Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0,7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) sig‘indilar u yoqda tursin, yil sayin kelib turgan yosh iste’dodlarni ham boshpana bilan ta’minlay olmasdi. Nomi ulug‘ — suprasi quruq. Pakananing yana daydi hayoti boshlandi. Endi ilk yoshlikkagina xos tabiiy kuch- g‘ayrat so‘nib borayotgan, qariyb o‘n yilga cho‘zilgan och-yupun talabalik beg‘amligi ta’sirini ko‘rsatmoqda, issiqqina o‘lan-to‘shak, mehribon bir parvarishga ehtiyoj tug‘ilgan edi. 6 Pakananing uylanish tarixi ham bir doston, yo‘q, komediya, yo‘q-yo‘q — tragikomediya. O‘sha yili ko‘klamda oyoqog‘riq bilan kasalxonaga tushdi. Bor o‘rinlar band ekanmi, ittifoqo, nozikroq odamlarga mo‘ljallangan ikki kishilik xonadan joy tegdi. Uch kun bir o‘zi yotdi. To‘rtinchi kuni tushdan keyin xonaning haqiqiy egasi keldi. U elliklardan oshgan, barvasta, tepakal armani — Levon amaki edi. Ikki lunji qip- qizil, burni go‘shtdor, chakichli, qovoqlari salqi — vajohatidan yomon odamga o‘xshardi. Qo‘qonda tug‘ilib voyaga yetgan, o‘zbekchani suvdek bilar ekan. Ko‘pni ko‘rgan, hazilkash, hangamachi odam. Darrov inoqlashib qoldilar. Levon amakining yor- birodari bisyor ekan. Qat’iy navbat bilan kelishadi. Xona yelimxaltayu qog‘ozxaltaga, ko‘klamda tansiq meva-chevaga to‘lib ketgan. Tayyor dastyor Pakana ularni enagayu hamshiralarga ulashib ulgurolmaydi. Bu yoqda Levon amakining choy- poyiga qarashuvi lozim. Kunduzlari beg‘am, biyron odam, kechalari belog‘riqdan voy-voylab chiqadi. Aytishicha, umurtqasiga tuz yig‘ilgan emish. Bo‘ynida ham o‘sha savildan bir hovuchi bormi, boshini erkin burolmaydi, butun gavdasi bilan o‘giriladi. Issiqda ham sharf o‘rab yuradi. Rahmi kelganidan Pakana kechalari uning bel- bo‘ynini bosib, umurtqa pog‘onalarini mushtlab, uqalab qo‘yardi. Shunday birpaslik orom chog‘larida bemor iyib ketar, mehr ibon xaloskoriga biron bir muruvvat ko‘rsatish yo‘llarini qidirib qolar edi. — Uka, sen endi uylanishing kerak ekan. Qachongacha bunday yurasan? Ke, bir ish qilaylik. O‘zingga mos, chiroylikkina bir armankani topib beray. Senga aytsam: armankalardan zo‘r xotin chiqadi. Mehnatkash, pazanda, uddaburon. Sizlar aytganday — yozda ko‘rpa, qishda ko‘rpacha. Pushaymon qilmaysan ammo! — O‘sha chiroyli armankangiz menga tegishga rozi bo‘larmikan? — dedi Pakana bir cheti ermak, bir cheti pinhona o‘kinch bilan. — Ko‘ndiramiz-da, nima deyapsan! Sizlar-ku begona millatga ko‘pam xaridor emassizlar, bilaman. Yo o‘zbechkasidan bo‘lsinmi? — E, unga uy kerak, joy kerak. Teatr… — Teatringni qo‘yib tur. Uy-joy masalasini o‘zimiz bir yoqli qilamiz, ishing bo‘lmasin, Pakana bir qo p go‘shtni alohida hafsala bilan uqalay boshladi. Bilib bo‘ladimi, juda ishbilarmon odamga o‘xshaydi… — Uylanardim-u, yaxshirog‘i uchramayapti-da, — dedi u battar tarang qilib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling