25
Aralashma va erituvchi zichliklarining ayirmasi juda kichik bo‟lgan holatda
ham bunday ekstraktorlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Bu turdagi
ekstraktorlarning tuzilishi juda ixcham,
ish unumi katta, ekstraksiyalash jarayoni
esa katta tezliklarda boradi.
Formasevtika sanoatida (penitsilin va boshqa antibiotiklar olishda), organiq sintez
jarayonlarida, ochsimlik moylarini tozalashda va
boshqa bir qator sohalarda
markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan ekstraktorlar muvaffaqiyatli ravishda
Markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktor:
1 — rotor; 2 — rotorning qobig`i; 3 — val.
qo‟llanilmoqda. Sanoatda ko‟p tarqalgan markazdan qochma kuch ta`sirida
ishlaydigan ekstraktoming sxemasi ko‟rsatilgan. Rotorning
ichida spiralsimon
perforasiya qilingan lenta joylashtirilgan. Lentaning teshiklaridan ikkala faza
o‟tadi. Val katta tezlik (600-1200 min) bilan harakat qiladi. Yengil faza rotorning
chekasiga
yuboriladi, og`ir faza esa rotorning markaziga yaqin joyga beriladi.
Rotor aylangan paytda markazdan qochma kuch ta`sirida lentaning teshiklarida
fazalarning jadallashtirilgan kontakti yo‟z beradi;
bunday jarayonda spiralning
kanallarida va silindrlar oralig`idagi bo‟shliqda uzluksiz ravishda fazalarning
ajralishi ham davom etadi. Bunday ekstraktorlar kamchiliklardan ham xoli emas:
tuzilishi
birmuncha murakkab; ayrim paytlarda suyuqliklarni qurilmaga bosim
bilan berishga to‟g`ri keladi.