inga ancha chidamli, lekin ba’zi holda maxsus maqsadda ishlatiladigan jun tolalariga ishlov beriladi. Antipiren jundagi keratinga bog’lanadi. Sintetik tolalardan yong’inga eng chidamsizligi bu- poliamid tolalaridir. Bu tolaning yong’inga chidamliligini oshirish zarur. PAN tolasi uchun ishlatiladigan antipirenlarga fosfor kislotasining NH3 li tuzlari, titan va boshqalar kiradi.



Gazlamalarga antistatik xossa berish. Gazlamalar ekspluatatsiya davrida tolalarning bir-biriga ishqalanishi hisobiga elektrlanadi, bu statik elektrlanish deyiladi. Bunday elektrlanish tolalarni qayta ishlash davrida ham paydo bo’lishi mumkin. Bu tolani qayta ishlashga halaqit beradi. Tolalar bir-biriga va qayta ishlash asboblariga yopishib qoladi. Gazlamalarning elektrlanishi esa undan tikilgan kiyimlarni kiyish jarayonida teriga yopishib qolib, yoqimsiz holatga olib keladi.

Gazlamada hosil bo’lgan statik elektrlanish inson terisiga ta’sir etishida tolaning qanday zaryadlanishi katta ahamiyatga ega, tola inson terisiga ishqalanganda quyidagicha zaryadlanadi: jun tolasi(+), poliamid (+), ipak(+), viskoza (+), paxta tolasi (-), atsetat (-), poliefir (lavsan) (-), poliakrilonitril (-). Teri (0) zaradlanmaydi.

Musbat zaryadlanadigan tola inson terisini manfiy zaryadlanishiga olib keladi va aksincha, inson terisi uchun foydalisi - bu musbat (+) zaryadlanadigan matolardir. Barcha tґіimachilik tolalarini elektrlanishiga іarab 3 guruµga bґlish mumkin. Guruhlarga ajratishda o’lchov birligi sifatida tolaning elektr o’tkazuvchanligi qabul qilingan. Elektr o’tkazuvchanlik tolaning solishtirma qarshiligi () bilan o’lchanadi.

 qancha kichik bo’lsa, tola shuncha yaxshi elektr o’tkazuvchanlikka ega va aksincha.

1-guruhga 1010 OM dan kichik bo’lgan tolalar kiradi. Bunday tolaga asosan tarkibi sellyulozadan iborat bo’lgan tolalar kiradi- paxta, viskoza. Bunday tolalarda hosil bo’lgan statik elektrlanishning yarim yo’qotish vaqti =0,5 sekund yoki undan kichkina bo’ladi.

2-guruhga =1010  1012 OM bo’lgan tolalar kiradi. Bu tolalarda hosil bo’lgan yarim yo’qolish vaqti =0,5  2,0 gacha. Bunday tolalarga oqsil tolasi, atsetat tolasi kiradi.

3-guruhga 1012 dan katta bo’lgan tolalar kiradi. Ularda =2100 sekund orasida bo’lishi mumkin. Bunday tolalarga PA, PAN, PVX tolalari kiradi.

Tolaning elektr o’tkazuvchanligiga uning namlik darajasi juda katta ta’sir ko’rsatadi. Tolaning namlik darajasi kamaygan sari  µam kamayadi va aksincha.

Shuning uchun tolaning elektr qarshiligini o’lchashda standart sharoit bo’lishi kerak. Gazlamalarga yakunlovchi pardoz berishda gazlamaning ishlatilish joyiga qarab, unga maxsus antistatik ishlov berish bilan elektrlanishni yo’qotishi yoki kamaytirishi mumkin.

Bajariladigan ishlov berish jarayoni tolaning solishtirma qarshiligini kamaytirishga yoki elektr o’tkazuvchanligini kamaytirishga qaratilgan bo’lishi mumkin.


Bajariladigan antistatik effekt har xil bo’lishi mumkin:

  1. Vaqtinchalik.

  2. Doimiy.

Vaqtinchalik antistatik effekt berish uchun tolani qayta ishlash jarayonida (yigirishda, to’qishda) tolaga antistatik preparatlar bilan ishlov beriladi. Keyinchalik bo’yash, gul bosishda bu effekt yo’qolib ketadi. Bu maqsadda ishlatiladigan preparatlar asosan S.A.M. lardan iborat bo’lib, ularga turli uglevodorodlar, yog’lar qo’shib emulsiya holiga keltiriladi. Emulsiya tarkibidagi uglevodorod tolaning ishqalanish koeffitsiyentini kamaytiradi, S.A.M. esa tola sirtida elektr o’tkazuvchanlikni oshiradi. Bu maqsadda S.A.M. lardan foyda ko’radigan tolalardan foydalanish kerak, chunki ular hosil qiladigan zaryadlar tola sirtida elektr o’tkazuvchanlikka yordam beradi. Bunday preparat bilan ishlov berilganda preparatning toladagi miqdori tola og’irligiga nisbatan 2-7% bo’lishi kerak.

Bu maqsadda ishlatiladigan preparatlar quyidagilar: alkamon OS-2, tetramon S, preparat OS-20, stearoks-6-920 va h.k.

Korxonada bunday ishlov berish texnologiyasi quyidagicha: plyusovkada preparatning 5-20g/l li eritmasiga shimdiriladi, siqilib, quritgichda quritiladi. Bunda gazlamalarning solishtirma elektr qarshiligi taxminan 108 OM gacha kamayishi mumkin. Tolada doimiy antistatik effekt hosil qilish uchun tola strukturasiga antistatik preparatlar payvandlanadi. Bunda hosil bo’ladigan effekt yuvishga va kimyoviy tozalanishlarga chidamli bo’ladi. Bunday antistatik preparatlar sifatida tarkibida quyidagi guruµhlari bo’lgan moddalar ishlatiladi: -SO3Na, Sell-O-SO3Na, -COONa, -COONH2, -COOH-, Cl, OH-, CN, CH3COO- antistatik effekt doimiy bo’ladi.

Ifloslanishga qarshi pardoz berish. Gazlamaga ifloslanishga qarshi pardoz berganda uzoq muddatgacha gazlama kir bo’lmaydi. Gazlamaning yuvish soni kamayib, ishlash muddati uzayadi.

Ifloslanishga qarshi beriladigan pardoz 2 xil bo’ladi:

1.Iflosni itaruvchi pardoz.

2.Iflosni yo’qotuvchi pardoz.

Birinchi pardoz asosan gazlamaga o’tiradigan changga quruq iflos qarshi bo’ladi. Ikkinchi pardoz asosan ko’p yuviladigan kiyim-kechaklarga berilib, iflosni yuvish jarayonida chiqishini osonlashtiradi. Birinchi xil pardoz uchun bir necha metallarning (Ti, Zn, Al, sirkoniy) oksidlari ishlatiladi. Lekin bularning kamchiligi- yuvilganda yuvilib ketishidir.

Nazorat savollari:

1. Gazlamalarga beriladigan gidrofob pardoz necha xil bo’ladi, ularning farqi qanday?



  1. Gidrofob pardoz maqsadida qanday preparatlardan foydalanish mumkin?

  2. Oleofob pardoz nima va u qanday beriladi?

  1. Kremniy organik birikmalarning tola bilan birikish sxemasi qanday?

  2. Qanday tolalar mikroorganizmlar ta’siriga chidamsiz?

Gazlamalarning mikroorganizmlardan himoyalashning aktiv va passiv usullari qanday?

  1. Gazlamani alangalanmaydigan holga keltiruvchi pardoz qanday beriladi?

  2. Gazlamani yong’inga chidamliligini butunlay oshiradigan pardoz qanday beriladi?

  3. Birinchi va ikkinchi tur antipirenlariga qaysi moddalarni misol qilib keltirish mumkin?

  4. Antipiren va sellyuloza tolasi orasidagi ta’sir sxemasi qanday?

  5. Gazlamalardagi statik elektrlanish nima?

  6. Antistatik pardoz beruvchi preparatlarning ta’sir mexanizmi qanday?


AMALIY MASHG’ULOTLAR

1-MAVZU:

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

TAYYORLOV JARAYONINI NAZORAT QILISH USULLARI

Tolali materiallarning pardozlash kimyoviy texnologiyasi xom matoni pardozlash hamda tola va uning asosidagi mahsulotlarga yangi xossalarni berishga qaratilgan bir qator murakkab va turli-tuman jarayonlarni o’z ichiga oladi. Pardozlashga tayyorlash, bo’yash, gul bosish va yakuniy pardoz berish jarayonlari tolalarning turli assortimentlari va ularning aralashmalari asosidagi to’qimachilik materiallariga beriladi. Kimyogar texnologlar jihoz va agregatlarning ish unumdorligiga, mahsulot sifati, kimyoviy va bo’yovchi moddalardan SFMarali foydalanishga ta’sir etuvchi ko’p faktorli texnologik jarayonlarni maqbul parametrlarini hisoblay olish qobiliyatiga ega bo’lmoqlari zarur. Barcha texnologik jarayonlar tolali materialga fizik-kimyoviy, issiqlik va mexanik omillarni birgalikdagi ta’siriga asoslangan.



Pardozlash korxonalaridagi barcha kimyoviy-texnologik jarayonlarni ifodalovchi va texnologik hisoblarni tuzishning asosiy omillariga quyidagilar ta’lluqli: - tolali materiallarni jihoz va agregatlardan o’tishi, hamda uzlukli jarayonlarda ularga ishlov berish chog’idagi mexanik ta’sir; - tolali materiallarni kimyoviy moddalar bilan texnologik muhitdagi (qattiq, suyuq va gaz) o’zaro ta’siri; - pardozlash jarayonidagi texnologik parametrlar. masalalarning murakkabligi tolali materiallarning strukturasini turli-tumanligi va texnologik muhitni ko’p komponentliligi bilan bog’liqdir. Quyida hisob-kitoblar ob’ekti sifatida asosiy texnologik jarayonlarning qisqacha xarakeristikalari keltirildi.

Pardozlashga tayyorlash jarayonini nazorat qilish va hisoblarni bajarish ob’ektlari: korxona yoki bo’limdagi jihozlarning ishlab chiqarish quvvati; jarayonning matematik modelini ishlab chiqish va uning asosida optimal sharoitlarni tanlash; material massasi; materialning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari (uzilishdagi cho’zilishi, uzilish kuchi, kirishishi, cho’zilishi); materialning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari (kapillyarligi, ho’llanishi, oqlik darajasi va uning mustahkamligi); ishlov berish eritmalarining tarkibi va undagi reagentlar kontsentratsiyasini o’zgarish dinamikasi (ishqor, oqartiruvchi, to’qimachilik yordamchi moddalari); pH muhitining o’zgarishi; mahsulot birligiga sarf bo’ladigan kimyoviy moddalar miqdori; kimyoviy moddalardan SFMarali foydalanish nazorati; pardozlashga tayyorlash jarayoni natijasini texnik-iqtisodiy tomondan tahlili; turli usullarda olib borilgan jarayonlar SFMaradorligini taqqoslash. Hisoblarni olib borish uslubi, hajmi va tarkibi, tanlab olingan texnologik jarayon va ishlatiladigan jihozlar xarakteristikasiga bog’liq bo’ladi.

merserlash jarayonidagi asosiy hisoblardan biri bu ishqor balansi hisobidir. Merserlash jarayonini nazorat qilish va hisoblarni bajarish ob’ektlari: sellyuloza tolali materialga kontsentrlangan ishqor eritmasi bilan ishlov berish davomiyligi va harorati; ho’l va quruq materialni merserlash jarayonidagi ishqor kontsentratsiyasi va uning solishtirma sarfi; shimdirish va yuvish bo’limidagi ishqorning kontsentratsiyasi va harorati; merserlanadigan materialning fizik-mexanik xossalari; matoning fizik-kimyoviy xossalari (yaltiroqligi va bo’yaluvchanligi).

2-MAVZU:

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

ISHCHI VA TO’YINTIRUVCHI ERITMALAR KONSENTRATSIYASI HISOBI

1-misol. Pardozlash fabrikasiga 20 kg 92%-li soda keltirilgan, uning 100%-li va standart (95%-li) kontsentratsiyadagi miqdorini aniqlang.

Yechilishi. 92%-li 20 kg texnik mahsulotdagi 100%-li soda miqdorini aniqlaymiz, bunda quyidagi tenglikdan foydalanamiz:

V1 C1 = V2 C2

92 . 20 = 100 . x

X=92 .20 / 100 = 18,4 kg

Shu miqdordagi soda standart kontsentratsiyadagi mahsulotda ham bo’lishi kerak. Agar 100%-li mahsulotda 18,5 kg soda bo’lsa, u holda 95%-li mahsulotda x kg soda bo’ladi, demak:

18,5 . 100 /95 = 19,5 kg yoki 92 . 20 /95 = 19,5 kg.



2-misol. Bir partiya zig’ir tolali matoni uzlukli usulda oqartirish uchun 100%-li vodorod peroksiddan 3,6 kg talab etiladi. Korxonada 30%-li vodorod peroksidning 30 g/l li eritmasi bor. Bir partiya matoni oqartirish uchun shu eritmadan qancha kerakligini hisoblang.

Yechilishi. Yuqorida keltirilgan formula yordamida 100%-li eritma kontsentratsiyasini aniqlaymiz:

30 . 30 / 100 = 9 g/l

Oqartirish uchun 100%-li vodorod peroksiddan 3,6 kg kerak. demak 1 l eritmada 9 g modda bo’lsa, 3,6 kg modda necha litr eritmada bo’lishini hisoblaymiz, buning uchun barcha birliklarni bir sistemaga o’tkazamiz:

9 g – 1000 ml

3600 g – x ml

X= 3600 . 1000 / 9 = 400000 ml yoki 400 l 30%-li eritma talab etilar ekan.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling