Kirish. 1 Bob
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakati hisobi
Download 46.87 Kb.
|
Kirish. 1 Bob
2.3.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakati hisobi Asosiy vositalaming butligi ustidan nazoratni ta’minlash va hisobni
tashkil qilish uchun har bir obyekt(buyum)ga, inventar raqami beriladi. Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki obyektning o ‘ziga bo‘yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi. Asosiy vositalaming obyektiga berilgan inventar raqami uning muayyan budjet tashkilotida bo‘lgan butun davri davomida saqlanib qoladi. Hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlaming inventar raqamlari yangidan olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak. Yumshoq inventar buyumlar maxsus muhr (shtamp) yordamida, yuvganda o ‘chmaydigan bo‘yoq bilan markalanadi. Maxsus muhr (shtamp)da budjet tashkilotining nomi, buyumlar foydalanishga berilganda esa, qo'shimcha ravishda, foydalanishga berilgan yili va oyi ham bo'lishi kerak. Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi 01-«Ijaraga olingan asosiy vositalar» subschyotida ijaraga beruvchilar tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi. Asosiy vositalaming analitik hisobi AV-6 shakldagi va AV-8 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar Kar bir inventar obyekti (buyumi) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar AV-9 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. AV-6, AV-8 va AV-9 shakllardagi inventar kartochkalar AV-10 shakldagi asosiy vositalaming inventar kartochkalarini xatlashda ro'yxatga olinadi. AV-6 shakldagi inventar kartochka binolami, inshootlami, uzatkich qurilmalarini, mashinalar va uskunalami, asboblami, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlarini hamda transport vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan budjet tashkiloti ichida joydan-joyga ko‘chirilganda tegishli yozuvlar mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi. AV-8 shakldagi inventar kartochka ishchi hayvonlami, mahsuldor va zotdor mollami hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlami va yemi yaxshilashga doir kapital xarajatlami hisobga olish uchun xizmat qiladi. AV-9 shakldagi inventar kartochka kutubxona fondlarini va sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun m o‘ljallangan Download 46.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling