Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
— Safsarni ber! 
— Nima deyapti bu? Jinni bo‘ldingmi? 
— Portretni opchiq! 
— Qanaqa portret? 
— Opchiq, deyapman! Bo‘lmasa!.. 
Bir zumdan so‘ng qiya ochiq eshik osha to‘rt bo‘lak qilib yirtilgan allanima oyog‘i 
ostiga kelib tushadi. Pakana fig‘on aralash uni terib qo‘ltig‘iga qistiradi-da, zina 
tomon yuradi
… 
Ko‘chaga chiqqach, yonida taksiga puli yo‘qligi esiga tushadi. Shitob bilan yelib 
borayotgan, negadir «shox»siz trolleybusga qo‘l ko‘taradi. Trolleybus to‘xtaydi. 
Chiqsa, ichida bitta ham yo‘lovchi yo‘q. Vaqt allamahal bo‘lib qolibdi-da. 
— Jon og‘ayni, meni Yunusobodga eltib tashla, — deb yalinadi Pakana 
haydovchi yigitga. 
— Trolleybus parkka boradi, — deydi daroz bo‘lib o‘tirgan haydovchi yo‘ldan ko‘z 
uzmay. 
Daf’atan Pakananing ko‘zi peshoynaga yopishtirib qo‘yilgan suratga tushadi. 
Voajab, «Orzu»mi? O‘zi bexabar, yana chiqibdi-da bu? Qaysi baraka topkurning 
g‘aladonidan topila qoldi? 
— Og‘ayni, to‘xtat aravangni. 
— Ha, keldingmi Yunusobodga? Mana, tush. 
Pakana chiroqni yoqdirib, rasmni sinchiklab ko‘zdan kechiradi. Allaqaysi tadbirkor 
shirkat bosib chiqaribdi, tagida ilon yilining taqvimi. Muallif yonidan flomaster 
oladi-
da, rasmning quyi qismidagi «Orzu» so‘zini o‘chirib, «Armon» deb yoza 
boshlaydi. 
— O‘v-o‘v, nima qilyapsan? Tush hoziroq mashinadan, piyonista! 
— Nima qilsam — o‘zimning ishim, o‘zim ishlagan rasm! 
— Nima deb valdiryapti bu? Tush deyapman, ho‘v pakana! 
— Ishonmaysanmi? — Pakana qo‘ltig‘idagi to‘rt bo‘lakni olib, uning oldiga terib 
qo‘yadi. — Qara, o‘xshaydimi? 
— O‘xshaydi, — deydi yigit bir unisiga, bir bunisiga tikilib. — Sevaraning xuddi 
o‘zi! Sen uni qayoqdan bilasan? 
— Otini nima deding? 
— Sevara-da. Birga o‘qiganmiz maktabda. Institutda o‘qimagansan deb, meni 
tashlab, bir oliftaga tegib ketdi. Yaxshi ko‘rardim. Hozir ham yaxshi ko‘raman. 
Ichmaymizmi? Menda bittasi bor. Uyga opketayotuvdim. Esga tushib ketdi-da
… 
— Yaxshi ko‘rgan bo‘lsang, haliyam eslab yurgan bo‘lsang, tuzuk yigit ekansan. 
Ke, oldin tanishib olaylik. Mening otim Pakana. 
— Pakanaligingni ko‘rib turibman, ismingni ayt. 
— Ismim ana, yozib qo‘yilgan. Ming aytganim bilan baribir meni pakana deb 
o‘ylayverasan… 
Trolleybus yelib bormoqda. 
— Qayoqqa ketyapmiz, ho‘v og‘ayni? 
— Yunusobodga, uyingga. 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling