Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 182-xtf(sirtqi, organika) yo’nalishi talabasi Baxodirov Abduraim Baxrom o`g`lining


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana05.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1080634
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Baxodirov Abduraim Baxrom ogli

1,2 ..... n- 1, n — pog’onalar; 
Ye
1
 — birinchi pog’onadan chiqayotgan ekstrakt; 
R
1

n
 — oxirgi pog’onadan chiqayotgan rafinat. 
Qurilma bir-biri bilan ketma-ket bog`langan 
n
ta pog‟onalardan tashkil topgan. 
Dastlabki eritma F va ekstragent S qarama-qarshi yo‟nalishga ega bo‟lib, oxirgi 
tarkibi E
1
ga teng bo‟lgan ekstrakt birinchi pog‟onadan, oxirgi tarkibi R
n
ga teng 
bo‟lgan rafinat esa n-pog‟onadan o‟zatiladi. Ekstraksiyalashning ushbu usuli 
texnikaviy-iqtisodiy jihatdan katta afzalliklarga ega bo‟lganligi sababli sanoatda 
keng ishlatiladi. Ekstraksiyalashning ko‟p pog‟onali va qarama-qarshi yo‟nalishli 
usuli kolonnali ekstraktorlarda va aralashtirgich tindirish qurilmalarida amalga 
oshiriladi. 
Oxirgi yillarda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun sanoatda flegma yordamida 
ishlaydigan qarama-qarshi yo‟nalishli va ikkita erituvchidan foydalanishga 
asoslangan usullar ham keng qo‟llanilmoqda. 


19 
3.3 Ekstraktorlarning turlari 
Sanoatda ishlatiladigan ekstraktorlar asosan uch turga bo‟linadi: aralashtirish 
tindirish; kolonnali; markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan. 
Aralashtirish tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan 
aralashtirish tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli qurilmalar bajaradi. 
Bir pog‟onali ekstraksiyalashni uzluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish 
va tindirish) dan iborat qurilmalar ishlatiladi 
Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi 
bo‟ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada aralashma ikki qismga 
ajraladi. Yengil fraksiya (ekstarkt) idishning tepasida joylashgan shtutser orqali 
chiqadi. Og`ir fraksiya (rafinat) esa tindirgichning pastki qismidagi shtutser orqali 
tashqariga chiqadi. 
Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab tuzilishga ega bo‟lgan boshqa 
tindirish qurilmalari (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma 
separatorlar) ham keng ishlatiladi. 
Sanoatda ko‟pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operasiyalari bitta 
qurilmada 
amalga 
oshiriladi. 
Bunday 
qurilmalar 
aralashtirish tindirish 
ekstraktorlari deb ataladi Dastlabki eritma L va erituvchi (7 tegishli quvurlar 
orqali aralashtirish kamerasiga yuboriladi. Aralashtirish zonasida aralashtirgich 
doim ishlab turadi. Hosil bo‟lgan aralashma yuqoriga ko‟tariladi, so‟ngra 
halqasimon bo‟shliq orqali ajratish zonasiga o‟tadi. Og`ir fraksiya L qurilmadan 
sifonli quvur orqali, yengil fraksiya P esa qurilmaning yuqorisida joylashgan 
shtutser yordamida tashqariga chiqadi. O‟zaro ta`sir qilayotgan suyuqliklar maxsus 
quvur orqali retsirkulyatsiya qilinadi 


20 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling