Сidish doim. = χKClRKCl hisoblab topiladi.
6.1 – jadval
Harorat, C
|
1n KCl
|
0,1n KCl
|
0,01n KCl
|
0,02n KCl
|
15
|
0,09252
|
0,01048
|
0,001147
|
0,002243
|
18
|
0,09827
|
0,01120
|
0,001225
|
0,002397
|
21
|
0,01040
|
0,01181
|
0,001305
|
0,002553
|
25
|
0,11180
|
0,01288
|
0,001413
|
0,002765
|
Umumiy elektr o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan juda suyultirilgan eritmalar uchun suvning o‘zini ham elektr o‘tkazuvchanligi hisobga olinadi. Suvda elektr o‘tkazuvchanlikning paydo bo‘lishi uning molekulalari juda oz miqdorda bo‘lsa ham H+ va OH- ionlariga dissotsiyalanishidandir, buni unda erigan is gazi va shishadan erib o‘tgan moddalar borligi bilan tushuntirsa bo‘ladi. Suvning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun elektrodlar va shisha idish tozalab yuviladi va unga 40ml suv quyiladi. Termostatga 15 minutcha qo‘yilib, keyin uning qarshiligi o‘lchanadi va suv bir necha marta almashtirilib o‘lchashlar takrorlanadi. Suvning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
So‘ngra elektrodlarni ehtiyotkorlik bilan idishdan chiqarib, suv to‘kiladi va pipetka yordamida tekshirilayotgan kuchsiz elektrolitning 0,1n eritmasidan 40 ml quyiladi. Bu eritmaning 10 l da 1g-ekv. erigan modda bor, ya’ni u 10 marta suyultirilgan. Elektrolit eritmasi quyilgan idish termostatga o‘rnatiladi va u termostatning haroratini qabul qilgandan keyin Rx aniqlanadi. Pipetka yordamida idishdan 20 ml eritma olib tashlanadi va 20 ml distillangan suv quyiladi. U suv termostatdagi alohida kolbachadan olinadi. Endi idishdagi tekshirilayotgan eritma 2 marta suyultirilgan bo‘lib, umumiy suyultirish esa 20 ga teng, ya’ni tekshirilayotgan moddaning 1g-ekv. 20 litrda erigan. Uning qarshiligi aniqlanadi. Yana pipetka yordamida eritmadan olinib, uning o‘rniga 20 ml distillangan suv solinadi. Suyultirish yana 2 marotaba oshadi, boshlang‘ich eritmaga nisbatan esa 40 marta bo‘ladi, ya’ni 1 g-ekv. modda 40 l suvda eriganligiga to‘g‘ri keladi, yana qarshilik aniqlanadi. Bunday tajribalar 5-6 marta takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd etib boriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |