Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 182-xtf(sirtqi, organika) yo’nalishi talabasi Baxodirov Abduraim Baxrom o`g`lining


Poliakrilamid ishlab chiqarish texnologik sxemasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana05.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1080634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Baxodirov Abduraim Baxrom ogli

Poliakrilamid ishlab chiqarish texnologik sxemasi 
1-erituvchi; 2-filtr; 3-reaktor; 4-issiqlik almashtirgich; 5-yig’gich; 6-aylanuvchi 
baraban; 7-olib chiqib ketish qurilmasi; 8-bunker; 9-ekstraktor; 10-vakuum 
quritgich. 


13 
3.2 Ekstraksiya jarayonining ahamiyati 
Eritmalar tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta`sir qiluvchi 
erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb 
yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‟zaro aralashtirilganda erituvchida 
faqat tanlangan komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon 
eriydi yoki butunlay erimaydi. 
Ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsiyalash kabi suyuqlik aralashmalarini 
ajratish uchun qo‟llaniladi. Bu usullarning qaysi birini tanlash aralashmalar 
tarkibidagi moddalarning xossalariga bog`liq. Rektifikatsiyalash jarayoni odatda 
issiqlik ta`sirida boradi. Ekstraksiyalashni amalga oshirish uchun issiqlik talab 
etilmaydi. 
Rektifikatsiyalash 
aralashma 
komponentlarining 
har 
xil 
uchuvchanliklariga asoslanadi. Agar aralashma komponentlarining qaynash 
haroratlari bir-biriga yaqin yoki ular yuqori haroratlarga beqaror bo‟lsa, bunday 
hollarda ekstraksiyalash jarayoni qo‟llaniladi. 
Dastlabki eritma va erituvchi o‟zaro ta`sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt 
va rafinat) hosil bo‟ladi. Ajratib olingan moddaning erituvchidagi eritmasi 
ekstrakt, dastlabki eritmaning qoldig`i esa rafinat deb yuritiladi. Rafinat tarkibida 
biroz miqdorda erituvchi ham bo‟ladi. Olingan ikkita suyuqlik fazasi (ekstrakt va 
rafinat) bir-biridan tindirish, sentrifugalash yoki boshqa mexanik usullar 
yordamida ajratiladi. So‟ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib olinadi, 
rafinatdan esa erituvchi regenerasiya qilinadi. 
Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash, bug`latish va 
hokazo) ga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega: jarayon past haroratda olib 
boriladi; eritmaning bug`lanishi uchun issiqlik talab qilinmaydi; tanlab ta`sir qilish 
xususiyatiga ega bo‟lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor.
Bu usul ham kamchiliklardan xoli emas; qo‟shimcha komponent (erituvchi)ni 
ishlatish va uni regenerasiya qilishni tashkil etish qurilmalar sxemasini 
murakkablashtiradi va ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi. 


14 
Suyuqlik-suyuqlik sistemalarini ekstraksiyalash jarayonlari kimyo, neftni qayta 
ishlash, neft kimyosi, rangli metallar metallurgiyasi va sanoatning boshqa 
tarmoqlarida keng qo‟llaniladi. Bu jarayonlar turli organic va neft kimyoviy sintez 
mahsulotlarini toza holda ajratib olish, nodir va kam tarqalgan elementlarni olish 
va ularni ajratish, chiqindi suvlarini tozalash va shu kabi boshqa bir qator ishlarni 
amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Ayrim sharoitlarda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan birgalikda olib 
boriladi. 
Suyuqlik 
aralashmasi 
rektifikatsiyalashdan 
oldin 
birlamchi 
ekstraksiyalash yo‟li bilan qisman ajratilsa, rektifikatsiyalash uchun issiqlik 
xarajatlari ancha kamayadi. 
Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan qurilmalar ekstraktorlar deb 
ataladi. 
Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi 
yoki ekstragent deb ataladi. Erituvchilarga bir qator talablar qo‟yiladi. Bular 
qatoriga quyidagilar kiradi: 
1) Kerakli komponentga nisbatan tanlab ta`sir qilish hususiyatiga ega bo‟lishlik; 
2) Erituvchining kerakli komponentni o‟zida eritib, yutib olish qobiliyati; 
3) Erituvchi tarkibidan yutilgan komponentni engil ajratib olish ya‟ni 
reekstraksiyalash imkoniyati borligi; 
4) Fazalarning qatlamlarga oson ajralishi; 
5) Erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo‟lishligi; 
6) Saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va ekstraksiyalash) parchalanib 
ketmasligi; 
7) Narxi arzon bo‟lishi; 
8) Oson topiladigan, ya‟ni kamyob bo‟lmasligi; 


15 
9) Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‟lgan suyuqlik zichligidan 
kam bo‟lishi maqsadga muvofiq. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar uch guruhga 
bo‟linadi: 
1) Organik kislotalar yoki ularning tuzlari (alifatik monokarbon kislotalari, naften 
kislotalari, sulfokislotalar, fenollar va hokazo); 
2) Organik asoslarning tuzlari (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning 
tuzlari va hokazo); 
3) Neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, aldegidlar va 
ketonlar). 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling