Kirish. 1 Bob
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ijaraga berish hisobi
Download 46.87 Kb.
|
Kirish. 1 Bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar kirimi hisobi
3.1.Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ijaraga berish hisobi
Budjet tashkilotlari o ‘zlarining vaqtincha foydalanilmayotgan molmulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishlari mumkin. Vaqtincha foydalanilmayotgan binolar, inshootlar (ularning ayrim qismlari ham), ishlab chiqarish uskunalari, xonalar, transport vositalari vaboshqa uzoq muddatli aktivlami, agar qonun bilan ulami ijaraga berish man qilinmagan bo‘lsa, ijaraga beriladi. Agar mol-mulkni ijaraga berish ko'rsatiladigan xizmatlarning hajmi kamayishiga yoki sifati yomonlashishiga sabab bo‘lsa yoki asosiy faoliyati bo ‘yicha xarajatlar ko‘payishiga yoki bu ko‘zda tutilgan moliyalashtirish mol-mulkini ijaraga berish mumkin emas. Ijaraning subyektlari: ijaraga beruvchi-bu yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, o ‘zining balansida hisobda turgan vaqtincha foydalanilmayotgan ijara obyektini ijaraga berishi mumkin bo'lgan budjet tashkilotidir, ijarachi esa-bu mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun haq to‘lash, qaytarib berish va butligini ta’minlash sharti bilan ma’lum muddatga ijaraga oigan yuridik shaxsdir. Ijaraga beruvchi ijarachiga mulkni shartnomada ko‘rsatilgan muddatga ijaraga berish, ijarachi esa ijara muddati tugagandan so‘ng mulkni shartnomada ko‘rsatilgan aniq muddatda va shartnomaning tegishli shartlariga muvofiq va mulkni tayinlanishi bo‘yicha holatida qaytarishga majburdir. Ijara shartnomasi tuzilganda va uning amal qilish muddati tugaganda mulkni qabul qilib olish va berish tomonlarning vakolatli vakillari qatnashuvida ikki nusxada ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzib amalga oshiriladi. Turar joy bo'lmagan binolar va inshootlaming ijara shartnomasi ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Turar joy binolari va inshootlarining ijara shartnomasi esa texnik inventarizatsiya byurosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ijara haqi ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga davriy yoki birato'la faqat pul shaklda to‘lanadigan aniq to‘lov summasi ko‘rinishida belgilanadi. Turar joy bo‘lmagan xonalar uchun ijara haqi miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlaming va Toshkent shahrining hokimliklari tomonidan ijaraga beriladigan davlat va kommunal mulkning turar joy bo‘lmagan xonalar bo‘yicha aniqlanadigan m e’yoridan kam bo'lmasligi kerak. Shartnomada ijara haqini to'lash davriyligi va muddati, har chorakda eng kamida bir marta qilib, belgilanadi. Ijara to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar ijarachitomonidan har bir ijara to'lovi muddatida ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 100 foiz miqdorida avvaldan to‘lash shaklida amalga oshirilishi kerak. Ijara shartnomasiga asosan to‘lov muddati boshlanadigan hisobot davrida ijara summasiga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzadi: Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlan> subschyoti. Odam yashamaydigan xonalar bo'yicha ijara haqi miqdoriga kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati qo‘shilmaydi. Kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga ijara bo‘yicha to‘lovlardan tashqari alohida qoplanadi. Bunda, agar ijarachi binoni yoki inshootni to‘la ijaraga olsa yoki elektr cnergiyasi, gaz va suv sarf qilish bilan bog'liq ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullansa, kommunal xarajatlami ijarachi maxsus o ‘matilgan elektrsubschyotchiklar, suv o'lchagichlar va gaz o‘lchagichlarning ko'rsatuvlari bo‘yicha to‘laydi. Agar ijarachi binoni yoki inshootni bir qismini ijaraga olsa va noishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullansa, u holda maxsus elektr o'lchagichlar, suv o‘lchagichlar va gaz o‘lchagichlar o'matilishi talab qilinmaydi va ijaraga beruvchining kommunal va foydalanish xizmatlari bo'yicha xarajatlari ijarachi tomonidan band qilgan maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi. Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan hisob-kitob qilganda kommunal va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish limiti kommunal va foydalanish xizmatlari qiymatidan ijarachilar tomonidan iste’mol qilingan kommunal va foydalanish xizmatlarining qiymati ayirib tashlangan holda to‘laydi. Qolgan qismini ijaraga beruvchi ijarachidan kommunal va foydalanish xizmatlarining to‘lovi sifatida olgan mablag'lar hisobidan to‘laydi. Budjet tashkiloti vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini tegishli mahalliy budjetgayo‘naltirishi kerak. Qolgan qismini, ya’ni vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini esa budjet tashkiloti o ‘zining rivojlantirish fondiga yo'naltirishi kerak. Ijarachidan ijaraga beruvchining bank muassasasidagi maxsus m ablagiar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga ijara haqi kelib tushganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 114 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyoti; Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Bir vaqtning o‘zida, vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini tegishli budjctga yo‘naltirish kerak bo‘lgan summaga, quyidagi ikkinchi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Kredit 173 - «Budjet to'loviariga doir hisob-kitoblar» subschyoti. Ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga ijara toiovlari tushgandan so‘ng, ijaraga beruvchi 5 bank kuni mobaynida xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga tegishli budjetga o‘tkazilishi kerak boigan summaga to‘lov topshirig‘ini taqdim etishi kerak. Budjetga, budjet tashkilotiga kelib tushgan ijara haqining 50 foizi o ‘tkazib berilganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan, budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzadi: Debet 173 - «Budjet to'loviariga doir hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 114 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fo n d i-b u djetd an tashqari m ablag'lar b o 'y ich a talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti. Ijara toiovlarining toianishi 30 kalendar kundan ortiq muddatga kechiktirilganda ijaraga beruvchi ijarachining nomiga yozma bildirish xatini yuborishi kerak. Bildirish xatida ijara toiovlarini amalga oshirish zarurligi eslatiladi va ijarachidan (ijara toiovlarining toianishinikechiktirish 60 kundan ortib ketsa) tegishli zararlami qoplatib, bir tomonlama tartibda ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Shuni hisobga olish kerakki, mulkni ijarachiga berishga tayyorlashga ijaraga beruvchi to‘la javob beradi, mulkni ijaraga beruvchiga qaytarishga tayyorlashga esa ijarachi to‘la javob beradi. Davlat mulki ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda qonunchilik talablariga rioya qilinishiga budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri javobgardir. Ijara shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlarining o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining rahbari javobgardir 3.2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar kirimi hisobi Asosiy vositalaming butligi ustidan nazoratni ta’minlash va hisobni tashkil qilish uchun har bir obyekt(buyum)ga, inventar raqami beriladi. Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki obyektning o ‘ziga bo‘yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi. Asosiy vositalaming obyektiga berilgan inventar raqami uning muayyan budjet tashkilotida bo‘lgan butun davri davomida saqlanib qoladi. Hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlaming inventar raqamlari yangidan olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak. Yumshoq inventar buyumlar maxsus muhr (shtamp) yordamida, yuvganda o ‘chmaydigan bo‘yoq bilan markalanadi. Maxsus muhr (shtamp)da budjet tashkilotining nomi, buyumlar foydalanishga berilganda esa, qo'shimcha ravishda, foydalanishga berilgan yili va oyi ham bo'lishi kerak. Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi 01-«Ijaraga olingan asosiy vositalar» subschyotida ijaraga beruvchilar tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi. Asosiy vositalaming analitik hisobi AV-6 shakldagi va AV-8 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar Kar bir inventar obyekti (buyumi) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar AV-9 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. AV-6, AV-8 va AV-9 shakllardagi inventar kartochkalar AV-10 shakldagi asosiy vositalaming inventar kartochkalarini xatlashda ro'yxatga olinadi. AV-6 shakldagi inventar kartochka binolami, inshootlami, uzatkich qurilmalarini, mashinalar va uskunalami, asboblami, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlarini hamda transport vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan budjet tashkiloti ichida joydan-joyga ko‘chirilganda tegishli yozuvlar mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi. AV-8 shakldagi inventar kartochka ishchi hayvonlami, mahsuldor va zotdor mollami hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlami va yemi yaxshilashga doir kapital xarajatlami hisobga olish uchun xizmat qiladi. AV-9 shakldagi inventar kartochka kutubxona fondlarini va sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun m o‘ljallangan.Kutubxona fondlari uchun bitta kartochka ochiladi. Unda hisob faqat pul ifodasidagi umumiy summada yuritiladi. Bundan tashqari, kutubxona xodimlari tomonidan kutubxona fondini miqdor bo‘yicha tezkor hisobi, har bir kitob bo‘yicha uning miqdori va bahosi ko'rsatilgan holda, olib boriladi.Budjet tashkilotlarining asosiy vositalariga amortizatsiya ajratmasi hisoblanmaydi, balki belgilangan tartibda eskirish hisoblanadi. Eskirish binolar va inshootlar, uzatkich qurilmalar, mashinalar va uskunalar, ishchi hayvonlar, transport vositalari, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlari, foydalanish yoshiga (voyaga) yetgan ko‘p yillik daraxtlar bo'yicha aniqlanadi. Eskirish: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan binolar va inshootlar; kabinet va laboratoriyalarda o ‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan uskunalar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar; mahsuldor mollar, qo‘toslar, ho‘kizlar, kiyiklar, hayvonot olamining eksponatlari (hayvonot bog'i va shunga o‘xshash muassasalarda); foydalanish yoshiga yetmagan ko‘p yillik daraxatlar; kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish jihozlari, badiiy va muzey qiymatliklari; ichki kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar bo‘yicha aniqlanmaydi. Eskirish, shuningdck, chet elda joylashgan tashkilotlaming asosiy vositalari uchun ham aniqlanmaydi. o ‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘matilgan foizlar bo‘yicha hisoblanadi. Asosiy vositalaming eskirishini hisobga olish uchun ikkinchi tartibli 020-«Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti qo‘llaniladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming eskirish summasi yuqorida keltirilgan m e’yorlar bo‘yicha to‘liq kalendar yil uchun (hisobot yilining qaysi oyida olinganligidan yoki qurilganligidan qat’iy nazar) aniqlanadi. Bu subschyot passiv subschyot hisoblanadi. Asosiy vositalaming eskirishi hisoblanganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.Asosiy vositalaming AV-6, AV-8 shakldagi inventar kartochkalariga hisoblanadigan yil yozib qo'yiladi. Eskirish summasi asosiy vosita qiymatining 100 foizidan oshmasligi kerak. Asosiy vositaning qiymatini 100 foiz miqdorida eskirish hisoblangan, lekin undan kelajakda hali foydalanish mumkin bo isa ham uni, to‘la qiymatga teng bo‘lgan eskirish hisoblangani sababli, hisobdan chiqarishga asos bo‘la olmaydi. Download 46.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling