Er
kin A’zam
Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
o‘zini tanidi…
Taqdiri peshona, tan bermay iloji yo‘q.
Chakkasini ishqab vannaxonaga kirgan Pakana devordagi ko‘zguga ro‘baro‘
keldi. Ko‘zgudan yonog‘i qon, soqol-mo‘ylovi qo‘sqi, ko‘zlari qizargan, afti irkit,
badbashara allaqanday bir ta’viya boqib turardi.
Pakana. Tepakal. Xunuk. Iste’dodsiz. Omadsiz. Baxtsiz. Alamzada… Eh, mana
senga!..
Ko‘zgu chil-chil
darz ketdi, mo‘ysafidning ajinlari misoli. Pakana qonagan
mushtumini
kuh-kuhlagancha, Hilola kelib qolmasin deb,
shosha-pisha eshikka
yelkasini tirab oldi. Shunda qaytib ko‘zguga ko‘zi tushdiyu nogahon vujudi bo‘ylab
yugurgan ilohiy qon miyasiga urilib, go‘yo mudrab yotgan hujayralarni uyg‘otib
yubordi.
Mo‘ysafidning ajinlari misoli darz ketgan ko‘zgu
mukammal manzara kasb eta
boshladi. Uning bir burchagida mo‘jazgina «Umid» paydo bo‘ldi. Ajabo, ul
baxtiqaroning yonog‘ida yosh! Safsar yig‘layapti… (U yig‘lamay kim yig‘lasin!)
Yosh tomchilari bora-
bora manzarani to‘ldirdi. Ana shu alamli
tomchilar orasida
— o‘rtada yuz-qo‘li qonga belangan Alamzadaning o‘zi. «A l a m z a d a».
Rassomni uzoq yillar unutilgan bir titroq chulg‘ab oldi.
1991