Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) shaydoyi shoirga aylangan, bir paytlar atay yodlanmish sevimli misralar tildan tushmaydi. Uzun yo‘lakka chiqib, Nuralining eshigiga poyloqchilik qilarkan, mushtlari alamdan tugilib ketadi. «Eh, o‘zgalar nechun seni sevadir? Sevma sen, odammas ular, axir! Ularda dard-iztirob na qilar, Ular faqat kishnab yurgan yilqilar! » Oshiq yana bir mashg‘ulot orttirdi. Bir varaq qog‘ozni naycha qilib olib, kuni daroz puflaydi. Sibizg‘a. Bo‘zlar, nola aylar. Ko‘rgan odam savdoyi, deydi. Ko‘rgan odam aqldan ozgan Majnun, deydi. Ko‘rgan odam… kuladi, masxara etadi. Sibizg‘a esa bo‘zlaydi, bo‘zlaydi, nolavor… Tunu kun xayoli o‘shanda. «Esladimmi, labim tamshanur. Sen bir quvonch, shiddatidan ko‘zim yoshlanur»***. Tunlari to‘shakda xayolan u bilan suhbatlar quradi, xayolan uni quchadi, o‘padi. Xullas, o‘n sakkiz yashar shaydo yigitchani ko‘rmadim demang! Biroq, u haddini yaxshi biladi. Biladiki, o‘zi tepakal, pakana, pachoq bir bedavo, tag‘in — bola-chaqali o‘rta yashar odam. U esa — ayni chappor urgan gulday juvon. Bamisoli yer bilan osmon! Unda bu notavon ko‘ngil nimani istaydi, muddaosi ne? Mana shu kal, sho‘rpeshona boshni ul sanamning ko‘ksiga bir boragina bossa, sanam uning ana shu tolesiz boshini silasa, shunda u tengsiz bu baxtdan yig‘lab yuborsayu sanam ham qo‘shilib yig‘lasa… Shugina, boshqasi kerak emas. Boshqa armoni qolmasdi dunyoda. «Dunyo so‘rarmidim sendan, azizim…»**** «Ammo sen o‘zgalar bazmi ila band». ____________ * Yo‘ldosh Eshbek satri. ** Alisher- Navoiy satri. *** O‘ljas Sulaymondan. **** Asqad Muxtordan. 13 Pakana Nuraliga ochiqdan-ochiq hasad qiladi. Nurali teatrda kamdan-kam ko‘rinadi. Yarim hissami, chorak hissami ishlaydi, ammo tayin nima ish bilan shug‘ullanishini hech kim aytib berolmaydi. Bir-ikki marta «moxovga oshno» maqomida afisha yozganini biladi Pakana. Allaqayda dallollik shirkatida ishlarmish. To‘likjon bilan zo‘r. To‘likjon unga indamaydi, qaytaga, xosxonasini bo‘shatib bergan. O‘zi bosh rejissyorning xonasida «yashaydi». Bas deguncha iste’dodli, tirishqoq bu ikki san’at fidoyisi, soqollari o‘sgan, ko‘zlari kirtaygan, qotgan non kavshagancha ertayu kech, ba’zan tongga qadar bedor o‘tirib dohiyona asar sahnalashtirish rejasini tuzadi, shundan charchamaydi. To‘likjon ham qiziq. Nomi — bosh rassom. Ammo qo‘li ostidagilar bilan mutlaqo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling