Kirish 1 bob. Ta`Lim tizimida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etishning fundamental asoslari


BOB. MA'NAVIY-MA`RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDA RAHBAR XODIMLARNING ASOSIY VAZIFALARI VA ULARGA QO’YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR


Download 104.15 Kb.
bet6/7
Sana23.04.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1392002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZAMONAVIY MAKTABNI BOSHQARISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH 01

2 BOB. MA'NAVIY-MA`RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDA RAHBAR XODIMLARNING ASOSIY VAZIFALARI VA ULARGA QO’YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR
2.1. Umumta`lim maktablarida ma`naviy ishlarni tashkil etish boshqaruvning asosiy bo'g'ini sifatida.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasini yaratish eng muhim vazifalardan biridir. Сhunki har qanday ma'naviy-ma'rifiy tadbir metodik jihatdan puxta ishlab chiqilmasa quruq safsatabozlikdan nariga o'tmaydi. Shu sababli Islom Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch» asarida ta'kidlaganidek “Hozirgi vaqtda ko'z o'ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o'zgarishlar ro'y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”. (119-bet)
1. Tashkiliy ishlar. Ta'lim muassasalari rahbariyati va jamoat tashkiloti hamkorligida rektorat va jamoat tashkilotlari hamkorligida professoro'qituvchilar va talabalar o'rtasida olib boriladigan ma'naviy ma'rifiy ishlar rejalarini ishlab chiqish.
Eslatma. Keyingi paytlarda ayrim o'quv yurtlarida yoshlar jamoat tashkilotlarining tashabbusokrligi susayib, ular faqat oylik badallarni yig'ish bilan, ba'zi joylarda esa tadbirkorlik deb, savdosotiq ishlarini tashkil qilish, bilan cheklanib qolganligi sezilmoqda. Professoro'qituvchilar va talabalar ma'naviyatini yuksaltirishda va ularni ma'rifatli qilishda bu tashkilotlarning rektorat bilan yaqindan hamkorligi juda ham zarur. Asosiy tashkiliy ishlar ularning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo'lur edi.
2. Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining ma'naviyat va ma'rifatga oid farmonlari va qarorlarini jamoada keng muhokama qilish, ulardan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olish.
3. Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” Kengashi, viloyat, shahar va tumandagi, tegishli bo'limlar bilan yaqindan hamkorlik o'rnatish, mazkur tashkilotlar xodimlari bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazib turish.
4. Barcha fakul'tetlar talabalari o'qiydigan binolar va yotoqxonalarda “Ma'naviyat va ma'rifat” xonalari tashkil etib, uni jihozlash. Oliy o'quv yurti va yotoqxonalarining asosiy kirish joylarida, kutubxona va o'quv zallarida xalqimizning ma'naviy boyligini va ma'rifatliligini tarannum etuvchi “Yuksak ma'naviyat va ma'rifatlilik mustaqil kelajagimiz garovi” mavzuida kitoblar, plakatlar ko'rgazmasini tashkil qilish.
5. Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” Kengashi va uning joylardagi tashkilotlar bilan hamkorlikda universitetda muntazam ravishda kitob savdosi tashkil etib turish.
6. Ixtisosligi yaqin o'quv yurtlari ma'naviyat va ma'rifat ishlari prorektorlari, bo'lim boshliqlari, metodistlar va fakul'tetlar dekanlarining shu soha bo'yicha muovinlar ishtirokida muntazam ravishda qilinayotgan ishlar, tajribalar, vazifalar xususida seminarlar va anjumanlar o'tkazib turish.
Mustaqillik tufayli siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy ma'rifiy, mafkuraviy sohalarda muhim o'zgarishlar ro'y beradi. Xususan, oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari, barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida yangi bir “Ma'naviyat xonalari”, “Ma'rifat xonalari”, “Ma'naviyat maskani”, “Ma'naviyat majmuasi”, “Ma'naviyat markazi” va hokazo nomlar bilan nomlanuvchi ma'naviy ma'rifiy maskanlar paydo bo'lmoqda.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, ushbu tashkil etilayotgan majmualar kimningdir ko'rsatmasi yoki buyrug'i bilan vujudga kelayotgani yo'q, aksincha, har bir jamoaning xohishistagi, irodasi, intilishlari bilan paydo bo'lmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Сhunki ushbu yangilik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy ma'rifiy islohotlarning mevasidir. Demak, hozirgi davrda paydo bo'layotgan bunday maskanlar jamiyatning ma'naviy ehtiyoji zarurati, desak, aslo yanglishmaymiz.
Madomiki shunday ekan, tashkil bo'layotgan bunday maskanlar qanday nomlanishi kerak?
Hozircha bunday maskanlarni ba'zilar “Ma'rifat xonasi”, yana kimlardir “Ma'naviyat markazi”, boshqa birovlar “Ma'naviyat burchagi”, “Ma'naviyat markazi” singari nomlar bilan nomlashmoqda. Bizning fikrimizcha, tashkil etilayotgan bunday maskanlarni “markaz” yoki “burchak” deb nomlash to'g'ri emas.
“Markaz” deganda, avvalambor barchaning ko'z oldida o'z hisob raqami va nizomiga ega, Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan jamoatchilik tashkiloti gavdalanadi. Ikkinchidan, “Ma'naviyat burchagi” deb nomlash ham mantiqan unchalik to'g'ri emas. Masalan, maktablarda tashkil qilinayotgan xonalarni aksariyat joylarda “Ma'rifat xonasi” deb yuritilmoqda. Axir, maktabning o'zi aslida ma'rifat maskani ku. Ma'rifat maskanida yana “Ma'rifat xonasi” tashkil etish mantiqqa to'g'ri keladimi? Shuning uchun hozirgi vaqtda bunday joylarni tashkil qilishdan avval uning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshilab aniqlab olishimiz kerak. Ana shu maqsad va vazifalar mohiyatidan uning nomi ham kelib chiqadi. Tashkil etilayotgan bunday joylarning eng asosiy maqsadi insonni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash ekan, ularni “Ma'naviyat maskani” deb atasak, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, o'rta umumta'lim maktablari va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan “Ma'naviyat maskani” shunchaki xo'jako'rsinga yoki ko'zko'z qilish uchun emas, balki sof ma'naviy ma'rifiy ishlar natijasi o'laroq vujudga kelishi kerak. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, “Ma'naviyat maskani” da faqatgina ayrim tadbir va yig'ilishlar o'tkazilib, boshqa paytlar yopib qo'yilmoqda. Albatta, “Ma'naviyat maskani” ni bunday tashkil etish to'g'ri emas. Fikrimizcha, “Ma'naviyat maskani” har bir jamoaning yuzi bo'lishi va jamoaning har bir a'zosi u yerdan ma'naviy oziq ola bilishi lozim.
“Ma'naviyat maskani” ni tashkil etish uchun butun mamlakatimizda yagona andoza bo'lishi kerakmi?
“Ma'naviyat maskani” ni tashkil etish nuqtai nazaridan olib qaraganda, yagona andoza juda ham kerak. Lekin mazmuni jihatidan olib qaraganda esa yagona andoza bo'lishi shart emas. Сhunki har bir maktab, akademik litsey, kasbhunar kolleji va oliy o'quv yurti yoki muassasa yoki tashkilot o'z imkoniyati, kasbiy yo'nalishidan kelib chiqib mazmunan rang – barang “Ma'naviyat maskanlari” tashkil etishlari maqsadga muvofiq.
Shunga qaramasdan, har qanday “Ma'naviyat maskani” umumiy talablarga javob berishi kerak.
Albatta, ushbu masala har bir jamoaning ixtiyoridagi ish. Ammo ko'pgina jamolarda joy masalasi muammo bo'lishi ham mumkin. Shu nuqtai-nazardan biz o'z tavsiyalarimizni berishni ma'qul topdik:
1. Oliy o'quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda “Ma'naviyat maskani” kutubxonaning qiroatxonasi (o'quv zali) yoki ma'ruza zallarining birida tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Biroq bu xonaning keng va yorug' bo'lishiga alohida e'tibor berish kerak.
2. Barcha vazirliklar, Davlat qo'mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining majlislar zalida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
“Ma'naviyat maskanlari” ni jihozlashda, asosan, quyidagilarga e'tibor berish lozim:
• O'zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari (Bayroq, Gerb, Madhiya) va ularning to'liq tasnifi;
• siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz (mamlakatimiz xaritasi, Konstitutsiyamiz hamda milliy valyutamizni ifodalovchi lavhalar);
• ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid farmonlar, farmoyishlar, qonunlar va qarorlar jamlanmasi;
• mustaqillik, ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari hamda ularning qisqacha annatotsiyasi;
• milliy ma'naviyatimizning zabardast vakillari siymolari aks ettirilgan suratlar hamda ularning donishmandona fikrlaridan namunalar;
• xalqimizning madaniy merosi, an'analari, udumlarini aks ettirvchi ko'rgazmalar;
• Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi nashrlari, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallarining barcha sonlari;
• “Ma'naviyat” nashriyotida chop etilgan asosiy kitoblar;
• “Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi, shu fan hamda “Ma'naviyat asoslari”, “Odobnoma”ga doir darslik qo'llanmalar asosiy gazeta va jurnallar taxlamlari;
• Diniy ahloqiy kitoblar, mazkur jamoa a'zolarining aql-salohiyatini va nafosatini ifoda etuvchi namunalar.
Shuningdek, bu ishda o'ta muhim bo'lgan ikkita yangilikni joriy etish tavsiya etiladi:
Birinchisi, elshunos olim, tarix fanlari nomzodi Bilol Aminov tomonidan yozilgan “Hikmat – ibrat” risolasida keltirilgan “Tillo qushchalar parvozi” nomli hikmatlar yo'riqnomasiga binoan “Ma'naviyat maskani”ning bir qismida devorning katta va kichik sathi loyiha asosida ishlanib, “Dono bo'lay desangiz” yoki “Olim bo'lay desangiz” kabi so'zlar zaruriyatga ko'ra turli tillarda yozib qo'yiladi. Bu katta yozuvlar ostiga naqshli hoshiyalarga hikmatli so'zlardan 15 – 20 tasi chiroyli qilib yoziladi. Hoshiyalar atrofida chiroyli qushchalar parvozi, daraxtlarda o'tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi.
Ostiga 8 – 10 quticha o'rnatiladi. Ularga haftada ikki yoki uch marta “vizitka” shaklidagi turli hikmatlar yozilgan “tillo qushchalar” maketi solib qo'yiladi, ularning soni kishilar soni kishilar soniga qarab ko'paytirilishi mumkin. Сhiroyli naqshli “vizitka”da 2 tadan hikmat yozilgan bo'ladi. “Tillo qushchalar” nomini olgan bu “vizitka”larni o'quvchi talaba yoki xodimlar o'z ixtiyorlari bilan oladigan va kelgusida davomini sabrsizlik bilan kutadigan bo'lishlari kerak.
Matnlar muassasa, korxona va tashkilotlarning ma'naviyat va ma'rifat bo'limida tayyorlanadi va kseroks apparatida ko'paytiriladi.
Dastlab haftada bir marta, keyinchalik ikki-uch marta seanslar tashkil etish mumkin. Seanslarni katta tanaffus vaqtida yoki mashg'ulotlardan so'ng o'tkazsa bo'ladi. Seanslarda beriladigan ma'naviy oziq tabiiy ravishda ehtiyojga aylanib ketishi va yoshlar e'tiborini tortishi uchun “chaqiruvchi xabar signallari”dan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun'iy daraxt yoki katta tuvakdagi manzarali daraxt va gullarga, ma'lum vaqtlarda ular orasiga ustalik bilan joylashtirilgan tovush chiqaruvchi karnaycha orqali magnitofondan sayroqi qushlar ovozi berib boriladi. Buni shunday tashkil qilish kerakki, qush sayrashi o'rniga Turg'un Alimatov tanburda ijro etgan mumtoz kuylardan berib borish ham mumkin. Bu oniy lahzalarda kishilar ham madaniy, ham ma'naviy oziq olishiga ishonchimiz komil. Ushbu yangilikni joylarda mutaxassislar soddalashtirib yoki jonlantirib tashkil etishlari ham mumkin. Masalan, hikmatlarni nafaqat “vizitka” shaklida, balki, ko'rgazmali plakatlar yoki texnik vositalar yordamida ham berish mumkin. Jalb qilish borasida mumtoz o'zbek kuylaridan ham foydalanilsa ayni muddao bo'lur edi.
Ikkinchi yangilik – bu juda sodda, lekin g'oyatda ma'suliyatli ish, milliy ma'rifat tizimidagi g'ochtda muhim o'zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf- odatlari, an'analari va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. “Ming bor eshitgandan, bir bor ko'rgan afzal”, - deydi dono xalqimiz.
“Odobnoma” hamda “Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari” darslarida, “Ma'naviyat kun”lari har doim og'zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish juda katta samara bergan bo'lar edi. To'g'ri ushbu yangilik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlarida moliyaviy mablag' talab etadi. Bunday muammoni homiylar va o'ziga baquvvat ishlab chiqarish korxonalari yordamida hal etish mumkin. Madaniy meros, urf-odat, an'ana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi videotasmalar “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi, “Oltin meros”, “Mahalla” jamg'armalarining joylardagi bo'limlari hamda tuman xalq ta'limi metodistlari bilan hamkorlikda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. “Ma'naviyat maskani”da videojamlanmani tashkil etish yosh avlodning ma'naviy kamolotida zamonaviylikka mos vosita usuli bo'lar edi.
Umuman, yoshlarning zamonaviy dunyoqarashini hisobga olib, yuqorida keltirilgan ikki yangilikni imkoni boricha joriy etish samara berishi shak-shubhasiz.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo'libgina qolmay, balki, juda katta ijtimoiyma'naviy ahamiyat kasb etgan. Xalqimizning mustaqil va mustahkam davlat barpo etish g'oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o'z ifodasini topgan.
Shuning uchun bo'lsa kerak ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotida ramzlar va timsollarni juda e'zozlagan. Xalqimiz vakillari davlat timsollari uchun, hatto, o'z jonlarini ham fido etgan. Jangu jadallarda bayroqning qulashi yoki dushmanning qo'liga o'tishi mag'lubiyat bilan barobar turgan. Bu yuorada tariximizdan juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, 1221 yilning kuzida mo'g'ul bosqinchilari olti oylik qamaldan so'ng Xorazm poytaxti Gurganjga yopirilib kirganida millatimizning buyuk qahramonlaridan biri Shayx Najmiddin Kubro shahar mudofaasiga rahnamolik qilib tengsiz kurashda o'z ko'ksini dushman nayzasiga qalqon qiladi, yurt ozodligi yo'lida shahid bo'ladi. Aytishlaricha, Shayx o'limi oldidan mo'g'ul yalovbardoridan dushman bayrog'ini tortib olib, u bilan yerga qulaydi. Yovga nisbatan nafrat shu qadar shu qadar kuchli ediki, mo'g'ullar keyinchalik shayxning jonsiz qo'lidan bayroqlarini tortib ololmagan va uning panjalarini kesib, o'z bayroqlarini olgan. Shayx Najmiddin Kubroning yurt ozodligi yo'lidagi bu jasorati qariyb sakkiz yuz yildirki, barcha avlodlarga ibrat bo'lib kelmoqda.
Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayrog'i juda katta ahamiyat kasb etgan. Shu sababli jangu jadallarda davlat bayrog'ini Amir Temurning eng ishongan bahodir sipohiylari qo'riqlagan. Amir Temur Tuzuklarida ta'kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko'rsatib g'alaba qozongan amirlar va sipohiylar Temur davlatining timsollari – tug', nog'ora bilan mukofotlangan. Bu ham sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog'li baland turganligidan dalolatdir.


Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling