Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet80/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

TT/r

Aniqlash tartibi

Qiymat

Izoh

1

Bo‘sh byuksning qizdirilgandan keyingi massasi







2

Byuksning namuna (BaCl2∙2H2O) bilan quritishdan oldingi massasi, g







3

Namuna (BaCl2∙2H2O) massasi, g







4

Byuksning tortim bilan quritishdan keyingi massasi:
1-qizdirish, g










2-qizdirish, g










3-qizdirish, g







5

Tortimdagi kristallangan suvning amaliy hisob- lashdagi miqdori:










Grammlarda










foizlarda (%)







6

Namunadagi kristallangan suvning nazariy hisoblangan miqdori:










Grammlarda










foizlarda (%)







7

Analiz natijalarini hisoblash







Olingan natijalar quyidagi formulalar asosida hisoblanadi:
2O)х% =m1 ∙ 100/m ,
bu yerda: m - namuna massasi, g;
m - kristallangan suvning miqdori, g.
Tajribada yo‘l qo‘yilgan xato:
a) absolut xato: x = xtaj- xnaz
b) nisbiy xato: xnisb = x/ mnaz
2-ish. Bariy xlorid tarkibidagi bariyning miqdorini aniqlash.
Kerakli asbob-uskuna va moddalar: texnik tarozi va tarozi toshlari; analitik tarozi va tarozi toshlari; quritish shkafi; kuydirish pechi; tigel; eksikator; qisqich; byuks yoki soat oynasi; voronka; halqa o‘rnatiIgan shtativ; yuvgich; analitik toza BaCl2∙2H2O tuzi; 2 n li H2SO4 eritmasi; 2 n li HC1 eritmasi; 0,1 n li AgNO3 eritmasi; ko‘k tasmali filtr qog‘ozi.
Bariy xlorid tarkibidagi Ba2+ ionlarini gravimetrik usulda aniqlash quyidagi reaksiyaga asoslangan:
BaCl2 +H2SO4 = BaSO4+2HC1
ion-molekular ko‘rinishi:
Ba2+ + SO42- = BaSO4
Analiz uchun BaCl2∙2H2O ning kristallangan tuzidan 0,5- 0,6 g byuksda yoki soat oynasida olinadi va oldin texnik, keyin analitik tarozida tortiladi.
Modda hajmi 250-300 ml li stakanga solingandan keyin byuks (soat oynasi) analitik tarozida tortiladi va namuna miqdori ular farqidan topiladi:
m = m1- m2,
bu yerda: m1- byuksning BaCl2∙2H2O bilan birga massasi, g;
m2 - byuksning massasi, g;
m - BaCl2∙2H2O ning massasi.
Modda suyultirilgan eritmalarda cho‘ktiriladi. Shu sababli olingan tuz tortimini 80-100 ml distillangan suvda shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib eriting va 60-700С gacha qizdiring. Shisha tayoqchani cho‘ktirishning oxirigacha stakandan olmang, chunki unda eritma tomchilari qolishi mumkin. Eritmadagi boshqa ionlar BaSO4 cho‘kmasi bilan birgalikda cho‘kmasligi uchun eritmaga 2 n HC1 eritmasidan 2-3 ml quying. H2SO4 ning hajmini cho‘ktiruvchining hajmini hisoblang. H2SO4 eritmasini tomchilatib issiq eritmaga qo‘shib shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Ba2+ ionlarining to‘liq cho‘ktirilganligini tekshiring. Buning uchun stakan devori bo‘ylab eritmaga 2-3 tomchi sulfat kislota tomizing. Kislota tomchisi tushgan joyda loyqalanish bo‘lmasa, cho‘ktirish tugallangan hisoblanadi. Cho‘kma yetilishi uchun keyingi mashg‘ulotgacha qoldiring. Cho‘kmani zichligi katta bo‘lgan ko‘k tasmali filtr orqali filtrlang; filtrdagi cho‘kmani yuving. Yuvuvchi suyuqlik sifatida HNO3 kislotasi qo‘shilgan qaynoq suv (ya’ni 100 ml suvda 2 n HNO3 eritmasidan 5 ml qo‘shing) ishlating. Yuvishni cho‘kmada Сl- ionlari qolmaguncha davom ettiring. Buning uchun filtratdan olib, Сl- ionlariga xos reaksiya bilan (AgNO3 ta’sir ettirib) tekshiring. Filtrdagi cho‘kmani quritish shkafida quriting. Oldindan tozalab qizdirilgan tigelni analitik tarozida torting. So‘ngra filtrni cho‘kma bi­lan birga ehtiyotlik bilan tigelga soling va mufel pechida kuydiring. Eksikatorda sovitilgan tigelni analitik tarozida torting. Tigelni massasi o‘zgarmay qolguncha qizdirishni va tortishni takrorlang. Olingan analiz natijalarini jadval ko‘rinishida rasmiylashtiring.
Olingan natijalar quyidagi formulalar asosida hisoblanadi:
(Ba)x% = m1 ∙ 100/m ,
bu yerda: m - namuna tarkibidagi Ba2+ miqdori, g;
m1 - tortma ko‘rinishidagi BaSO4 tarkibidagi Ba2+ miqdori, g.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling