Kimyoviy va fizik usullar bilan vodorod ishlab chiqarish.


Download 30.46 Kb.
bet5/6
Sana18.02.2023
Hajmi30.46 Kb.
#1209733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIMYOVIY VA FIZIK USULLAR BILAN VODOROD ISHLAB CHIQARISH.

KOKS GAZINI AJRATISH.

Sintetik ammiak olish uchun kerak bo‘lgan azot-vodorod aralashmasini olishning arzon usullaridan biri koks gazi, yo‘ldosh neft gazlari, neftni past haroratda ajratib, vodorodga boy azot-vodorod aralashmasining yaratilishidir.


Koks gazi ko‘mirni 1000-1100K xaroratda, havosiz kokslashda ajralib chikadigan gaz aralashmasidir. U gaz uch xil «A», «B», «V» markada chiqarilishi mumkin. «A» markalisi boshqalarga qaraganda tozaroq va siqilgan bo‘ladi. Koks gazining urtacha tarkibi % (hajmiyda) : N2-55:62, SN4-24-28, N2-3-5, SPNm-1,5-3, SO2-2-3, O2-0,4-0,8.
Kokslash jarayoni kokslash uchoqlarida ketib, 1t. uchokqa solingan ko‘mirdan 350m3 gacha koks gazi olish mumkin.
Koks kimyo zavodlarining kimyoviy sexlarida bir qator batareyalarida xar bir batareya 70 tacha kokslash uchog‘idan iborat koks gazi smola (katron), SO2, NN3, N2S va benzolli uglevodorodlardan maxsus tozalanib chiqadi.
Eng xavfli aralashma-S2N2 lardir: NO koks gazidan O2 bilan birikib, NO2, N2O, hosil qilib ular esa koks gazi tarkibidagi to‘yinmagan, uglevodorodlar bilan smolasimon nitrobirikmalar hosil qilishi mumkkin. Ular esa koks gazini ajratish qurilmasining apparatlari devorlarida pishib, portlash hosil qilish mumkin. S2N2 esa koks gazi tarkibidagi O2 bilan qurilma remontga to‘xtatilganda, bironta kuchsiz mexanik zarba vujudga kelgudek bo‘lsa, portlab ketadi. Shuning uchun, NO portlash normasi (1,8 kg) va S2N2 ruxsat etilgan normaga yetishi bilan, qurilmani tozalash uchun to‘xtatiladi.
Koks gazini ajratishning nazariy asosi siqilgan (1,2-2MPa gacha) koks gazini sekin-asta past haroratlarda sovutib, koks gazi komponentlarini ketma-ket fraksion kondensatlar (suyuklikka aylantiri) ajratib olishdadir. Chunki vodorod bilan koks gazi suyuqlantirilgan komponentlarning qaynash haroratlari (0,1MPa bosimda vodorodniki 20,35K, azotniki 77,35K, uglerod monooksidiniki 81,68K, kislorodniki 90,18K, metanniki 111,57K, etilenniki 169,45K, propilenniki 225,40K) orasida katta farq bo‘lgani uchun sovutish natijasida bu komponentlar ketma-ket suyuqlikka o‘tib ajratib olinadilar; uglerod monooksidi, metan va vodorod esa gaz holatda koladi. Koks gazi uglerodmonooksidi va metanlardan batamom suyuq azotda 1,3MPa bosimda yuvish bilan tozalanadi. Bu ajratish jarayonlarni hisoblashda fazali muvozanatdan foydalaniladi:

Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling