Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet79/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Tajriba mashg‘uloti

1-ish. BaCl2 ∙ 2H2O tarkibidagi kristallangan suv miqdorini aniqlash


Kerakli asbob-uskuna va moddalar: texnik tarozi va tarozi toshlari; analitik tarozi va tarozi toshlari; analitik toza BaCl2 ∙ 2H2O; byuks; qisqich; quritish shkafi; eksikator; termometr.
Tortma analizning haydash usulidan foydalanib, kristallogidratlar tarkibidagi kristallangan suv miqdori aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: diametri 3-4 sm bo‘lgan byuks oling, shlifli qismiga oddiy qalam bilan nomeringizni qo‘ying, yaxshilab yuving, distillangan suv bilan chayqab, qurit­ish shkafida qopqog‘ini yopmasdan qirrasi bilan qo‘yib, 115— 125° С haroratda quriting. 45—60 minut o‘tgach byuksni eksikatorga qo‘ying, sovigandan so‘ng texnik tarozida, keyin analitik tarozida torting. Shundan keyin byuksga toza BaCl2 ∙ 2H2O dan 1,5-2 g atrofida soling, oldin texnik tarozida, keyin analitik tarozida torting. Byuks va byuksning modda bilan birgalikdagi massasini laboratoriya jurnalingizga yozib qo‘ying.
Byuks qopqog‘ini qirrasi bilan qo‘ying va 1,5—2 soatga 120 – 125 0C gacha qizdirilgan quritish shkafiga qo‘ying. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan so‘ng byuksni eksikatorda soviting va yana taro­zida torting. Quritish va tortish ishlari byuksning ichidagi modda bilan birgalikdagi massasi o‘zgarmay qolguncha (ikkinchi tortish birinchisidan ko‘pi bilan 0,0002 g farq qilishi kerak) quritish va tortishni davom ettiring.
Olingan natijalardan foydalanib, BaCl2∙2H2O dagi kristallangan suvning miqdorini hisoblashni quyidagi jadval ko‘rinishida rasmiylashtiring.


20-jadval
BaCl2∙2H2O tarkibidagi kristalizatsiya suvining miqdorini aniqlash


Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling