Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 182-xtf(sirtqi, organika) yo’nalishi talabasi Baxodirov Abduraim Baxrom o`g`lining
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxodirov Abduraim Baxrom ogli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3 Ekstraktorlarning turlari
1,2 ..... n- 1, n — pog’onalar;
Ye 1 — birinchi pog’onadan chiqayotgan ekstrakt; R 1 n — oxirgi pog’onadan chiqayotgan rafinat. Qurilma bir-biri bilan ketma-ket bog`langan n ta pog‟onalardan tashkil topgan. Dastlabki eritma F va ekstragent S qarama-qarshi yo‟nalishga ega bo‟lib, oxirgi tarkibi E 1 ga teng bo‟lgan ekstrakt birinchi pog‟onadan, oxirgi tarkibi R n ga teng bo‟lgan rafinat esa n-pog‟onadan o‟zatiladi. Ekstraksiyalashning ushbu usuli texnikaviy-iqtisodiy jihatdan katta afzalliklarga ega bo‟lganligi sababli sanoatda keng ishlatiladi. Ekstraksiyalashning ko‟p pog‟onali va qarama-qarshi yo‟nalishli usuli kolonnali ekstraktorlarda va aralashtirgich tindirish qurilmalarida amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun sanoatda flegma yordamida ishlaydigan qarama-qarshi yo‟nalishli va ikkita erituvchidan foydalanishga asoslangan usullar ham keng qo‟llanilmoqda. 19 3.3 Ekstraktorlarning turlari Sanoatda ishlatiladigan ekstraktorlar asosan uch turga bo‟linadi: aralashtirish tindirish; kolonnali; markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan. Aralashtirish tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli qurilmalar bajaradi. Bir pog‟onali ekstraksiyalashni uzluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat qurilmalar ishlatiladi Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi bo‟ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada aralashma ikki qismga ajraladi. Yengil fraksiya (ekstarkt) idishning tepasida joylashgan shtutser orqali chiqadi. Og`ir fraksiya (rafinat) esa tindirgichning pastki qismidagi shtutser orqali tashqariga chiqadi. Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab tuzilishga ega bo‟lgan boshqa tindirish qurilmalari (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma separatorlar) ham keng ishlatiladi. Sanoatda ko‟pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operasiyalari bitta qurilmada amalga oshiriladi. Bunday qurilmalar aralashtirish tindirish ekstraktorlari deb ataladi Dastlabki eritma L va erituvchi (7 tegishli quvurlar orqali aralashtirish kamerasiga yuboriladi. Aralashtirish zonasida aralashtirgich doim ishlab turadi. Hosil bo‟lgan aralashma yuqoriga ko‟tariladi, so‟ngra halqasimon bo‟shliq orqali ajratish zonasiga o‟tadi. Og`ir fraksiya L qurilmadan sifonli quvur orqali, yengil fraksiya P esa qurilmaning yuqorisida joylashgan shtutser yordamida tashqariga chiqadi. O‟zaro ta`sir qilayotgan suyuqliklar maxsus quvur orqali retsirkulyatsiya qilinadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling