Kino musiqasi


Download 16.75 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi16.75 Kb.
#1223832
Bog'liq
KINO MUSIQASI 4 sem


KINO MUSIQASI.
KINO MUSIQASI - kino san`ati b-n bog`liq musiqa janri, kino asarining muhim ifodaviy vositalaridan biri. Dastlab umumiy musiqali jo`rlikni tashkil etib, kinofilm namoyish qilish asboblarining shovqinini bosish uchun mo`ljallangan. Bora-bora kino ishlashning muhim sohasiga aylandi. K.m. tarixi ovozsiz kino (1930- y.larning 2-yarmigacha) hamda ovozli kino b-n bog`liq 2 asosiy bosqichni o`z ichiga oladi. Birinchisida K.m., asosan, ijrochilar (yakka sozanda-pianinochi yoki ansambl) tomonidan tanlangan yoki badiha tarzida ijod qilingan musiqa parchalaridan iborat bo`lgan. Ovozli kinoda, odatda, har bir film uchun maxsus musiqa yoziladi, ba`zan mavjud musiqa asarlaridan ham foydalaniladi (mas., hujjatli, ilmiy-ommabop, film-konsert va b. filmlarda). K.m. kinofilm mazmuni b-n uzviy bog`liq holda, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini, dramatik holatlar, ziddiyatlar va b.ni badiiy ifodalashga yordam beradi. O`zbekistonda kino uchun maxsus musiqa yozish 1920- y.lardan boshlangan. Dastlabki o`zbek filmlariga musiqa yozishda V.Uspenskiy (Ravot kashqirlari, 1927) va A. Kozlovskiy (Tohir va Zuhra, 1945)lar o`zbek xalq kuy va qo`shiqlaridan hamda o`zbek bastakorlari ijodidan o`nlab iqtiboslarga tayanishgan. Keyingi ko`pgina o`zbek filmlarida musiqadan dramatizmni kuchaytirish vositasi sifatida foydalanildi: Abu Ali ibn Sino (kompozitor M. Burhonov, 1957), Furqat (S. YUdakov, 1959), Hamza, Sen yetim emassan ( I. Akbarov, 1961, 1963) va b. Qo`shiq muhim rol o`ynagan dastlabki uzbek kinokomediyalari 50-y.larning oxiri, 60-y.larning boshlarida yuzaga kelgan: Maftuningman (Ik. Akbarov, M. Burhonov, M. Leviev, 1958), Mahallada duv- duv gap (M. Leviev, 1960) va b. 1960 -70-y.larda o`zbek filmlari uchun musiqa yaratuvchilar doirasi sezilarli darajada kengaydi: S.Jalil (Zulmatni tark etib, 1973), A. Malaxov (Toshkent - non shahri, 1967), F. YAnov-YAnovskiy (Qo`g`irchoqboz, 1970; Mayin yomg`ir yog`adi multfilmi, 1984 va b.). Ayniqsa, R. Vildanov ijodi e`tiborga molik, u 100 dan ortiq filmga musiqa yezdi: Inson qushlar ortidan boradi, 1975 (Dehli kinofestivalida eng yaxshi musiqa uchun sovrinini olgan); Triptix (San-Remo kinofestivalida Gran-pri sovrinini olgan); Armon, 1987 va b. 1980-90- y.larda V. Milov (Alibobo va qirq qaroqchi, 1980 va b.), M. Mahmudov [Kelinlar qo`zg`oloni, 1985; Abdullajon, 1994; Chimildiq, 1998; Buxoro kinofestivali (1999)da eng yaxshi musiqa uchun sovrin olgan va b.], E. Solihov (Alpomish, 1999 va b.), A.Ergashev (Sharif va Ma`rif, 1992; YUlduzimni ber, osmon, 1995 va b.) va b. ijodi e`tiborga molikdir. 1990-y.larga kelib yosh kompozitorlar ham K.m. sohasida ijod qila boshladi va zamonaviy vositalar asosida K.m.ning yangi uslublarini yaratishga muvaffaq bo`ldilar: E.Pak (Sindbodning sarguzashtlari multfilmi, 1993 va b.), D. YAnovskiy [Ulug` Amir Temur, 1996; Voiz, 1998, Anapa kinofestivali (1999)da Gran-pri sovrinini olgan; Fellini, 1999, Kalkutta kinofestivali (2000)da eng yaxshi film sifatida belgilangan va b.], N.G`iyosov (Bahodir Jalolov, 1991), A.Kim (Shaytanat, 1999-2000) va b.
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling