Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
kerag-ov, yekkita besh-
ku!» deydigan darajada edi.) Tabiiyki, qizlarning aksariyati 
shuna
qa peshqadamlarga talpinadi. Sirasi, u kezlar Zubayda hali yetilmagan g‘o‘r 
bir g‘uncha edi. Sevishganlar, odatdagidek, birga o‘qishga keladilar, birga 
o‘qiydilar. Uylanishgach, musofirchilik, kamxarj ro‘zg‘or, «igna bilan quduq 
qazish» mashaqqatlari azaldan jussasi chog‘roq erni ezg‘ilab, yanada pachoq 
qilib tashlaydi. Azaldan durkunroq, beg‘amrok, bo‘lgan xushro‘y xotin esa, 
tuqqani sayin yetilib, ochilib ketaveradi 
— avlodida shunday xislat bor ekan. Boz 
ustiga xizmat joyining sharofati bilan katta oxurl
arga o‘rganib, dimog‘dor 
jamoatning teng huquqli a’zosiga, nainki oddiy a’zosi, ko‘pincha gultojiga 
aylanadiki, buni ko‘rgan sho‘rpeshona er borgan sari rashku xavotirda o‘rtanib, 
ich-etini yeb, battar sinib, nihoyat, mana shunday aftoda-abgor holga tushib 
qoladi. Endi biror o‘zgarish yasash mahol. Fan nomzodi tugul yetuk ulamo 
bo‘lganingda ham, bu soxta-sipo dabdabalardan voz kechib kindik qoning 
to‘kilgan ma’sum lolaqizg‘aldoq adirlarga chiqib ketganingda ham noming shu — 
«Zubaydaxonning eri»! 
…Rassom bot-bot ko‘z tashlab, ana shunday o‘ylar og‘ushida, nihoyat, parivash 
bir ruxsorni qog‘ozga ko‘chirib bitkazdi. Xo‘rsindi. 
Rassomlik yaxshi hunar, gashti bor. 
Lekin 
— pakanalik qandoq yomon, pachoqlik qandoq alamli! 

Umidli dunyo, Pakana hali-hamon bir kuni 
mo‘jiza ro‘y berib bo‘yim cho‘zilib 
qolar, degan xomxayol bilan yashar ekan, bu orada yana bir baloga giriftor bo‘ldi. 
Ko‘za kunida sinar, lekin boshdagi soch bir kunda to‘kilmas!.. Pakana bo‘y 
o‘stirish g‘amida yuribdi, soqol-mo‘ylovning pardoziga zo‘r beribdi-yu, yana bir 
muhim narsani nazardan qochirgan ekan. Bir erta oynaga qarab soch tarayin 
desa, kuni kecha ko‘pirib turgan matoh, taroqqa ilinmaydi, barakasi ketgan. 
Siypab ko‘rmoqchi edi, bir tutami yulinib qo‘liga keldi, tagi ochilib qoldi. Ko‘zgu 
esa 
xuddi masxara qilgandek beshafqat hukmini o‘qib turardi: hayot — ana 
shunday bamisoli bir bekinmachoq, birodar, kutilmaganda pand beradi. Yoshlik 
davroni o‘tdi endi, qariding… Qaridim? Qachon? Men hali nimani ko‘ribman, axir? 
Mana, bor umidi 
— soch ham tamom bo‘pti. Bir mahallar, bo‘y o‘stirish 
tashvishida yurgan kezlari ko‘rgan tushi bugun chinga, achchiq haqiqatga 
aylandi. O‘shanda bir kecha uyqudan yig‘lab uyg‘ongan edi: tushida boshini 
silasa, sochi yo‘q emish. 
Tez orada bori ham uzoqqa yetmadi, sob bo
‘ldi. Soqol-mo‘ylovning bunday 
g‘ovlab ketgani bejiz emas ekan: bir joyda ko‘paysa, boshqa joydan kamayishi 
tayin. Hammasining hisobi bor. Tabiat qonuni deydilar buni, Pakanaboy! 
Shu tariqa, bo‘y tashvishiga mo‘y tashvishi qo‘shildi. Bu bobda ham dono ko‘p 
ekan. Birovi takror-takror ustarada qirdirishni maslahat bersa, boshqasi
— 
guruchning zardobiyu namakob (jaydari tuz bo‘lishi shart!) bilan yuvishni, birovi 
— sarimsoqpiyozni boshga ishqashni, yana biri buqachaning shahvat beziniyu 
qora qo‘yning qatig‘ini surkashni uqtiradi. Kimdir hatto yermoyi — kerosin bilan 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling