Kirish. 1 Bob
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar eskirishini aniqlash
Download 46.87 Kb.
|
Kirish. 1 Bob
2.2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar eskirishini aniqlash Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar-bular, qiymatidan qat’iy
nazar, bir yildan kam xizmat qiladigan xo'jalik inventarían, mehnat qurollari va buyumlari; xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, har birining (komplektning) qiymati O'zbekiston Respublikasida belgilangan (muayyan buyumni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining 50 baravari miqdorigacha bo‘lgan buyumlar; qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, baliq ovlash qurollari(to‘rlar, yoyma to‘rlar, arqonlar, merejlar va shu kabilar)dir. Shuningdek, buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagi inventar va xo‘jalik jihozlari ham kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga kiritiladi: a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlar turkum va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalami tayyorlash uchun mo'jallangan maqsadli asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitar kiyim-kechaklari, maxsus poyafzallar; d) ko‘rpa-to‘shak anjomlari; e) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulator, stol ustiga qo‘yiladigan jihozlar va boshqalar); f) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarían, shuningdek ovqatlanish xonasi dasturxon-sochiqlari; g) tiklanishi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtincha qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar). Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shu jumladan ombordagilari ham, ulami sotib olish qiymati bo‘yicha, ustama, olib kelish va hokazolar xarajatlarisiz hisobga olinadi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming hisobi uchun quyidagi subschyotlar qo'llaniladi: 070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti; 071 - «Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti;072 - «Ombordagi ichki kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyimkechaklar va poyafzallar» subschyoti; 073 - «Foydalanishdagi ichki kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyimkechaklar va poyafzallar» subschyoti. Budjet tashkilotlarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar summasiga tcng miqdorda 260-«Kam baholi va tcz eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyotida hisobga olinadigan fond tashkil qilinadi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar sotib olinganda quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:1) Debet 0 7 0 -«Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti yoki Debet 072 - «Ombordagi ichki kiyimlar, k o ‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar» subschyoti; Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. 2) Debet 200-«Tashki!otni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti); Kredit 260 - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyoti. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami olib kelish va montaj qilish, o‘matish, foydalanishga topshirish va undan tayinlanishiga muvofiq foydalanish uchun kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami ish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xarajatlar hamda to'langan va qoplanmaydigan soliq(yig‘im)lar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: D ebet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyotij, Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar ombordan foydalanishga berilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasidan biri tuziladi: 1) D ebet 071-«Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti;Kredit 070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti; 2) Debet 073-«Foydalanishdagi ichki kiyimlar, k o ‘rpa-to‘shaklar, kiyimkechaklar va poyafzallar» subschyoti; Kredit 072 - «Ombordagi ichki kiyimlar, k o ‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar» subschyoti. Maktablarda, oliy va o'rta maxsus o‘quv yurtlarida, litseylarda, kollejlarda, kasb-hunar-texnika ta’lim o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda foydalanishga bcrilgan har binning (komplektning) qiymati eng kam ish haqining 3 baravarigacha (qo‘llanma sotib olish paytida amaldagi eng kam ish haqi miqdori) bo‘lgan o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar va har biri(kompIekt)ning qiymati eng kam ish haqining 1 baravarigacha (buyum sotib olish paytida amaldagi eng kam ish haqi miqdori) bo‘lgan boshqa buyumlar (o‘z tarkibida oshxona va umumiy ovqatlanish bloklari bo‘lgan tashkilotlardagi oshxona va umumiy ovqatlanish xonasi inventarlaridan tashqari) bir yo‘la hisobdan chiqarib yuboriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan hisobdan chiqarilgan, ammo foydalanishda bo‘lgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar 441- shakldagi «Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar harakatining tezkor (miqdoriy) hisobini olib borish vcdomosti»da ulaming nomlari va miqdori hamdamaterial javobgar shaxslar bo‘yicha tezkor hisobi olib borilishi kerak. Yaroqsiz holatga kelgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami hisobdan chiqarish va ulami sotish qonunda belgilangan tartibda kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami hisobdan chiqarish dalolatnomasini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar to‘la eskirgandan so‘ng tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli dalolatnoma asosida, agar tegishli vazirlik (idora) boshqacha tartib belgilamagan bo‘lsa, hisobdan chiqariladi. Foydalanishdan chiqarilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 260 - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyoti; Kredit 071 - «Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar»Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming analitik hisobi buyumlaming nomlari, bahosi, miqdori va qiymati hamda material javobgar shaxslar bo‘yicha 296-a-shakldagi kartochkalar(296-shakldagi kitob)da yuritiladi. Download 46.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling