Kimyoviy texnologiya
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik rejim
Ko’rsatgichlar Reaktordagi harorat º C 180 – 230 Reaktordagi bosim, MPa 7,5 – 8,5 Katalizator sarfi, %(mas) 0,09 – 0,20 Moddiy balansi Kelib tushdi Propan- propilenli frakstiya 100,0 Jami 100,0 Olingan Polimer benzin ( frakstiya q.b -205 º C) 32,4 205 º C dan yuqori bo’lgan qoldiq 3,6 Reakstiyaga kirishmagan propan –proilenli frakstiya 64,0 Jami 100,0 2.3. Tabiiy gazdan sintetik suyuq yonilg’i ishlab chiqarish texnologiyalari Tabiiy gazdan sintetik suyuq yonilg’i ishlab chiqarish texnologiyasining birinchi bosqichida havoni tayyorlash, separastiyalash, frakstiyalash va kislorod olish jarayonlari amalga oshiriladi. Boshqa shunday bir texnologiyalarda havoni frakstiyalash talab etilmaydi yani kislorod o’rniga havo ishlatiladi. Jarayonning ikkinchi bosqichi Fisher-Tropsh reaktorida amalga oshiriladi. Fisher-Tropsh reaktori yuqori ekzotermik bo’lganligi uchun issiqlikni tezda ajratib olish talab etiladi. Shuningdek ortiqcha metan va engil uglevodorodlar hosil bo’ladi, kokslanish, qizdirilib biriktirish va emirilish natijasida katalizator dezaktivastiyalanadi Sanoatda ko’p trubali qo’zg’almas va mavhum qaynash qatlamli reaktorlar qo’llaniladi. Suyuq uglevodorodlar sintezida reaktorda suspenziyalangan kobalt katalizatori qo’llaniladi. Bu bosqichda kapital xarajatlar barcha ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 20-25% ni tashkil etadi. Jarayonning uchinchi bosqichida uglevodorodlarni gaz-suyuqlik aralashmasi gidrirlash, gidrokrekinglash, gidroizomerlash va rektifikastiya usullari orqali tozalab olinadi. Syntroleum kompaniyasining GTL ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagicha: Tabiiy gazdan suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish jarayoni uch asosiy texnologik bloklardan iborat. Asosiy texnologik bloklar-ATR texnologiyasi bo’yicha sintez- gaz olish, Fisher-Tropsh sintezi, mahsulotni tozalash va ajratib olish. Birinchi texnologik blokda avtotermik riforming boradi, ya’ni atmosferadan havoni kompromirlash, tabiiy gaz va havoni qizdirish, reaktorda bug’ ishtirokida bug’gaz aralashmasini kuydirish, so’ngra u katalizator qatlamidan o’tkaziladi, 975- 1050 0 S haroratda metanni bug’ riforming ekzotermik reakstiyasi boradi. ATR ga kirishda o’zgarmas haroratda gazni qizishini ta’minlash va bug’ riforming reakstiya muvozanatini hosil qilish uchun fiksirlangan kislorod miqdori kuydiriladi, natijada sintez-gaz hosil bo’ladi. Kislorod manbai havo hisoblanadi, sintez-gaz suyulishini ta’minlaydi. ATR da sintezlangan gazni sovutish kerak, bug’ qozon-utilizatorga uzatiladi. Ikkinchi texnologik blokda Fisher-Tropsh reaktorida asosiy jarayon boradi,ya’ni sintez gaz 190-250 0 S haroratda va 1,0-4,0 MRa bosimda turli uzunlikka ega bo’lgan suyuq parafin uglevodorodlarga konversiyalanadi. Jarayonda FT-401 markali katalizator qo’llaniladi, ma’lum miqdori davriy ravishda regenerastiyalanadi va reaktorga uzluksiz regenerstiyani ta’minlash uchun berib turiladi. Uchinchi texnologik blokda vodorod ishtirokida katalitik kreking olib boriladi. Gidroizomerlash jarayonida og’ir uglevodorodlar engil va o’rta distillyatlarga aylantiriladi (kerosin va dizel yoqilg’ilar). Qo’zg’almas qatlamli katalizator bilan 250-350 0 S haroratda va 7,0-8,0 MRa bosimda katalitik kreking natijasida GTL tarkibida og’ir qoldiq qoladi. Gidrokreking katalizatori sifatida oltingugurt birikmalari kobalt, molibden yoki nikel bilan birikmasi ishlatiladi. GTL texnologiyasi bo’yicha olingan butun mahsulot ekologik toza bo’lib, tarkibida aromatik uglevodorodlar, oltingugurt, azot bo’lmaydi, yuqori sifatli neft yoqilg’isi hisoblanadi. Sintetik dizel yonilg’i asosiy ko’rsatkichlari neft frakstiyasidan olingan dizel yonilg’i ko’rsatkichlariga mos keladi (EN-590 standartiga to’g’ri keladi): - stetan soni 75 punktdan ko’p 55u an’anaviy dizyonilg’iga nisbatan; - 0,1% poliaromatik uglevodorod miqdori 6% ga nisbatan; - oltingugurt miqdori 0ppm 50ppm nisbatan; - zichligi 767 kg/m 3 835 kg/m 3 ga nisbatan. Sintetik nafta (S 5 -S 10 ) KFEU (keng frakstiyali engil uglevodorodlar) amaliyotda gazni qayta ishlash zavodidagi yo’ldosh neftli gazlarni qayta ishlash natijasida olinadi. Sintetik nafta etilen va propilen olish uchun ideal xom ashyo hisoblanadi. Nafta –bu to’g’ridan to’g’ri haydalgan benzindir. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling